Subbaraman Vijayalakshmi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Subbaraman Vijayalakshmi
image
Subbaraman Vijayalakshmi 2018-yilda
Mamlakat image Hindiston
Tugʻilgan 1979-yil 25-mart (yoshi 43)
Madras, Hindiston
Sarlavha Xalqaro magistr (2001)
Ayol grossmeyster (2001)
FIDE reyting 2332 (2020-yil mart)
Eng baland reyting 2485 (2005-yil oktyabr)

Subbaraman Vijayalakshmi (1979-yil 25-martda tugʻilgan) — FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega boʻlgan hindistonlik shaxmatchi, oʻz mamlakatida ushbu unvonlarga erishgan birinchi ayol shaxmatchi. U shaxmat olimpiadalarida Hindiston sharafi uchun boshqa har oʻyinchilarga qaraganda koʻproq medal qoʻlga kiritgan. U deyarli barcha milliy yosh toifalarida, jumladan, kattalar unvonlariga ham erishgan.

Shaxsiy hayoti

| ]

Madrasda tugʻilgan Subbaraman Vijayalakshmi, oʻyinni otasidan oʻrgangan. U hindistonlik grossmeyster Sriram Jhaga turmushga chiqqan. Uning opa-singillari Subbaraman Meenakshi (1981-yilda tugʻilgan, WGM) va S. Bhanupriya ham shaxmatchilardir.

Karyerasi

| ]

Uning birinchi turniri 1986-yilda Tal Chess Open turnirida boʻlib oʻtgan. 1988 va 1989-yillarda u 10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida Hindiston chempionatida gʻolib chiqdi. Shuningdek, U12 toifasida u ikki marta gʻalaba qozondi.

Madrasdagi Zone turnirida (1995) u ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. U 1997-yilda Tehronda, 1999-yilda Mumbayda oʻtkazilgan Osiyo mintaqasi turnirida gʻolib boʻlgan. 1996-yilda Kalkuttada u ayollar oʻrtasidagi Hamdoʻstlik oʻyinlarida chempion boʻldi, 2003-yilda Mumbayda yana bir bor bu unvonni qoʻlga kiritdi. Vijayalakshmi 1995 (Madras), 1996 (Kolkata), 1999 (Kojikode), 2000 (Mumbay), 2001 (Yangi Dehli) va 2002 (Lakhnau)-yillarda Hindiston ayollar chempionatida gʻolib boʻlgan. 1998-yilda Hindiston terma jamoasi bilan ayollar shaxmat olimpiadasida qatnashgan. 2000-yilda Istanbulda boʻlib oʻtgan 34-shaxmat Olimpiadasida qatnashgan, 2002-yilda Bledda birinchi doskadagi chiqishi uchun kumush medalga sazovor boʻldi. 2007-yilda u Italiyaning Kutro shahridagi Leonardo di Bona memorialida gʻoliblik shoxsupasiga koʻtariladi.

1996-yilda Chennayda boʻlib oʻtgan FIDE mintaqaviy turniridagi natijasi tufayli u ayol xalqaro usta (WIM) unvoniga sazovor boʻldi. 2001-yilda u ayol grossmeyster (WGM) unvoniga erishgan birinchi hindistonlik boʻldi. 2000-yilgi Shaxmat Olimpiadasidagi natijalari tufayli u xalqaro usta (IM) unvoniga ham erishdi. U IMga aylangan birinchi hind ayol shaxmatchisi boʻldi. 2006-yilda Kalamariyada u grossmeysterlik darajasiga erishdi, shuningdek, 2007-yilda Cutroda ham gʻalabaga erishgan.

2005-yil iyul oyida u Biel Accentus Ladies turnirida iishtirok etib, u yerda 6½ ochko bilan ikkinchi oʻrinni egalladi, bu tay -brekda Vijayalakshmini magʻlub etgan Almira Skripchenko bilan bir xildagi hisob koʻrsatkichi edi. Germaniyada u 2006-yilda Nyurnbergda boʻlib oʻtgan LGA Open musobaqasida qatnashgan va 2006—2007-yillarda NRW musobaqasida Brackweder SC uchun oʻynagan.

2016-yilda Vijayalakshmi 8-chi Chennai ochiq chempionatida rossiyalik grossmeyster Boris Grachev bilan ketma-ket 2-3-oʻrinlarni egalladi.

Mukofotlar va eʼtirof

| ]

2001-yilda Hindiston hukumati unga Arjuna mukofotini berdi.

Manbalar

| ]
  1. Sagar Shah. „Vijayalakshmi, India’s first WGM“. ChessBase (25-mart 2015-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2015-yil.
  2. D.K. Bharadwaj (13 May 2003). „A big boom in the brain game“. Press Information Bureau, Government of India.
  3. Crowther. „TWIC 442: Commonwealth Chess Championships“. The Week in Chess (28-aprel 2003-yil). Qaraldi: 22-fevral 2016-yil.
  4. „Volokitin, Gelfand win Biel GM Tournament“. ChessBase (28-iyul 2005-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2015-yil.
  5. „8th Chennai Open International Grandmaster Chess tournament 2016“. FIDE (2016-yil 27-yanvar). 14-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2016-yil.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Subbaraman Vijayalakshmi haqida, Subbaraman Vijayalakshmi nima? Subbaraman Vijayalakshmi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan