Aziz Toshpoʻlatov
- Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Toshpoʻlatov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Aziz Anvarovich Toshpoʻlatov (1978-yilda tugʻilgan) – Oʻzbekiston davlat arbobi. 2025-yil 3-martdanOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri.
| Aziz Toshpoʻlatov | |
|---|---|
| Mansab davri 3-mart 2025-yil – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Poʻlat Bobojonov |
| Mansab davri mart 2020-yil – 3-mart 2025-yil | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Rustam Joʻrayev |
| Vorisi | Ravshan Sultonxoʻjayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 2-sentyabr 1978-yil Qibray tumani, Toshkent viloyati |
| Taʼlim | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi |
| Xizmat yillari | 2000-yildan |
| Unvoni | General-leytenant |
Biografiyasi
Aziz Toshpoʻlatov 1978-yilda tugʻilgan.
2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan.
2015-yildan 2017-yilgacha Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2017-yildan to 2019-yilgacha Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.
2019-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.
2020-yil martida Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
2025-yilning 3-mart kuni Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. 9-aprel kuni Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi. Bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti hisoblanadi.
Unvon va mukofotlari
2021-yil yanvarida Oʻzbekiston prezidenti farmoniga koʻra general-mayor maxsus unvoni berilgan. Toshpoʻlatov Oʻzbekiston tarixida ushbu unvonni olgan ikkinchi eng yosh ichki ishlar organi xodimi hisoblanadi.
Manbalar
- „Po‘lat Bobojonov IIV rahbarligidan ketdi.“ (2025-yil 3-mart).
- „Aziz Toshpo‘latov IIVning yangi rahbari bo‘ldi“ (uz). kun.uz (7-oktyabr). Qaraldi: 7-oktyabr.
- „Toshkent IIBBga yangi boshliq tayinlandi“. kun.uz (2020-yil 16-mart). Qaraldi: 7-oktyabr.
- „Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi“.
- „Тошкент шаҳар ИИББ бошлиғига генерал-майор унвони берилди“. kun.uz (2021-yil 16-yanvar). Qaraldi: 7-oktyabr.
- „O‘zbekiston tarixida ikkinchi marotaba yosh xodimga general-mayor unvoni topshirildi“. gazeta.uz (2021-yil 15-yanvar). Qaraldi: 7-oktyabr.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Aziz Toshpoʻlatov haqida, Aziz Toshpoʻlatov nima? Aziz Toshpoʻlatov nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!