Roʻziqul Berdiyev
Roʻziqul Saʼdullaevich Berdiyev (oʻzbekcha: Ro'ziqul Sa'dullayevich Berdiyev; 1971-yil 22-oktyabr,Ko‘mirtepa qishog‘ida ,Kitob, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi. 2012-yilning noyabr oyidan buyon „Nasaf“ futbol klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda.
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Roʻziqul Saʼdullaevich Berdiyev | ||
Tavallud sanasi | 22-oktyabr 1971-yil | ||
Tavallud joyi | Kitob, Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 172 cm (5 ft 7 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Nasaf | ||
Raqami | Bosh murabbiy | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1992—1996 | Yangiyer | 51 | (6) |
1997—2008 | Nasaf | 314 | (65) |
Boshqargan klublari | |||
2008—2011 | Nasaf (murabbiy) | ||
2011—2012 | Nasaf (asistent) | ||
2012 | Nasaf (Bosh murabbiy) | ||
2013—..... | Nasaf (Bosh murabbiy) | ||
2017 | Oʻzbekiston (Bosh murabbiy) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
1992—1996-yillarda „Yangiyer“ klubida oʻynagan. 1997-yildan 2008-yilgacha futbolchilik faoliyatining oxirigacha „Nasaf“da oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
2008-yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2011-yilgacha u „Nasaf“ bosh murabbiyi yordamchilaridan biri, jumladan, 2010—2011-yillarda „Nasaf“da ishlagan va ushbu klub bilan AFC Kubogi qoʻlga kiritgan Anatoliy Demyanenkoning yordamchisi boʻlgan.
2012-yilning yanvarida Demyanenko isteʼfoga chiqarilganidan soʻng u „Nasaf“ga bosh murabbiy boʻldi va shu yilning may oyiga qadar bu lavozimda ishladi. Shundan soʻng u ushbu klubning yoshlar jamoasini boshqargan. 2012-yilning noyabr oyida yana „Nasaf“ga bosh murabbiy etib tayinlandi va shu kungacha shu klub bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Milliy terma jamoa
2017-yil 20-oktyabrda Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Berdiyev boshchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi BAA terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi va unda minimal 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.
Yutuqlar
- Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (2011, 2017, 2020, 2024)
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2022)
- Oʻzbekiston kubogi sohibi : (4) (2015, 2021, 2022, 2023)
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi (2003, 2011, 2012, 2013, 2016)
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi : (3) (2016, 2023, 2024)
- Oʻzbekiston Superkubogi finalchisi : (2021, 2022)
- AFC Kubogi sohibi : (1) (2011)
- AFC Osiyo chempionlar kubogi yarim finalchisi: 2001/2002
- AFC Kubogi finalchisi (2021)
Murabbiy sifatida
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi : 2013, 2016, 2017, 2020, 2021
Manbalar
- „Рўзиқул Бердиевнинг бош мураббий сифатида «Нефтчи»га қарши илк учрашуви“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- „Рузикул Бердиев назначен врио главного тренера сборной Узбекистана по футболу“. podrobno.uz (20-oktyabr 2017-yil). 20-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktyabr 2017-yil.
- „Рузикул Бердыев отправится со сборной Узбекистана в ОАЭ“. the-uff.com (20-oktyabr 2017-yil). 2017-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktyabr 2017-yil.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Roʻziqul Berdiyev haqida, Roʻziqul Berdiyev nima? Roʻziqul Berdiyev nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!