Sergey Zavalnyuk

Sergey Aleksandrovich Zavalnyuk (1962-yil 28-iyul, Lvov, Lvov viloyati, Ukraina) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hozirda murabbiy.

Sergey Zavalnyuk
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Aleksandrovich Zavalnyuk
Tavallud sanasi 28-iyul 1962-yil (1962-07-28) (63 yosh)
Tavallud joyi image Lvov, Ukraina SSR
Ampluasi Hujumchi, Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlangan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983 image Fregat (Pervomaysk) (KFK)
1984 image Bumajnik (Ejva) (KFK)
1985—1986 image Desna 55 (8)
1987—1992 image / image Neftchi (Fargʻona) 187 (42)
1993 image Perak ? (?)
1994—1996 image Neftchi (Fargʻona) 64 (13)
Milliy terma jamoa
1992 image Oʻzbekiston 1 (0)
Boshqargan klublari
1999 image Neftchi (Fargʻona)
2002 image Ratmir
2003—2004 image Volochanin-Ratmir
2006 image Volga (Tver)
2006—2007 image Volga (Tver)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hayoti

Sergey Zavalnyuk futboldagi faoliyatini Ukraina jismoniy tarbiya jamoalari va Chernigoriyaning „Desna“ ustalar jamoasida boshlagan. 1987—1996-yillarda Zavalnyuk Fargʻonaning „Neftchi“ klubida toʻp surgan. Bu vaqt davomida u jamoaning yetakchilaridan biriga aylangan. Zavalnyuk jamoa bilan birgalikda bir necha bor Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. 1993-yilda Malayziyaning „Perak“ klubi safida oʻynagan.

Terma jamoadagi faoliyati

Zavalnyuk Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida bitta oʻyin oʻtkazgan. Bu uchrashuv 1992-yil 17-iyunda Tojikistonga qarshi boʻlgan.

Murabbiylik faoliyati

Futboldagi faoliyati yakunlangach, Sergey Zavalnyuk murabbiylik faoliyatini boshladi. Zavalnyuk Toshkentdagi murabbiylik kurslarini tamomlagach „Neftchi“ murabbiylar shtabiga aʼzo boʻlgan. 2002-yilda mutaxassis Rossiyaga koʻchib ketgan. U yerda Zavalnyuk „Ratmir“da murabbiy boʻlib ishladi. Keyin esa „Volochanin-Ratmir“ jamoasida murabbiylik faoliyatini davom ettirdi. 2006-yilda „Volga Tver“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Keyinchalik Zavalnyuk jamoa murabbiylar shtabi aʼzoligiga qabul qilindi.

Yutuqlari

  • Oʻzbekiston chempioni (3): 1992, 1994, 1995.
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (1): 1996-yil.
  • Oʻzbekiston chempioni kubogi sohibi (2): 1994, 1996.
  • Osiyo chempionlar ligasi bronza medali sohibi (1): 1994/95.
  • Hamdoʻstlik kubogi kumush medali sohibi (1): 1994-yil.

Manbalar

  1. „Таджикистан 2 : 2 Узбекистан“. 8-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2018-yil.
  2. „«Волгой» будут рулить Завальнюк и Хабаев“. 11-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2015-yil.

Havolalar

  • Profil na sayte FootballFacts.ru

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sergey Zavalnyuk haqida, Sergey Zavalnyuk nima? Sergey Zavalnyuk nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan