Rafael Urazbaxtin
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Rafael Radikovich Urazbaxtin | ||
| Tavallud sanasi | 20-noyabr 1978-yil | ||
| Tavallud joyi | Olmaota, Qozogʻiston SSR, Sovet Ittifoqi | ||
| Boʻyi | 5 ft 11 in (1.80 m) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Qayrat (murabbiy) | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1996 | Qaynar Toldiqoʻrgʻon | 22 | (1) |
| 1997 | Ulitau | 9 | (0) |
| 1997—2000 | Qayrat | 40 | (9) |
| 2001 | Rostov | 13 | (0) |
| 2002 | Yelimay Semey | 0 | (0) |
| 2003—2004 | Aktobe | 40 | (9) |
| 2005 | Jetisu | 20 | (2) |
| 2006 | Shaxtyor Qaragʻandi | 29 | (0) |
| 2007 | Esil-Bogatyr Petropavl | 23 | (4) |
| 2008 | Qayrat | 19 | (1) |
| 2009 | Qaysar | 12 | (1) |
| 2010—2011 | Vostok | 49 | (10) |
| Total | 236 | (36) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1999 | Qozogʻiston U23 | 1 | (0) |
| 1998—2004 | Qozogʻiston | 12 | (2) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2024— | Qayrat | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Rafael Radikovich Urazbaxtin (qozoqcha: Рафаэль Радикович Уразбахтин; 1978-yil 20-noyabr, Olmaota, Qozogʻiston SSR, SSSR) – qozogʻistonlik futbolchi, hujumchi pozitsiyasida o'ynagan. Rafael 1998-yildan 2004-yilgacha Qozogʻiston milliy terma jamoasi safida toʻp surgan. Oʻyinchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik kasbi bilan shugʻullana boshlagan.
Futbolchilik faoliyati
| ]Klub
| ]Urazbaxtin oʻzining professional faoliyatini 1996-yilda Taldiqoʻrgʻanning „Qaynar“ jamoasida boshlagan. Keyingi yili Jezqozgʻonning „Ulitau“ jamoasida oʻynashni boshlagan, lekin 9 ta oʻyindan soʻng, liga yetakchisi „Qayrat“ klubiga oʻtgan.
2001-yilda Rossiya Premyer-ligasi ishtirokchisi „Rostselmash“ jamoasida oʻynay boshlagan. Biroq bir yildan keyin Qozogʻistonga qaytgan. 2003-yilda „Aktobe-Lento“ shartnoma imzolagan va klubning eng samarali hujumchisi bo'lgan. Shundan soʻng har yili u boshqa-boshqa jamoalarda oʻynagan va faqat 2010-yilda „Vostok“ jamoasida qolib, 2013-yil oxirigacha shu yerda oʻynagan.
Terma jamoadagi faoliyati
| ]Urazbaxtin Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida ilk bor 1998-yil dekabrda Osiyo oʻyinlarida Eronga qarshi 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda maydonga tushgan. Oʻsha paytda u „Qayrat“ jamoasida toʻp surardi. U Osiyo oʻyinlarida Tailand va Livanga qarshi uchrashuvlarda ham ishtirok etib, har uch oʻyinda ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan. Rafael keyingi xalqaro chaqiruvni 2001-yil aprelgacha kutishiga toʻgʻri keldi. Oʻshanda u 2002-yilgi JCH saralashida Nepalga qarshi oʻynab, Qozogʻistonning 6:0 hisobidagi gʻalabasida uchinchi golni kiritdi. U 2002-yilgi JCH saralashida Makao va Iroqqa qarshi ham oʻynadi, soʻngra 21-aprelda Nepalga qarshi javob uchrashuvida yana gol urgan. Hujumchining Qozogʻiston terma jamoasidagi soʻnggi uch oʻyini 2006-yilgi JCH saralashida boʻlib oʻtgan: sentyabrda Ukrainaga, oktyabrda Albaniyaga va noyabrda Gretsiyaga qarshi.
