Siroj Nuriddinov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Siroj Nuriddinovich Nuriddinov
image
Oʻzbekiston KP Toshkent viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1956-yil fevral – 1959-yil 23-mart
Oʻtmishdoshi Orif Alimov
Vorisi Rasul Gʻulomov
Oʻzbekiston KP Namangan viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1959-yil – 1961-yil 30-may
Oʻtmishdoshi Hasan Joʻrayev
Vorisi Abdulxay Toirov
Oʻzbekiston KP (b) Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1946 – 1949
Oʻtmishdoshi Abdurazzoq Mavlonov
Vorisi Aziz Toʻxtaboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1911
Toshkent, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1966-yil 9-iyun
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Turmush oʻrtogʻi Yodgor Nasriddinova
Taʼlim KPSS MQ qoshidagi Oliy partiya maktabi
Mukofotlari image image image image image

Siroj Nuriddinovich Nuriddinov (1911, Toshkent, Rossiya imperiyasi — 1966-yil 9-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1946—1949 va 1956—1959).

Tarjimai holi

| ]

1938-yildan VKP (b) aʼzosi. 1953-yilda Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi — KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan. Mehnat faoliyatini zavodda usta sifatida boshlagan.

  • 1937—1941-yillarda Oʻzbekiston komsomoli shahar qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston komsomoli tuman qoʻmitasining birinchi kotibi,
  • 1941—1945-yillarda Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi;
  • 1945—1946-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Toshkent shahar qoʻmitasi ikkinchi kotibi;
  • 1946—1949-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi;
  • 1949-yilda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari respublika kengashi raisi;
  • 1949—1950-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) MK kotibi;
  • 1953—1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi MK maktablar boʻlimi mudiri,
  • 1954—1955-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi,
  • 1955—1956-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi birinchi kotibi,
  • 1956—1959-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi,
  • 1959—1964-yillarda Oʻzbekiston Respublika kasaba uyushmalari kengashi raisi.

SSSR Oliy Kengashining 3—6-chaqiriqlari deputati.

1966-yil 9-iyunda vafot etgan.

Oilasi

| ]

Ya. S. Nasriddinova (1920—2006) bilan turmush qurgan. Bolalari: Qizlari — Lola (1939-yilda tugʻilgan), Raisa (1942-yilda tugʻilgan), Zulfiya (1950-yilda tugʻilgan), oʻgʻli Baxtiyor (1947-yilda tugʻilgan)[manba kerak] .

Manbalar

| ]
  • Nekrolog
  • Pravda Vostoka (01.03.1950) (Wayback Machine saytida 2023-01-02 sanasida arxivlangan)
  • Nurutdinov Sirodj Arxivnaya kopiya
  • Case: Nurutdinov Sirodj Arxivnaya kopiya

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Siroj Nuriddinov haqida, Siroj Nuriddinov nima? Siroj Nuriddinov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan