Sergey Vasilenko
Sergey Nikiforovich Vasilenko [1872.18 (30).3 – Moskva – 1956.11.3] – rus kompozitori, dirijyori. Oʻzbekiston (1939) va Rossiya (1940) xalq artisti, sanʼatshunoslik fanlari doktori (1943). Moskva universiteti yuridik fakultetini (1896) va Moskva konservatoriyasini (1901) tamomlagan. 1906— 50 yillari Moskva konservatoriyasida (1907 yildan professor lavozimida) ishlagan. 6 opera, bir qancha baletlar, 5 simfoniya, turli cholgʻular uchun 8 konsert, poema, rapsodiya, cholgʻu ansambllari, koʻshiq va xorlar, 200 dan ortiq romanslar, teatr va kino musiqalari muallifi. Ijodida Sharq mavzulariga murojaat etgan: 2 "Xitoy syuitasi" (1928, 1931), "Turkman manzaralari" (1931), "Sovet sharqi" (1932) simfonik asarlari, Rabindranat Tagor sheʼrlariga "6 ta hind romansi" va b. Uning Muxtor Ashrafiy bilan hamkorliqda yaratgan "Boʻron" (1939) va "Buyuk kanal" (1941) operalari, oʻzbek xalq afsonalari asosida yozgan "Oqbilak" baleti (1943), simfonik orkestr uchun "Oʻzbekcha syuitasi", puflama sozlar orkestri uchun 2 "Oʻzbekcha marshi" Oʻzbekiston kompozitorlik maktabi yuzaga kelishida muxim rol oʻynagan.
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
|  | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. | 
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. | 
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- O‘zbekiston SSR xalq artistlari
- 1872-yilda tugʻilganlar
- 1956-yilda vafot etganlar
- 11-martda vafot etganlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sergey Vasilenko haqida, Sergey Vasilenko nima? Sergey Vasilenko nimani anglatadi?



 
  
  
  
 

Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!