Shahboz Erkinov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Shahboz Furqatovich Erkinov | ||
| Tavallud sanasi | 16-iyul 1986-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston SSR SSSR | ||
| Boʻyi | 183 sm | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Vazni | kg | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | | ||
| Raqami | 9 | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2005 | Soʻgʻdiyona | 30 | (15) |
| 2006 | Shoʻrtan | 38 | (16) |
| 2007 | Paxtakor | 30 | (15) |
| 2008 | Soʻgʻdiyona | 28 | (13) |
| 2008—2010 | PAS Hamedan F.C. | 31 | (15) |
| 2010—2011 | Shoʻrtan | 33 | (18) |
| 2012 | Paxtakor | 15 | (2) |
| 2013 | Olmaliq | 15 | (7) |
| 2014—2016 | Navbahor | 51 | (27) |
| 2016 | Mashʼal | 14 | (4) |
| 2016–2018 | Nasaf | 29 | (11) |
| 2018 | Buxoro | 24 | (1) |
| 2019 | Qoʻqon 1912 | 24 | (6) |
| 2020–2021 | Bunyodkor | 43 | (8) |
| 2022— | Andijon | 25 | (5) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2004—2007 | Oʻzbekiston U-20 | ||
| 2007—2009 | Oʻzbekiston U-23 | ||
| 2009—2018 | Oʻzbekiston | 10 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Shahboz Furqatovich Erkinov — oʻzbekistonlik futbolchi.
Faoliyati
| ]1986-yilning 16-iyul sanasida Toshkent shahrida tugʻilgan Faoliyatini 2005-yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. 2006-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga oʻtgan. 2008-yildan 2009-yilgacha u Eron Pro ligasida PAS Xamadon jamoasida oʻynagan. U 2009-yilda oʻz klubi bilan Koʻrfaz kubogining yarim finaliga chiqdi va Rah Ahan Sorinetga 0:1 hisobida yutqazdi. PAS Xamadon jamoasida ikki mavsum toʻp surgandan soʻng, u „Shoʻrtan“ jamoasiga oʻtdi. 2009-yilgi mavsumda u 9 ta gol urdi va Liga oʻyinlarida eng yaxshi klub toʻpurari boʻldi. U keyingi mavsumda ham 9 ta gol urdi va 10 ta gol bilan Igor Tarandan keyin 2-eng yaxshi toʻpurar boʻldi. O‘sha yili O‘zbekistonga qaytib, „Shoʻrtan“ safiga qo‘shildi. Gʻuzor klubida bir yarim mavsum toʻp surgan va 2012-yilda „Paxtakor“ga oʻtgan. 2013-yilgi mavsumni „Olmaliq“da oʻtkazgan. 2014-yildan buyon „Navbahor“ futbolchisi.
2014-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. U 14 gol bilan ligada jamoaning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi va 2014-yilgi Oliy liga mavsumida xet-trik qildi. Erkinov mavsumda ikkita xet-trik qayd etdi. 2014-yil 26-aprel kuni u Liganing 2014-yilgi mavsumdagi ilk xet-trikini amalga oshirdi, „Navbahor“ — „So‘g‘diyona“ uchrashuvida 4:2 hisobida yakunlandi. 2014-yilning 12-sentabr kuni „So‘g‘diyona“ga qarshi safarda „So‘g‘diyona“ning 5:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda u yana uchta gol urdi. 2014-yilgi mavsum yakuniga koʻra Erkinov Ligada 14 ta gol urdi, bu Liga toʻpurari Artur Gevorkyandan atigi 4 taga kam urga holda ikkinchi boʻldi. 2014-yilgi Oʻzbekiston kubogi bahslarida ham u klub safida 3 ta gol urgan.
2015-yilning 16-may kuni Erkinov „Andijon“ klubiga qarshi ligada safarda o‘yinda ajoyib „qaychi“ uslubida golini urdi. Uchrashuvning 76-daqiqasida Predrag Vuyovichning „Andijon“ darvozasiga urgan goli 2:1 dan keyin „Navbahor“ futbolchilari oʻyinni maydon markazidan boshlashlari kerak edi. Erkinov toʻpni qabul qilib oldi va „Andijon“ darvozaboni Genadie Moșneaga oʻz darvozasidan ancha uzoqda turganini payqab, yarim chiziqdan zarba yoʻlladi va toʻp darvozaga suzib ketdi. Uning bu goli 77-daqiqada 2:2 hisobida kiritildi.
2015-yilgi mavsumda Erkinov yana 13 ta gol bilan Ligada jamoaning eng yaxshi toʻpurarga aylandi. 2016-yilgi mavsumda Muborakning „Mashʼal“ klubi safiga oʻtdi. Muborakliklar safidagi yaxshi oʻyinlari natijasida Qarshining „Nasaf“ jamoasi safiga 2016-yilning yozgi transfer oynasida koʻchib oʻtdi. Qarshiliklar safida bir yarim mavsum harakat qildi. 2018-yilgi mavsumda Buxoroning „Buxoro“ klubi safiga oʻtdi. 2019-yil yangi mavsumda Oliy liganing boshqa bir klubi „Qoʻqon 1912“ jamoasi tomonidan futbolchiga qiziqish bildirildi va yangi mavsumni qoʻqonliklar safida boshladi. 2020-yil mavsum boshida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi safiga oʻtdi va 2 mavsum davomida qaldirgʻochlar safida toʻp surdi. 2022-yilgi mavsumda „Andijon“ klubi bosh murabbiyi Viktor kumikov tarafidan fiutbolchiga burgutlar safida toʻp surish taklifi berildi va taklifni qabul qilib 2022-yilgi mavsumni „Andijon“ klubi safida oʻtkazdi.
Xalqaro oʻyinlar
| ]Shaxboz Erkinov 2004-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 20 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlariga saralash oʻyinlarida ishtirok etgan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ham ishtirok etgan.
U 2009-yilning 28-yanvarida futbol boʻyicha BAA milliy terma jamoasiga qarshi 2011-yilgi Osiyo Kubogi saralash oʻyinida kattalar jamoasi safida debyut qilgan.
Yutuqlar
| ]Klub
| ]- Shoʻrtan
- O‘zbekiston kubogi ikkinchi oʻrin;: 2010-yil
Individual
| ]- „Navbahor“ning Ligadagi eng yaxshi toʻpurari (2): 2014, 2015
Faoliyat statistikasi
| ]- 2015-yil 22-noyabr holatiga koʻra
| Klub | Mavsum | Liga | Kubok | OFK | Umumiy | ||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| PAS Hamedan | 2008-09 | 17 | 5 | 3 | 2 | - | 20 | 7 | |
| 2009-10 | 14 | 2 | - | - | - | 14 | 2 | ||
| Umumiy | 31 | 7 | 3 | 2 | - | 34 | 9 | ||
| Shoʻrtan guzar | 2010-yil | 13 | 9 | 2 | 1 | - | 15 | 10 | |
| 2011-yil | 20 | 9 | 3 | 2 | 6 | 2 | 29 | 13 | |
| Umumiy | 33 | 18 | 5 | 3 | 6 | 2 | 44 | 23 | |
| "Paxtakor" | 2012-yil | 15 | 2 | 4 | 1 | - | 19 | 3 | |
| Olmaliq | 2013-yil | 15 | 7 | 2 | 0 | - | 17 | 7 | |
| Navbahor | 2014-yil | 25 | 14 | 3 | 3 | - | 28 | 17 | |
| 2015-yil | 26 | 13 | 1 | 0 | - | 27 | 13 | ||
| Umumiy | 51 | 27 | 4 | 1 | - | 55 | 28 | ||
| Umumiy faoliyat | 145 | 61 | 18 | 9 | 6 | 2 | 169 | 72 | |
Manbalar
| ]- Shahboz Erkinov Soccerway saytida
- „Andijan vs. Navbahor 3 – 2, 16 May 2015“. soccerway (2015-yil 16-may).
- „ru:Шахбоз Эркинов забил гол с центра поля“. YouTube (2015-yil 16-may).
- „transfermarkt“. 2023-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
| ]- Shaxboz Erkinov Soccerwayda
- Shaxboz Erkinov National-Football-Teams.com saytida
- FootballFacts.ru
- Transfermarkt (oʻyinchi)
- OʻzPFL (Wayback Machine saytida 2024-02-23 sanasida arxivlangan)
- FBref.com
- Sportbox.ru
- teams.by
- 16-iyulda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Toshkentlik futbolchilar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Shoʻrtan klubi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- PAS Tehran F.C. futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Erondagi muhojir erkak futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shahboz Erkinov haqida, Shahboz Erkinov nima? Shahboz Erkinov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!