Baxtiyor Islomov
- Vikipediyada ismi Baxtiyor va familiyasi Islomov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Baxtiyor Anvarovich Islomov — oʻzbek diplomati, iqtisodchi. 2003—2008-yillarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi.
Baxtiyor Anvarovich Islomov | |
---|---|
![]() ![]() | |
Mansab davri 2003-yildan – 2008-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Shomansur Shohalilov |
Vorisi | Ilhom Neʼmatov |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2004-yildan – 2008-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | ? |
Vorisi | ? |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 6-yanvar 1954-yil Toshkent |
Maʼlumoti
1977-yilda — Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi boʻyicha, 1988-yilda — Sovet Ittifoqi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasida rahbar kadrlar tayyorlash kurslarini tamomlagan. Iqtisod fanlari doktori, professor.
Mehnat faoliyati
1977-1981 — Oʻzbekiston fanlar akademiyasining iqtisodiyot instituti aspiranti.
1981-1983 — Toshkent aloqa instituti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi assistenti.
1983-1987 — Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi.
1988-1990 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri.
1990-1992 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi. Garvard universitetida taklif etilgan olim sifatida tadqiqot faoliyati olib borgan.
1993-1996 — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori, Xalqaro iqtisodiy rivojlanish boshqarmasi boshligʻi.
1994-1996 — BMTning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi maslahatchisi, BMTTDning makroiqtisodiy tahlil va kadrlar tayyorlash loyihasi direktori.
1996-2001 — Yaponiyaning Toxoku universiteti qoshidagi Shimoliy-Sharqiy Osiyo tadqiqotlari markazi professori, Xitotsubashi universiteti professori.
2001-2002 — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri. Respublika „Ustoz“ jamgʻarmasi ijrochi direktori. Bank-moliya akademiyasi ilmiy-uslubiy ishlar boʻyicha prorektori.
2002-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi.
2003-2008 — Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2004-2008 — Oʻzbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2008-yil 11-dekabrdan — 2012-yil yanvargacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
Favqulodda va muxtor elchi martabasiga ega.
Ingliz va fransuz tillarini biladi.
Manbalar
- „Министерство иностранных дел Республики Узбекистан“. 22-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar.
- „ИСЛАМОВ Бахтиер Анварович“.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Baxtiyor Islomov haqida, Baxtiyor Islomov nima? Baxtiyor Islomov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!