Shukrulla Yoʻldoshev
| Shukrulla Yoʻldoshev | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 11-aprel 1935-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Mexanik olim |
| Ish joylari | Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti |
| Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
| Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
| Ilmiy unvoni | professor |
| Mukofotlari | |
Shukrulla Ubaydullayevich Yoʻldoshev (1935-yil 11-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), texnika fanlari doktori (1982), professor (1983), O‘zbekiston qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi akademigi (1991).
Biografiyasi
| ]Shukrulla Yoʻldoshev 1935-yil 11-aprel Toshkentdagi „‘Eski Juva“’ dahasining „Hazrati Imom“ mahallasida tugʻilgan. 1957-yilda Toshkent politexnika institutining mexanika fakultetini tugatgan. 1957—1959-yillar Toshkentdagi 3-sonli avtobazada mexanik, katta muhandis, 1959—1962-yillarda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish institutida aspirant, kichik ilmiy xodim, 1962—1964-yillarda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim, 1974—1976-yillarda ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 1977—1983-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida dotsent va kafedra mudiri, 1983—1987-yillarda ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, 1987—1991-yillarda „Mexanizatsiya“ markazining prorektori, 1991—1995-yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi vitse-prezidenti, Prezidium a’zosi, akademik, 1997—2004-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida kafedra mudiri vazifasida faoliyat olib borgan. 2004-yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi professori. 1995—2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
Oilasi
| ]Oilali, 3 nafar farzandi bor.
Ilmiy faoliyati
| ]Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish, paxta terish mashinalarining texnikaviy darajasini oshirish, ish kursatkichlarini yaxshilash masalalariga bagʻishlangan. 1963-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida „‘Иследование износа некоторы трушихся пар хлопковы марин“ mavzusida nomzodlik, 1982-yil Leningrad qishloq xoʻjalik institutida ( hozirgi Sankt-Peterburg davlat agrar universiteti) „Оценка показателей и повишение технического уровия уборочной техники“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.1977-yilda dоtsеnt, 1983-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 674 ta ilmiy maqolalari (bulardan 67 tasi xorijiy davlatlarda chop etilgan), 4 ta darslik, 5 ta monografiya, 29 ta ixtirolar uchun patentlar muallifidir.
Mukofotlari
| ]„Mustaqillik“ nishoni (1992), „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ faxriy unvoni (1992), „O‘zbekiston belgisi“ nishoni (1997), „Oʻzbekiston mustaqilligiga 20 yil“ (2011), „O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil“ (2016), va I daraja „Mehnat faxriysi“ (2018) koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
| ]- Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.
- „Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони 14.12.1992 йилдаги ПФ-514-сон“.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Havolalar
| ]
O'zbekistonning mexanik olimi - Yo'ldoshev Shukurullo Ubaydullayevich YouTubeda
- 11-aprelda tugʻilganlar
- 1935-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston belgisi nishoni sohiblari
- Oʻzbekiston mustaqilligiga 20 yil nishoni sohiblari
- Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil nishoni sohiblari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Oʻzbekiston olimlari
- Qishloq xoʻjaligi sohasi olimlari
- Texnika fanlari doktorlari
- Professorlar
- Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shukrulla Yoʻldoshev haqida, Shukrulla Yoʻldoshev nima? Shukrulla Yoʻldoshev nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!