Ziynat toshlari
Ziynat toshlari - sanʼat buyum lari (vaza, quticha, qadama naqsh va sh. k.) va zebiziynatlar (uzuk, isirgʻa, toʻgʻnogʻich va b.) tayyorlanadigan rangli mineral va togʻ jinslari. 3. t. fizikmexanik xossalariga qarab qattiq (5 va undan qattiqroq — mineral shkalasi boʻyicha, mas, nefrit, yashma, agat va b.) va yumshoq (qattiqligi 4 va undan yumshoqroq mas, malaxit, marmar oniksi, flyuorit va b.) boʻladi. 3. t. qiymatiga koʻra, 3 sinfga boʻlinadi: birinchi sinfga nefrit, lojuvard, sodalit, rodonit, malaxit, avantyurin va b.; ikkinchiga — lepidolit, serpentin, obsidian, diatomit, flyuorit, kahrabo va b.; uchinchiga — tosh tuzi, gips, marmar, angidrit, porfirlar va b. kiradi. Agat, kahrabo va baʼzi bir boshqa minerallarning yaxshi turlari qimmatbaho toshlar hisoblanadi. Z.t. konlari Yer kurrasining koʻp joylarida bor. Oʻzbekistonda Z.t. Samarqand, Navoiy viloyatlarida (marmar), Zirabuloq, Chatqol togʻlari, Kumushkonda (marmar oniksi), Qizilqum, Sulton Uvaysda (feruza), Qurama, Chatqol (xalsedon, flyuorit, agat) va Piskom togʻlarida (ametistsafsar, malaxit, togʻ billuri) topilgan. Xorijda 3. t.ning konlari RF (Ural, Sibir, Oltoy va b.), Ukrainada (Donbass, Karpat togʻlari, Qrim va b.), Qozogʻiston, Afrika, Jan. Amerika, Avstraliya va b. joylarda bor. 3.t.ning kup turlari texnikaning turli sohalarida ham ishlatiladi.
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Sanʼat
- Zargarlik
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ziynat toshlari haqida, Ziynat toshlari nima? Ziynat toshlari nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!