Nigʻmatilla Yoʻldoshev
- Vikipediyada ismi Nigʻmatilla va familiyasi Yoʻldoshev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (2019-yildan), 2019-yildan Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti, 2015—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin, 2016-yil 2-sentabrdan 8-sentabrgacha — Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi, 2011—2015-yillarda Adliya vaziri.
Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich | |
---|---|
Йўлдошев Ниғматилла Тўлқинович | |
![]() | |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori | |
Mansab davri 2019-yil 20-iyundan – hozirgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Otabek Murodov |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati raisi | |
Mansab davri 2015-yil 26-yanvardan – 2019-yil 20-iyungacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ilgizar Sobirov |
Vorisi | Tanzila Norboyeva |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti v.v.b. | |
Mansab davri 2016-yil 2-sentabrdan – 8-sentabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Islom Karimov |
Vorisi | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri | |
Mansab davri 2011-yildan – 2015-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Ravshan Muhiddinov |
Vorisi | Muzrob Ikromov |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi departamenti boshlig'i | |
Mansab davri 2006-yildan – 2008-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Poʻlat Bobojonov |
Vorisi | Zohid Dusanov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 5-dekabr 1962-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Mukofotlari | ![]() |
Unvoni | 2-darajali davlat adliya maslahatchisi |
Biografiyasi
Maʼlumoti — oliy, 1985-yilda Toshkent Davlat Universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
1985—1986 — Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokuraturasining ish oʻrganuvchisi.
1986—1991 — Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokuraturasining tergovchisi.
1991—1992 — Toshkent shahri Yunusobod tumani prokuraturasining tergovchisi.
1992—1995 — Toshkent shahar prokuraturasining katta tergovchisi.
1995—1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki ishlar vazirligi idoralarida tergov va surishtiruv ustidan nazorat boshqarmasi prokurori.
1997—2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tergov bosh boshqarmasining tashkiliy-uslubiy boʻlimi boshligʻi.
2000—2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki xavfsizlikni taʼminlash inspeksiyasining boshligʻi.
2003—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi inspektori.
2006—2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
2008—2011 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.
2011—2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri.
2015-yil 20-yanvarda Senat aʼzoligiga Prezident tomonidan tayinlandi. 23-yanvar kuni Senat raisi etib saylandi.
2019-yil 20-iyunda Senat aʼzoligidan olindi.
2016-yil 2-sentabrda Oliy Majlis palatalarining qarori bilan Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 8-sentyabr kuni Prezident vakolatlarini bajarish mas’uliyatini vaqtinchalik Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirishini eʼlon qildi.
2019-yil 20-iyundan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori.
2019-yil 7-oktyabrdan — Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti.
2025-yil 14-yanvardan – Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti.
Manbalar
- Nigʻmatilla Yoʻldoshev Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasiga rais etib saylandi
- „Nigmatilla Yuldashev budet vrio prezidenta“. 2016-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-sentyabr.
- „Vazir va oʻrinbosarlar“. 2015-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-yanvar.
- О назначении членов Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 2015-01-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-23
- Prezident Senatda yangi qoʻmita tashkil etishni taklif etdi
- https://m.kun.uz/news/2019/06/21/prezident-otabek-murodov-haqida-men-unga-ishonch-bildirgandim
- Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasiga yangi rahbar saylandi
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nigʻmatilla Yoʻldoshev haqida, Nigʻmatilla Yoʻldoshev nima? Nigʻmatilla Yoʻldoshev nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!