Azizbek Toʻlqinbekov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Toʻlqinbekov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Azizbek Toʻlqinbekov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Azizbek Toʻlqinbekov
Tavallud sanasi 10-fevral 2007-yil (2007-02-10) (18 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bunyodkor
Raqami 66
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022— Bunyodkor 18 (0)
Milliy terma jamoa
2022—2023 Oʻzbekiston U17 17 (0)
2024 Oʻzbekiston U20 10 (2)
2024— Oʻzbekiston U21 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Azizbek Toʻlqinbekov (2007-yil 10-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi. Oʻzbekiston Superligasining „Bunyodkor“ klubida markaziy himoyachi ampulasida toʻp suradi.

Biografiyasi

| ]

Umidli futbolchi

| ]

2024-yilda The Guardian nashri eʼlon qilgan jahonning eng umidli oʻyinchilari TOP-60 lik roʻyxatga Azizbek Toʻlqinbekovni ham kiritgan.

Klub faoliyati

| ]

Azizbek „Bunyodkor“ futbol klubining akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Uning birinchi murabbiyi Yevgeniy Kazakov. Toʻlqinbekov „Bunyodkor“ safida 2022-yil 7-noyabr kuni, Oʻzbekiston Superligasi turniri doirasida „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut oʻyinini oʻtkazgan. Azizbek 15 yosh, 8 oy va 28 kunligida oʻzining professional faoliyatidagi ilk oʻyinini Ivan Bošković murabbiyligida oʻtkazgan. Bu bilan u ligadagi eng yosh debyutantga aylangan. 2023-yilda Oʻzbekiston Superligasida bu safar ham bitta oʻyinda ishtirok etgan. 2024-yilgi mavsumda Azizbek „Bunyodkor“ asosiy jamoasining doimiy aʼzosiga aylandi. Mavsum davomida Oʻzbekiston oliy divizionida 17 ta oʻyinda, shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida 4 ta oʻyinda maydonga tushgan. Toʻlqinbekov mavsum davomida professional faoliyatidagi ilk golini „Jayxun“ klubi darvozasiga kiritgan.

2024-yil 15-oktyabrda u Angliyaning The Guardian gazetasi tomonidan 2007-yilda dunyoga kelgan eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida eʼtirof etilgan.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]

Toʻlqinbekov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi boʻlib, Oʻzbekiston U17 terma jamoasi safida 2023-yilgi AFC U-17 Osiyo chempionati va 2023 -yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ishtirok etgan va 17 ta uchrashuvda maydongga tushggan. 2024-yildan buyon Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibidagi oʻyinlarda ishtirok etmoqda. Yoshlar terma jamoasi tarkibida jami 16 oʻyin oʻtkazgan va 2 ta gol muallifi boʻlgan (ikkalasi ham Kambodja yoshlar terma jamoasiga).

Manbalar

| ]
  1. „Azizbek Toʻlqinbekov“.
  2. „Azizbek Toʻlqinbekov“.
  3. „Azizbek Toʻlqinbekov“.
  4. „The Guardian o‘zbekistonlik 17 yoshli futbolchini jahonning eng umidli top-60 o‘yinchisi ro‘yxatiga kiritdi“. kun.uz. Qaraldi: 31-oktyabr.
  5. Azizbek Tulkinbekov: Rekordsmen Superligi, vpechatlyayuщiy universalnostyu
  6. Samsonov, Valeriy „Азизбек Тулкинбеков – в списке лучших талантов The Guardian“ (2024-yil 16-oktyabr).
  7. Otchyot o matche „Bunyodkor“ – „Djayxun“(Inglizcha)
  8. Christenson, Marcus; Bloor, Steven; Blight, Garry „Next Generation 2024: 60 of the best young talents in world football“. theguardian.com (2024-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
  9. Azizbek Tulkinbekov – v spiske luchshix talantov The Guardian
  10. „Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo Kubogida ishtirok etadigan tarkibi maʼlum.“ (Uzbek). Facebook. Uzbekistan Football Association (2023-yil 4-iyun). Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  11. „Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг жаҳон чемпионатида иштирок этадиган таркиби маълум“ (uz). championat.asia (2023-yil 3-noyabr). 2023-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-noyabr.
  12. Azizbek Tulkinbekov: Rekordsmen Superligi, vpechatlyayuщiy universalnostyu
  13. Molodejnaya sbornaya Uzbekistana razgromila Kambodju

Havolalar

| ]
  • Azizbek Toʻlqinbekov OʻzPFL saytida
  • Azizbek Toʻlqinbekov Soccerway saytida
  • Azizbek Toʻlqinbekov Transfermarkt saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Azizbek Toʻlqinbekov haqida, Azizbek Toʻlqinbekov nima? Azizbek Toʻlqinbekov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan