Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring.(2024-04)
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.(2024-04)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshib yordam qiling.(2024-04)
Sergey Sergeyevich Prokofyev [1891. 11 (23).4, Donetsk viloyati Sonsovka qishlogʻi – 1953.5.3, Moskva] – rus kompozitori, pianinochi, dirijyor, xalq artisti (1947). Italiya (1934), Shvetsiya (1947) musiqa akademiyalari aʼzosi. Peterburg konservatoriyasini kompozitsiya (1909), fortepiano va dirijyorlik (1914) buyicha tugatgan. 1918—32 yillarda AQSH va Yevropada yashagan, 1933-yildan Moskva konserva-toriyasi huzuridagi Oliy mahorat maktabida dare bergan. Prokofyev ijodi 20-asr jahon musiqa madaniyatida butun bir davrni tashkil qiladi. U musiqa sanʼatining uslubiy, badiiy-ifodaviy (ayniqsa, garmoniya, kuy) tizimlarini yangilab, oʻziga xos yoʻl ochdi va koʻpgina (jumladan, Oʻzbekiston) kompozitorlar ijodiga taʼsir koʻrsatdi. Asarlari hayotbaxshligi, kuchli iroda va erkin ruhi, nafis lirikaga boyligi bilan ajralib turadi. Deyarli barcha musiqa janrlariga muro-jaat qilgan P. musiqiy portret ustasi sifatida tanilgan. Ijodida musiqali sahna janri asosiy oʻrin tutadi. Uning „3 apelsinga muhabbat“, „Olovli farishta“, „Urush va tinchlik“ ope-ralari, „Romeo va Julyetta“, „Zolushka“, „Tosh gul haqida xikoya“ baletlari, „Aleksandr Nevskiy“ kantatasi, cholgʻu konsertlari, 1-, 5—7- simfoniyalari, koʻpgina kamer-cholgʻu asarlari, kinofilmlarga yozgan musikalari 20-asr musiqasining mumtoz namunalaridir. Davlat mukofoti laureati (1943, 1946, 1947, 1951).
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!