Qattiqlik shkalasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Moos shkalasi — minerallar nisbiy qattiqligining oʻn ballik shkalasi hisoblanadi . Nemis olimi F. Moos tomonidan 1811-yilda taklif qilingan. Qattiklikning 10 ta etalonidan iborat. Moos shkalasi boʻyicha ularning joylashish tartibi quyidagicha: talk — 1; gips—2; kalsit —3; flyuorit—4; apatit—5; ortoklaz—6; kvars—7; topaz—8; korund—9; olmos—10.C Nisbiy kattiklik Moos shkalasi etaloni bilan sinalayotgan obyekt yuzasiga chizib aniqlanadi. Minerallarning faol va passiv qattiqligi farq qilinadi. Agar mineral bilan oʻzining boʻlagi tirnalganda iz qoldirsa, u faol qattik/shkka ega boʻladi (mas, olmos). Qattiqligi 5 boʻlgan etalon bilan tadqiq qilinayotgan namuna tirnalganda iz qoldirsa va u oʻz navbatida kattikligi 4 boʻlgan etalonda iz qoldirsa, u holda oʻrtadagi mineralning qattikligi 4,5 ga teng boʻladi. Moos shkalasidan minerallarga tez tashxis qoʻyishda foydalaniladi. Aniq qattiqlik esa priborlar yordamida aniqlanadi. Minerallar k.attiqligi ularning zichligi bilan bir qatorda minerallarning eng muhim konstanti hisoblanadi.

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Qattiqlik shkalasi haqida, Qattiqlik shkalasi nima? Qattiqlik shkalasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan