Ravshan Bozorov

Ravshan Toshpoʻlatovich Bozorov (Bazarov) (ruscha: Бозоров, Равшан; 1968-yil 10-may) – sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Ravshan Bozorov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ravshan Toshpoʻlatovich Bozorov
Tavallud sanasi 10-may 1968-yil (1968-05-10) (57 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 176 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
NBU-Osiyo
Raqami bosh murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985—1989 image Surxon 95 (28)
1987—1989 image Zvezda (Tallin) KFK
1990—1991 image Pomir 41 (4)
1991—1994 image / image Neftchi 97 (47)
1995—1996 image Paxtakor 53 (29)
1997 image Neftchi 25 (19)
1998—2002 image Dinamo (Samarqand) 91 (51)
2002 image Mashʼal 13 (9)
2003 image Lokomotiv (Toshkent) ? (19)
2004—2005 image Toʻpalang 24+ (53)
2006—2007 image Lokomotiv (Toshkent) 27 (9)
2007 image Navbahor 1 (0)
Total 467+ (268+)
Milliy terma jamoa
1992—1997 image Oʻzbekiston 26 (5)
Boshqargan klublari
2009—2010 image Dinamo (Samarqand) (assistent)
2011 image Lokomotiv (Toshkent) (assistent)
2012—2014 image Lokomotiv (Toshkent) (yoshlar jamoasi)
2014—2016 image NBU-Osiyo
2016 image Navbahor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimai hol

Faoliyatini 1985-yilda „Surxon“ klubida boshlagan va 1990-yilgacha oʻynagan. 1990—1991-yillarda SSSR chempionati Oliy ligasida „Pomir“ safida toʻp surgan. 1991-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtgan va u yerda oʻz faoliyatidagi eng katta muvaffaqiyatga erishgan, uch karra chempion va Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylangan. 1995-yildan buyon turli klublarda – „Paxtakor“, „Dinamo“, „Mashʼal“, „Toʻpalang“, "Lokomotiv"da oʻynagan.

„Birodar Abduraimov klubi“ (oʻzbek futbolida 200 dan ortiq gol urgan futbolchi sifatida) va „Gennadiy Krasnitskiy klubi“ga aʼzo boʻlgan. Faoliyatini 2007-yilda „Navbahor“ jamoasida faoliyatini yakunlagan.

Oʻzbekiston terma jamoasi safida 26 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati

Murabbiylik faoliyatini 2009-yilda „Dinamo“da yordamchi boʻlib boshlagan. 2011-yilda „Lokomotiv“ klubida bosh murabbiy yordamchisi boʻlgan. 2012—2014-yillarda ushbu klubning yoshlar jamoasiga ustozlik qilgan. 2014-yilda Birinchi ligada oʻynaydigan NBU-Osiyo klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2016-yilda „Navbahor“ jamoasiga rahbarlik qilgan.

Yutuqlari

  • 1image Oʻzbekiston chempioni (3): 1992, 1993, 1994
  • 1image Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1994
  • Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1994 (26 gol)

Manbalar

  1. „Статистика игроков сборной Узбекистана“ (deadlink). 8-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
  2. „Равшан Бозоров главный тренер «НБУ-Азия»“. 6-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.

Havolalar

  • Ravshan Bozorov FutbalFatsts.ru veb-saytidagi profil
  • Ravshan Bozorov Milliy futbol jamoalari veb-saytidagi profil (inglizcha)

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ravshan Bozorov haqida, Ravshan Bozorov nima? Ravshan Bozorov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan