Malik Abdurazzoqov
- Vikipediyada ismi Malik va familiyasi Abdurazzoqov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Malik Abdurazzoqov | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 1970-yil yanvar – 1973-yil 13-iyun | |
| Mansab davri 1951-yil yanvar – 1952-yil dekabr | |
| Vorisi | Qayum Murtazoyev |
| Mansab davri 1952 – 1955 | |
| Oʻtmishdoshi | ? |
| Vorisi | Siroj Nuriddinov |
| Mansab davri 1964-yil dekabr – 1970-yil yanvar | |
| Oʻtmishdoshi | Uning oʻzi qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi kotib sifatida saqlanib qoldi; Pyotr Kaymakov Oʻzbekiston KP viloyat qoʻmitasi sanoat boʻyicha birinchi kotib sifatida |
| Vorisi | Mirzamahmud Musaxonov |
| Mansab davri 1963-yil yanvar – 1964-yil dekabr | |
| Oʻtmishdoshi | Uning oʻzi Oʻzbekiston KP Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi sifatida |
| Vorisi | Uning oʻzi Oʻzbekiston KP Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi sifatida |
| Mansab davri 1961-yil fevral – 1963-yil yanvar | |
| Oʻtmishdoshi | Rasul Gʻulomov |
| Vorisi | Uning oʻzi qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi kotib sifatida saqlanib qoldi; Pyotr Kaymakov Oʻzbekiston KP viloyat qoʻmitasi sanoat boʻyicha birinchi kotib sifatida |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1919 Namangan, Oʻzbekiston |
| Vafoti | 1973-yil 15-iyun Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
| Siyosiy partiyasi | KPSS (1940—1973 |
| Taʼlim | Namangan pedagogika oʻquv yurti VKP (b) MQ qoshidagi Oliy partiya maktabi |
| Mukofotlari | |
Malik Abdurazzoqovich Abdurazzoqov (1919-yil avgust — 1973-yil 15-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston sovet partiya yetakchisi, Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1961—1970).
Tarjimai holi
| ]1919-yil avgustda ishchi oilasida tugʻilgan. Millati - oʻzbek. 1938-yilda Namangan pedagogika texnikumini tamomlagan.
1933—1940-yillarda Oʻzbekiston SSR xalq ta’limi tizimida oʻqituvchi, maktab direktori, Namangan shahar maorif boʻlimi inspektori lavozimlarida ishlagan.
1940-yildan KPSS (b) aʼzosi. Xuddi shu yildan komsomol va partiya ishida faoliyat boshlagan.
1944—1948-yillarda Oʻzbekiston Komsomoli MK kotibi, ikkinchi kotibi, 1948—1951-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Qashqadaryo viloyat qoʻmitasining ikkinchi kotibi boʻlib ishlagan.
1948-yilda Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabini sirtdan tamomlagan.
1951-yil yanvarda Oʻzbekiston komsomoli Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi etib tayinlandi.
1952-yil dekabrdan 1955-yil aprelgacha Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining birinchi kotibi, soʻngra 1961-yilgacha Oʻzbekiston Kompartiyasi MK kotibi.
1961-yil fevraldan 1963-yil yanvargacha Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi.
N. S. Xrushchev tashabbusi bilan partiya va xoʻjalik apparatini qayta tashkil etish jarayonida 1963-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent qishloq okrug qoʻmitasining birinchi kotibi (1964-yil dekabrigacha) etib tayinlandi.
1964-yil dekabridan 1970-yil yanvarigacha yana Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida ishladi.
1970-yil yanvaridan to vafotigacha Oʻzbekiston SSR ta’minot vaziri boʻlgan.
1961—1971-yillarda KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod.
SSSR Oliy Kengashining 4, 5, 6, 7-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
Mukofotlar
| ]- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1957-yil 11-yanvar; 1969-yil 4-avgust)
Havolalar
| ]- Некролог
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining birinchi kotiblari
- Toshkentda vafot etganlar
- 1973-yilda vafot etganlar
- 15-iyunda vafot etganlar
- 1919-yilda tugʻilganlar
- Toshkent shahar rahbarlari
- Namanganda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari
- Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Komitetining birinchi kotiblari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasining ikkinchi kotibi
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotiblari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Malik Abdurazzoqov haqida, Malik Abdurazzoqov nima? Malik Abdurazzoqov nimani anglatadi?






Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!