1999-yil 3-oktyabrda Urazbaxtin 2000-yilgi Sidney Olimpiadasi ikkinchi bosqich saralash oʻyinida Tailandga qarshi maydonga tushdi. U 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda zaxiradan almashinuvga chiqdi. Oʻyin Olimpiada turniriga saralash bosqichi boʻlgani sababli, Qozogʻiston oʻzining 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini musobaqaga yubordi. Urazbaxtin oʻsha paytda atigi 20 yoshda boʻlgani uchun, u 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoaga chaqirilgan.
| Oʻyin | Sana | Stadion | Raqib | Natija | Musobaqa | Gollar |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 1998-yil 1-dekabr | Main stadioni, Bangkok | M 2-0 | 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari | ||
| 2 | 1998-yil 8-dekabr | Rajamangala stadioni, Bangkok | D 1-1 | 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari | ||
| 3 | 1998-yil 12-dekabr | Rajamangala stadioni, Bangkok | M 3-0 | 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari | ||
| 4 | 2001-yil 12-aprel | Al-Shaab stadioni, Bagʻdod | Gʻ 6-0 | 2002-yilgi jahon chempionati saralashi | 1 | |
| 5 | 2001-yil 14-aprel | Al-Shaab stadioni, Bagʻdod | Gʻ 3-0 | 2002-yilgi jahon chempionati saralashi | ||
| 6 | 2001-yil 16-aprel | Al-Shaab stadioni, Bagʻdod | D 1-1 | 2002-yilgi jahon chempionati saralashi | ||
| 7 | 2001-yil 21-aprel | Olmaota markaziy stadioni, Olmaota | Gʻ 4-0 | 2002-yilgi jahon chempionati saralashi | 1 | |
| 8 | 2001-yil 23-aprel | Olmaota markaziy stadioni, Olmaota | Gʻ 5-0 | 2002-yilgi jahon chempionati saralashi | ||
| 9 | 2001-yil 25-aprel | Olmaota markaziy stadioni, Olmaota | D 1-1 | 2002-yilgi jahon chempionati saralashi | ||
| 10 | 2004-yil 8-sentyabr | Olmaota markaziy stadioni, Olmaota | M 2-1 | 2006-yilgi jahon chempionati saralashi | ||
| 11 | 2004-yil 13-oktyabr | Olmaota markaziy stadioni, Olmaota | M 1-0 | 2006-yilgi jahon chempionati saralashi | ||
| 12 | 2004-yil 17-noyabr | Karaiskakis stadioni, Pirey | M 3-1 | 2006-yilgi jahon chempionati saralashi |
Manbalar
| ]- Kazakhstan International Matches – Details 1992-1999 (Wayback Machine saytida 2008-08-21 sanasida arxivlangan) Retrieved 4 November 2011
- Moving Image and Sound Archives Singapore: Thailand and Kazakhstan draw in Olympic qualifier (Wayback Machine saytida 2012-04-25 sanasida arxivlangan) Retrieved 5 November 2011
- Footballinternational.co.uk – Olympic Games Australia 2000 Asian Zone Qualifying Retrieved 5 November 2011
- FIFA.com – 2002 FIFA World Cup Korea/Japan – Nepal 0 Kazakhstan 6 Retrieved 4 November 2011
- FIFA.com – 2002 FIFA World Cup Japan/Korea – Kazakhstan 4 Nepal 0 Retrieved 4 November 2011
Havolalar
| ]- Rafael Urazbakhtin – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Rafael Urazbakhtin National-Football-Teams.com saytida
- 20-noyabrda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Olmaotada tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Qozogʻistonlik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Jetisu klubi futbolchilari
- Qayrat klubi futbolchilari
- FC Rostov futbolchilari
- Aktobe futbolchilari
- Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari
- FC Kiziljar futbolchilari
- FC Kaisar jamoasi futbolchilari
- FC Vostok futbolchilari
- Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari
- Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari
- Qozogʻistonlik muhojir erkak futbolchilar
- Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari
- Qozogʻiston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Qozogʻistonlik futbol murabbiylari
- Qayrat klubi murabbiylari
- Qozogʻiston Premyer-ligasi murabbiylari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Rafael Urazbaxtin haqida, Rafael Urazbaxtin nima? Rafael Urazbaxtin nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!