Sergey Arutyunov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Sergey Artyomovich Arutyunov | ||
| Tavallud sanasi | 15-mart 1922-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
| Vafot sanasi | 5-aprel 2015-yil (93 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1940—1947 | | ||
| 1947 | | ||
| 1948—1951 | | ||
| Boshqargan klublari | |||
| 1956—1963 | | ||
| 1964 | | ||
| 1965—1970 | | ||
| 1971—1999 | futbol maktabi katta murabbiyi | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Sergey Artyomovich Arutyunov (1922-yil 15-martda tugʻilgan – 2015-yil 5-aprelda vafot etgan) – sovet va oʻzbekistonlik sobiq futbol murabbiy, professional futbolchi boʻlgan.
Faoliyati
| ]15 yoshida Toshkent pionerlar saroyining bolalar jamoasida oʻynagan. 1940-yildan Toshkentning „Dinamo“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan. Dinamo jamoasi tarkibida Oʻzbekiston SSR chempioni va kubogi sohibi boʻlgan. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. Ikkinchi jahon urishidan soʻng bir muddat Toshkentning „Spartak“ jamoasida oʻynagan. 1948-yildan Toshkent toʻqimachilik kombinatining „Qizil bayroq“ jamoasiga oʻtgan va jamoa sardori, oʻyonovchi murabbiylik qilgan. 1951-yil futbolchilik faoliyatini yakunlagan va Oʻzbekiston SSR musoboqalarida hakamlik qilgan.
1953-yil Sovet Ittifoqi Oliy murabbiylar maktabiga oʻqishga kirgan. 1956—1970-yillarda „Paxtakor“ futbol maktabi va 1971—1999-yillarda G.Titov nomidagi bolalar oʻsmirlar maktabidada katta murabbiy boʻlib ishlagan.
Sergey 50 dan ortiq mashhur futbolchilarni tarbiyalagan, jumladan: Bektoshev, Vyacheslav Mixaylovich, Sergey Dotsenko,
Toʻlagan Isoqov, Gennadiy Krasnitskiy, Vyacheslav Soloxo.
Oʻzbekiston futbol federatsiyasi aʼzosi, 10 yil davomida „Charm toʻp“ klubi raisi. Chigʻatoyda joylashgan Oʻzbekiston futbol tarixi muzeyi asoschilaridan biri boʻlgan.
Sergey 2015-yilning aprel oyida 93 yoshida olamdan oʻtgan.
Yutuqlar
| ]- Murabbiylar tayyorlash jamoalari guruhlari oʻrtasidagi chempionatning bronza medallari („Paxtakor“, 1959).
- Yoshlar kubogi (Oʻzbekiston SSR jamoasi, 1964 yoki 1965-y.)
- Yoshlar oʻrtasidagi xalqaro turnirning bronza medallari (Oʻzbekiston SSR jamoasi, 1974, 1976)
Unvonlar va mukofotlar
| ]- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1962).
- I darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni (1999)
- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar ustozi (2006).
- FIFA faxriy oltin medali (1988)
Manbalar
| ]- : FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki
- Тохтахунов Алимжан „Глава 10. Спортивные штрихи“, . Мой Шелковый путь. М: Детектив-Пресс, 2009. ISBN 9785899350924.
- Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 1999 года № УП-2381 «О награждении группы сотрудников сферы науки, здравоохранения, культуры, образования, средств массовой информации и социальной сферы в связи с восьмилетием независимости Республики Узбекистан
- Указ Президента Республики Узбекистан от 25 may 2006 года № УП-3754 «О награждении группы спортсменов и тренеров, особо отличившихся в деле развития футбола в Узбекистане в связи с 50-летием образования футбольной команды „Пахтакор“
Havolalar
| ]- Sergey Arutyunov Footballfactsru
- Sergey Arutyunov[sayt ishlamaydi] UFA.uz saytida
- Sergey Arutyunov Sport-strana saytida
- 15-martda tugʻilganlar
- 1922-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 5-aprelda vafot etganlar
- 2015-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston murabbiylari
- Spartak Toshkent futbolchilari
- Dinamo Toshkent klubi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sergey Arutyunov haqida, Sergey Arutyunov nima? Sergey Arutyunov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!