Safaviylar davlati

Safaviylar davlati - Gʻarbiy Osiyoda safaviylar boshqargan davlat (1502—1736). Ardabil hukmdori Ismoil Oq Qoʻyunlilar va ularning ittifoqdoshlari ustidan gʻalaba qozonishi natijasida barpo etilgan. Safaviylar davlati tarkibiga Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Eron, hozirgi Afgʻoniston (Balx viloyatidan tashqari), Arab Iroqi (vaqtvaqti bilan) va boshqa hududlar kirgan. Safaviylar, asosan, qizilboshlilarga tayangan. 16-asrgacha poytaxt Tabrizda boʻlib, 1548-yil Qazvinga koʻchirilgan. Davlat dini shialik boʻlgan. Shoh Tahmosb I davrida koʻchmanchi qabilalar taʼsiri kuchayib, Safaviylar davlatida xalq qoʻzgʻolonlari avj olgan. 1535-yil Xurosondagi xalq qoʻzgʻolonidan foydalangan Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni Shayboniylar davlati tarkibiga qayta qo'shib oladi. Tahmasp I Kavkazorti, Kurdiston, Iroqni qaytarib olish uchun Usmonlilar bilan tinimsiz urushlar olib borgan. 1576-yil Tahmasp I vafotidan soʻng boshlangan oʻzaro urushlar natijasida Safaviylar davlati inqirozga uchrab, mayda mulklarga boʻlinib ketgan. 1590-yilda Abbos I va Usmoniylar imperiyasi o'rtasida imzolangan Istanbul sulhiga ko'ra, turklar Safaviylardan Ozabayjon (Tabriz bilan birga), Gruziya, Kurdiston, Luriston, Xuziston hududlarini tortib olishadi. Shuningdek, XVI asr so'ngida Abdullaxon II hukmronligida yirik mazlashgan kuchga aylangan Buxoro xonligi Safaviylardan Xurosonni qaytarib olishda. Bu vaqtga kelib qizilboshlilar Abbos I atrofiga birlashgan. 1598-yil Xurosonni Buxoro xonligidan tortib olingan. Harbiy islohot oʻtkazilgan. 1598-yilda Safaviylar poytaxti Isfahonga koʻchirilib, unda va boshqa shaharlarda qurilish ishlari olib borilgan. 1603—1607-yillar Luriston, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon Usmonlilardan qaytarib olingan. 1623-yil Bagʻdod ham qoʻshib olingan. Savdo va hunarmandchilik taraqqiy etgan. Abbos II ning vafotidan soʻng Safaviylar davlati yana inqirozga uchray boshlagan. 18-asr boshlarida Afgʻonistondagi safaviylar hokimi Mir Vays oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan. 1722-yil uning oʻgʻli Mahmud Safaviylar davlatining ancha qismini birlashtirgan. Safaviylarning afgʻonlar va usmonlilarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan sarkardasi Nodirshoh safaviylar sulolasini taxtdan agʻdarishi bilan Safaviylar davlati barham topgan.

Safaviylar imperiyasi
Davlati Qizilbosh

imperiya
image
 
image
 
image
 
image
 
image
1501 — 1736


image
 
image
 
image
 
image
image
Bayroq (1576–1732) Arslon va Quyosh: Safaviylar davlat bayrog'ida Alini ifodalovchi arslon, shia dinining shon-shuhratini quyosh bilan birga
image
Abbos I davrida Safaviylar imperiyasi.
Poytaxti Tabriz,Qazvin,Isfahon
Til(lar)i ozarbayjoncha, forscha
Dini Shialik
Pul birligi Tuman, Abbosiy, 1 tuman = 50, Abbosiy, 1 tuman = 50 fransuz livri, 1 tuman = £3
Maydoni 2900000
Boshqaruv shakli Irsiy monarxiya
Sulola Safaviylar
 - 1501—1524 Shoh Ismoil Safaviy (birinchi)
 - 1732—1736 Abbos III (oxirgi)
Tarix
 - 1726—1729 Nodirshohning hukumatni egallashi

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Safaviylar davlati haqida, Safaviylar davlati nima? Safaviylar davlati nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan