Toʻlqin Mirkomilov

Toʻlqin Miromilovich Mirkomilov (1939.30.6, Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995). Texnika fanlari doktori (1983), professor (1985). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1962), shu institut kimyo kafedrasi mudiri (1973—1992), Toshkent kimyotex-nologiya instituti rektori (1992—1994). Toshkent texnika universiteti rektori (1994—2001), prorektori (2001-yildan). M.ning ilmiy ishlari ekologik toza texnologi-yalarni ishlab chiqish, paxta sanoati chiqindilarini qayta ishlash hamda mahalliy xom ashyolardan foydalangan holda plastmassalarning yangi turlarini olishga bagʻishlagan. Uning rahbarligida tarkibida sellyuloza boʻlgan xom ashyolarning tuzilishi bilan ularning xossalari orasida oʻzaro bogʻliqlik borligi toʻgʻrisidagi nazariya; sorbitlar, ionitlar va fiziologik faol poli-merlar olish maqsadida sellyulozani koʻp funksional kislotalar bilan modifikatsiyalash usullari; tarkibida sellyuloza boʻlgan sanoat chiqindilaridan yuqori sifatli sellyuloza olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Yangi oligomerlar va polimerlar olindi hamda ularning qoʻllanishi soqalari ani^landi. Ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi de-putati.

Toʻlqin Mirkomilov
Tavalludi 30-iyun 1939
Vafoti 2004
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston

Manbalar

  • Texnologiya xlopkovoy sellyulozi., T., 1996; YAMR— Spektroskopiya visokogo razresheniya polisaxaridov i ix proizvodnix (T. I.Usmonov bilan hamkorlikda),T., 1994; Ximiya i texnologiya polucheniya piridinovix osnovaniy (S. M. Turobjonov bilan hamkorlikda), T., 1998.





vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Toʻlqin Mirkomilov haqida, Toʻlqin Mirkomilov nima? Toʻlqin Mirkomilov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan