Otabek Mahkamov
- Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Mahkamov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Otabek Mahkamov (1984-yil 5-sentabr kuni Fargʻona yoki Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik kino aktyor, huquqshunos, bloger va Internet persona. Mahkamov bir necha oʻzbek filmlaridagi yordamchi rollari bilan eʼtibor qozongan. Mahkamov odatda salbiy rollarni oʻynaydi. U yana oʻzbek qoʻshiqchilarning bir necha klipida ham rol oʻynagan, jumladan, Ozodbek Nazarbekovning „Meni kuchliroq sev“ qoʻshigʻi klipida.
| Otabek Mahkamov | |
|---|---|
Otabek Mahkamov | |
| Otabek Mahkamov 2012-yilda | |
| Tavalludi | 5-sentyabr 1984-yil Fargʻona yoki Toshkent, Oʻzbek SSR, SSRI |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktyor, huquqshunos, Internet persona |
| Faoliyat yillari | 2010 — bugun |
Mahkamov oʻzining ilk rolini 2010-yil „Boʻrilar 3: Oxirgi qarz“ filmida jinoiy qidiruv vakili boʻlib oʻynagan. Aktyor „Majruh“ filmida tergovchi rolini oʻynaganidan soʻng Oʻzbekistonda eʼtibor qozondi. Mahkamov rol oʻynagan boshqa eʼtiborga loyiq filmlarga „Men yulduzman“ (2012), „Jodugar“ (2012), „Yondiradi-kuydiradi“ (2012) va „Fotima“ (2013) filmlari kiradi. 2016-yilda Mahkamov New York shahriga koʻchib borib, YouTubeda video blog yuklay boshladi.
Hayoti
Otabek Mahkamov 1984-yil 5-sentabrda yoki Fargʻona, yoki Toshkent shahrida tugʻilgan. Mahkamov bergan ayrim intervyularida tugʻilgan shahri Toshkent ekanligini, boshqa intervyularida esa Fargʻonada tugʻilganini aytgan. Otasi Abduvahob Sattorovich Mahkamov yoshligida vafot etgan. 2009-yil onasi Raʼno Erkinovna vafot etgan.
Ish faoliyati
Oʻzbekistonda chop etiladigan gazetalarda yozilishicha, Mahkamov huquqshunoslik boʻyicha oliy maʼlumotga ega va shu sohada faoliyat olib boradi. Gazeta-jurnallarda tarqatilgan maʼlumotga koʻra, u hozirda Oʻzbekiston hisobchilar va auditorlar milliy birlashmasida dars beradi.
Mahkamov oʻzining ilk rolini 2010-yil „Boʻrilar 3: Oxirgi qarz“ filmida jinoiy qidiruv vakili boʻlib oʻynagan. Aktyor „Majruh“ filmida tergovchi rolini oʻynaganidan soʻng Oʻzbekistonda qisman eʼtibor qozondi. Mahkamov rol oʻynagan boshqa eʼtiborga loyiq filmlarga „Men yulduzman“ (2012), „Jodugar“ (2012), „Yondiradi-kuydiradi“ (2012) va „Fotima“ (2013) filmlari kiradi.
Mahkamov filmlarda rol oʻynash bilan birga oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar kliplarida ham rollar ijro etib turadi. Jumladan, aktyor Ozodbek Nazarbekovning „Meni kuchliroq sev“ qoʻshigʻi klipida rol oʻynagan.
Mahkamov yana mashhur kishilardan intervyu olib, ularni turli xil gazeta-jurnallarda chop etgan. Shu kungacha u Cary-Hiroyuki Tagawa,Frédéric Diefenthal,Armand Assante,Ennio Morricone, va Mithun Chakrabortylardan olgan intervyularini chop etgan.
Mojarolar
2015-yilda Mahkamov oʻz tugʻilgan shahri va olgan taʼlimi ha haqda xil va yolgʻon maʼlumotlarni berib borgani xabar qilnindi. Bu haqda ilk batafsil maʼlumot 2015-yilning yanvarida markazi Oʻsh shahrida boʻlgan „Ijodkor“ adabiyot saytida chop etildi. 2015-yilning 8-mart kuni Sayyod saytida Mahkamovning oʻzbek jurnalistlariga oʻzi haqda yolgʻon maʼlumot berib kelayotgani toʻgʻrisida qisqa maqola chop etildi. Maqolada Mahkamov ochiqchasiga tanqid qilinmadi, lekin uning toʻliq versiyasi keyinroq chop etilishi bildirildi. Mahkamov „Bekajon“ gazetasiga bergan intervyusi davomida oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni inkor etdi.
Filmografiyasi
Film
| Yil | Film | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2010 | Boʻrilar 3: Oxirgi qarz | Jinoiy qidiruv vakili | |
| Baxt izlab | Prokuror | ||
| Onaizor | Oʻyinchoq magazini direktori | ||
| Oʻgʻrigina kelin | Xaridor | ||
| 2011 | Erka kuyov | Prokuror | |
| Kelganda kelin 2: Anjancha muhabbat | Tarjimon | ||
| Majruh | Tergovchi | ||
| Nafs | Butik direktori | ||
| Yuzma-yuz | Tender komissiyasi boshligʻi | ||
| 2012 | Akajonim xizmatingizdamiz | Advokat | |
| Bardosh | Muhandislik shirkati egasi | ||
| Jodugar | Advokat | ||
| Koreyalik kelin | Sudya | ||
| Mehribonim | Tergovchi | ||
| Men yulduzman | Produser | ||
| Oqpadar | Bankchi | ||
| Soddagina qiz | Sudya | ||
| Xazina | Jinoiy qidiruv vakili | ||
| Yondiradi-kuydiradi | Kuyov | ||
| Yoningdaman | Tadbirkor | ||
| Oʻjar kelin | Shifokor | ||
| 2013 | Bir kunlik xoʻjayin | Shifokor | |
| Farzandim 2 | Shirkat direktori yordamchisi | ||
| Fotima | Restoran direktori | ||
| Gunoh | Shirkat direktori oʻrinbosari | ||
| Jannatdagi boʻri bolasi | Arxivchi | ||
| Koʻcha | Shifokor | ||
| Oktyabr yomgʻiri | Fizika oʻqituvchisi | ||
| Parchalangan xayol | Ruhshunos | ||
| Qora qanotli farishta | Bankchi | ||
| Panjara | Advokat | ||
| Rashk | Notarius kontorasi ishchisi | ||
| Turist | Oʻtkinchi | ||
| Xazon | Bosh qahramonning amakisi | ||
| Oʻlim farishtasi | |||
| 2014 | Koʻrgim keladi | Tergovchi | |
| Qora mushuk | |||
| 2015 | Baxt ortidagi dard | Tergovchi | |
| Onasini bolasi | Sovchi | ||
| Qizalogʻim | Yurist | ||
| Yetti olam | |||
| Yuragim seniki | |||
| Sevgi, balki bu jannat 2 | |||
| Rashk 2 | |||
| 2016 | Balli, Kamoliddin |
Kliplar
| Yil | Qoʻshiq nomi | Artist |
|---|---|---|
| 2012 | „Meni kuchliroq sev“ | Ozodbek Nazarbekov |
| „Jonim mening“ | Otabek Mutalxoʻjayev | |
| „Kel yorim“ | Rashid Holiqov | |
| „Seni sevaman“ | Ulugʻbek Qodirov | |
| 2013 | „Bevafo yor“ | Botir Yaminov |
| „Rolling in the Deep“ | Shirin | |
| 2014 | „Yogʻadi yomgʻir“ | Benom |
| „Yorim“ | Munisa Rizayeva | |
| „Devonalarmiz“ | Yulduz Usmonova | |
| 2015 | „Qaley-qaley“ | Otabek Mutalxoʻjayev |
Manbalar
- „Otabek Mahkamov: „Sizga mikrofoncham yoqmayotgan boʻlsa, yangisini sotib olib menga yuborishingiz mumkin“.“. ProToday (2017-yil 31-may). 2020-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.
- Rahmonova, Nigora (27.06.2013). "Otabek Mahkamov: „Har bir inson – ulugʻ ustoz“". Vodiy gavhari: 28-31.
- Nabiyeva, Maʼpura. Otabek Mahkamov: „Ulgurmoq bu muvaffaqiyatdir...“ (2012-yil 9-avgust).
- Ustimenko, Gulnora. Otabek Mahkamov: „Kinoga huquqshunos sifatida kelganman“ (2012-yil 22-fevral), s. 6-7.
- Maxfura. Muxlis tanqidi: Kibr-havoga berilgan qahramonlar ijrochisi hayotda ham shundaymi? (2013-yil 13-avgust), s. 8-9.
- „Cлужение другим - неотъемлемая потребность человека“ (ruscha) (deadlink). Дорожное Общество Красного Полумесяца. 2014-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-aprel.
- Laylo. Otabek Mahkamov: „Huquqshunosga berilgan eng ogʻir jazo...“ (2012-yil 11-oktyabr), s. 34-35.
- Oripova, Feruza. Otabek Mahkamov: „Haqiqat yuzini pardalab boʻlmaydi“ (2012-yil 10-may), s. 5.
- Tojiboyeva, Nafosatxon. Omad — ulgurishda (2012-yil 20-dekabr), s. 4.
- Алиев, Темур. „Встреча для Вас“ (ruscha) (2013-yil 5-may). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-aprel.
- Устименко, Гульнара. Отабек Махкамов: «Никто тебе не друг, никто тебе не враг, но каждый человек тебе великий учитель» (ruscha) (2011-yil 24-oktyabr), s. 8.
- Alisher qizi, Nigora. Otabek Mahkamov: „Yigit yetti qirrali boʻlsin yoki...“ (2013-yil 1-oktyabr), s. 9.
- Nodira; Sevdora. Otabek Mahkamov: „Yaxshi yurist yaxshi aktyor boʻla olishi kerak“ (2012-yil 3-may), s. 8–9.
- Mahkamov, Otabek (2013). "Cary-Hiroyuki Tagawa: „Biz baribir osiyoliklarmiz“". Vodiy gavhari: 24-25.
- Mahkamov, Otabek (yanvar 2014). "Frédéric Diefenthal: „Men uchun muhimi – ritm“". Popcorn 1: 16-17.
- Mahkamov, Otabek (fevral 2014). "Armand Assante: „5 yildan keyin filmlarni iPhone orqali suratga olishadi“". Popcorn 2: 18-19.
- Mahkamov, Otabek. Ennio Morricone: „Sharq musiqasi — tilsim“ (2012-yil 20-fevral), s. 17.
- Mahkamov, Otabek (mart 2014). "Mithun Chakraborty: „Oʻgʻlimning raqsi menikidan ustunroq“". Popcorn 3: 18-19.
- Sardor Komilov: „Huquqshunosman degan aktyor firibgarmi?“ (deadlink). Sayyod (2015-yil 8-mart). 2015-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
- Pardayeva, Husniya „Otabek Mahkamov sanʼatda paydo boʻlishi, judolikdan keyingi hayot va soʻnggi mish-mishlar haqida“ (deadlink). Bekajon (2015-yil 20-aprel). 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- Atayev, Nodir Davron Hotam: „Otabek Mahkamov: „Haqiqat yuzini pardalab boʻlmaydi!““ (deadlink). Ijodkor (yanvar 2015). 2015-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
Havolalar
![]() | Vikiomborda Otabek Mahkamov haqida turkum mavjud |
- Otabek Mahkamov Kinopoisk.ru saytida (rus.)
- Otabek Mahkamov — buyuk sayyoh (Wayback Machine saytida 2013-11-12 sanasida arxivlangan), Celebrities, 28.08.2012 (rus.)
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Otabek Mahkamov haqida, Otabek Mahkamov nima? Otabek Mahkamov nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!