Ulugʻbek Qosimov

Ulugʻbek Berdiqobilovich Qosimov — oʻzbek yuristi, davlat arbobi. 2022-yildan Surxondaryo viloyati hokimi.

Ulugʻbek Berdiqobilovich Qosimov
image
Qosimov, 2024-yil
image
 Surxondaryo viloyati hokimi
image
 
Mansab davri
2022-yil 26-dekabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Toʻra Bobolov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-sentyabr 1983-yil (1983-09-22) (41 yosh)
Qamashi tumani, Qashqadaryo viloyati
Mukofotlari image
Unvoni 3-darajali davlat adliya maslahatchisi

Biografiyasi

2001—2005 — Samarqand davlat universiteti talabasi.

2005—2006 — Surxondaryo viloyati Denov tumani prokuraturasi ish oʻrganuvchisi.

2006—2007 — Surxondaryo viloyati Bandixon tumani prokurori yordamchisi.

2007—2010 — Surxondaryo viloyati Uzun tumani prokuraturasi tergovchisi.

2010—2011 — Surxondaryo viloyati prokuraturasi qishloq xoʻjaligi sohasida qonuniylikni taʼminlash va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini himoya qilish boʻlimi prokurori.

2011—2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi prokurori.

2012—2014 — Surxondaryo viloyati prokuraturasi qishloq xoʻjaligi sohasida qonuniylikni taʼminlash va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini himoya qilish boʻlimi boshligʻi.

2014—2016 — Surxondaryo viloyati prokuraturasi qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi boshligʻi.

2016—2016 — Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani prokurori.

2016—2017 — Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi.

2017—2018 — Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi.

2018—2019 — Surxondaryo viloyati prokurori.

2019—2021 — Fargʻona viloyati prokurori.

2021—2022 — Toshkent shahar prokurori.

2022—2023 — Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi.

2023-yildan — Surxondaryo viloyati hokimi. 12-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati aʼzoligiga saylandi.

Mukofotlari

2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar

  1. O‘zbekiston harbiy prokuroriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
  2. Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlandi
  3. „Farg‘ona va Surxondaryo prokurorlari o‘rnini almashdi“.
  4. „Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlandi“. 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  5. To‘ra Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi
  6. „Ulugʻbek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi“. 2023-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-mart.
  7. Surxondaryo viloyati hokimi Senat aʼzoligiga saylandi
  8. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ulugʻbek Qosimov haqida, Ulugʻbek Qosimov nima? Ulugʻbek Qosimov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan