Shahrixon tumani

Shahrixon tumani — Andijon viloyati markaziy qismida joylashgan tuman. 1926-yil 29-sentyabr kuni tashkil etilgan. Gʻarbdan Boʻz, shimoldan Baliqchi, Oltinkoʻl, sharqdan Asaka, janubdan Fargʻona viloyatining Quva tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,33 ming km2. Aholisi 215,3 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Shahrixon), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Abdubiy, Guliston, Nazarmahram, Naynova, Paxtaobod, Toshtepa, Choʻja, Yuqori Shahrixon, Yangiyoʻl, Oʻzbekiston, Oʻrta Shahrixon, Haqiqat) bor. Maʼmuriy markazi — Shahrixon shahri.

Shahrixon tumani
Шахриханский район

image

tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Shahrixon (shahar)
Yirik shahari Shahrixon
Xokim Hikmatillo Dadaxonov Vahobovich
Rasmiy tili OʻzbekOʻzbek tili
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 8(374)
Internet domeni uz
Avtomobil raqami kodi 60
Rasmiy sayti shahrixon.uz
Xaritada
image
40°52′59.9″N 72°3′0.0″E / 40.883306°N 72.050000°E / 40.883306; 72.050000

Tarixi

1926-yil 29-sentyabr kuni Stalin tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1961-yilda tuman nomi Moskva deb oʻzgartirilgan. Hozirgi nomi 1990-yillarning boshida berilgan.

Maʼmuriy boʻlinishi

Shahrixon tumani gʻarbdan Boʻz, shimoldan Baliqchi, Oltinkoʻl, sharqdan Asaka, janubdan Farg'ona viloyatining Quva tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni — 0,33 ming kvadrat kilometr.

Tumanda 1ta shahar (Shahrixon), 14ta Mahalla fuqarolar yig'ini ( Qo'rg'oncha MFY, Dorilomon, Abdubiy, Guliston, Nazarmahram, Naynavo, Paxtaobod, Toshtepa, Choʻja, Eshon-qishloq MFY, Yuqori Shah­rixon, Yangiyoʻl, Oʻzbekiston, Oʻrta Shahrixon, Paxtakol) bor.

Tabiati

Tuman hududi Shahrixonsoyning keng yoyilmasida, Quva-Andijon adirlari bilan Qoradaryo oʻrtasidagi tekislikda joylashgan. Oʻrtacha balandlik 400—680 m. Tekislikning ustki qismi toʻrtlamchi davr allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Markaziy Fargʻonaning ichki qismiga kirib boradi. Iqlimi kontinental; qishi yumshoq, yozi issiq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2,5° dan —3,2° gacha, iyulniki 27°—29°, eng past temperatura —26°, eng yuqori temperatura 45°. Yiliga 300—350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 212—216 kun. Tuproqlari boʻz, oʻtloqi botqoq, oʻtloqi boʻz, baʼzi joylarda qumoq shoʻrxok tuproqlar. Oʻtloqi botqoq tuproqli joylarda yer osti suvi yuza (1—2 m). Yovvoyi oʻsimliklardan ajriq, qamish, qiyoq, yantoq, oqbosh, ituzum, semizoʻt, shoʻra, yalpiz, qirqboʻgʻim va gʻumay oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan faqat tulki, quyon uchraydi xolos; qushlardan olaqanot, chumchuq, qaldirgʻoch, bedana, qargʻa, laylak, hakka, zagʻizgʻon, musicha uchraydi.

Xo'jaligi

Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, taʼmirlash, toʻqimachilik, tikuvtrikotaj korxonalari va boshqalar faoliyat koʻrsatadi. Qoʻshma korxonalardan: Oʻzbekiston—Koreya «Kosmo Elektroniks KOLTD», Oʻzbekiston—Xitoy «RivojTyanjin», Oʻzbekiston—Hindiston «RivojNorind», OʻzbekistonGermaniya «Interteks», Oʻzbekiston—Rossiya «Anteks» ishlab turibdi. Shahrixon tumanida 640 dan ortiq kichik korxona mavjud.

"Xassan Universal Shoes" MCHJ, Shahrixon tumanida joylashgan poyabzal ishlab chiqaruvchi korxona.

Geografiyasi

Shahrixon tumani hududi Shahrixonsoyning keng yoyilmasida, Quva-Andijon adirlari bilan Qoradaryo oʻrtasidagi tekislikda joylashgan. Oʻrtacha balandligi 400-680 m. Tekislikning ustki qismi toʻrtlamchi davr allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Markaziy Fargʻonaning ichki qismiga kirib boradi. Iqlimi — kontinental; qishi yumshoq, yozi issiq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — minus 2,5 darajadan minus 3,2 darajagacha, iyulniki — 27°-29°. Yiliga 300-350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 212-216 kun. Tuproqlari boʻz, oʻtloqi botqoq, oʻtloqi boʻz, baʼzi joylarda qumloq tuproqlar.

Yovvoyi oʻsimliklardan ajriq, qamish, qiyoq, yantoq, oqbosh, ituzum, sеmizoʻt, shoʻra, yalpiz, qirqboʻgʻim va gʻumay oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan faqat tulki,Bo'ri va quyon uchraydi, xolos; qushlardan olaqanot, chumchuq, qaldirg'och, bеdana, qargʻa, laylak, hakka, zagʻizgʻon, musicha uchraydi.

Aholisi

Aholisi — 227,5 ming kishi. Aholisi, asosan, oʻzbеklar; shuningdek, rus, tatar, qirgʻiz, tojik, uygʻur, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 kvadrat kilometrga 680 kishi.

Shahrixonsoy

Shahrixonsoy — Andijon va Fargʻona viloyatlaridagi magistral kanal. Kampirravot gidrouzelidan boshlanadi. 1887-yilda qurilgan.

Shahrixonlik mashhurlar

  • Ozodbek Nazarbekov — Oʻzbekiston xalq artisti.
  • Keldiboy Jejanov — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi.
  • Mamajon Abdurasulov — Xalq oʻqituvchisi (1981).
  • Anvarjon Abdullayev — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi.
  • Sodiqjon Abdurasulov — Oʻzbekiston Qahramoni (1996).
  • Gavharoy Kutusheva — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi.
  • Tanzila Norboyeva — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi.
  • Osmon Yoqubov — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
  • Jamoliddin Boʻronov — tilshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.
  • Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov — matematik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti.
  • Joʻraxon Yusupov — xonanda, sozanda (gʻijjak, skripka). Oʻzbekiston xalq hofizi.
  • Akmaljon Qosimov — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akad.
  • Adolat Neʼmatova — xalq oʻqituvchisi.
  • Hamdam Haydaraliyev — oʻzbek xalq artisti, raqqos, ashulachi, chavandoz.
  • Zunnun Madaliyev — Oʻzbekiston xalq artisti.
  • Sodiqjon Turdiyev — Oʻzbekiston Qahramoni (2012).
  • Nursulton Roʻziboyev — sport ustasi.


Manbalar

  1. ШАҲРИХОН ТУМАНИ ҲАҚИДА[sayt ishlamaydi]
  2. 'Shahrihon tumani'[1]
  3. Voswinckel, Peter (2005-12-31), „Die zweite Verbannung. Auslassungen, Willkür und Fälschung in der ärztlichen Biografik“, Autobiografie und Wissenschaftliche Biografik, De Gruyter, 70–85-bet, qaraldi: 2025-05-27
  4. Ozodbek Nazarbekov - Tarjimai hol, 22-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 19-noyabr 2012-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shahrixon tumani haqida, Shahrixon tumani nima? Shahrixon tumani nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan