Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi

Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi, Ukraina SSR (ukraincha: Украї́нська Радя́нська Соціалісти́чна Респу́бліка; ruscha: Украи́нская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Ukrainasi deb yuritiladi.

1919–1991
1941–1944: Nemis va rumin okkupatsiyasi
Maqom Sovet Rossiyasining qoʻgʻirchoq mamlakati (1919–1922)
Sovet Ittifoqi respublikasi (1922–1990)
Ukraina qonunchiligi ustuvor boʻlgan ittifoqdosh respublika (1990–1991)
Hukumat boshchisi  
• 1919–1923 (ilk)
Kristian Rakovskiy
• 1988–1991 (soʻnggi)
Vitold Fokin
Davlat boshchisi  
• 1919–1938 (ilk)
Grigory Petrovskiy
• 1990–1991 (soʻnggi)
Leonid Kravchuk
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
image Ukraina Xalq Respublikasi
image Erkin hudud
image Ikkinchi Polsha Respublikasi
image Ruminiya Qirolligi
image Rechskommissariat Ukraina
image General-gubernatorlik
image Polsha Xalq Respublikasi
image Vengriya Qirolligi (1920–46)
image Qrim viloyati
Ruminiya Qirolligi image
Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi image
Reichskommissariat Ukraina image
General-gubernatorlik image
Polsha Xalq Respublikasi image
Ukraina image
Hozirda hududida quyidagilar mavjud image Ukraina
image Rossiya (some parts munozarali)
image Moldova
image Polsha

Oʻzining 72 yillik tarixi davomida Ukraina SSRning chegarasi koʻp oʻzgargan. Hozirgi Gʻarbiy Ukrainaning yirik qismi 1939-yil Polshadan anneksiya qilib olingan. 1946-yil respublika hududiga Zakarpatye qoʻshib olingan. Ukraina SSR iqtisodi koʻlami va aholisi soni boʻyicha Sovet Ittifoqida Rossiya SFSRdan keyin ikkinchi oʻrinda turgan.

1919–1934-yillarda Xarkov shahri Ukraina SSR poytaxti boʻlgan. 1934-yildan poytaxti – Kiyev shahri. Respublika 480 rayonga boʻlingan, 429 shahar, 916 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.

1991-yil 24-avgust kuni Ukraina SSR Sovet Ittifoqidan mustaqilligini eʼlon qildi va respublika nomi Ukrainaga oʻzgartirildi. Ukraina mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Tarixi

Ukraina SSRda sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillikda vujudga kelgan. 9–12-asrlarda Ukraina hududining kattagina qismi yagona qadimiy rus elatining shakllanishi uchun negiz boʻlgan Kiyev Rusiga kirgan. Keyinchalik mazkur elatdan uch sharqiy slavyan xalqi: ruslar, ukrainlar, beloruslar tarkib topgan. Taxminan 988-yili xristianlik (pravoslaviye oqimi) qabul qilinib, u davlat dini boʻlib qolgan.

12-asr oxirida Galich-Volin knyazligi vujudga kelgan. 13-asrda Ukraina moʻgʻullar bosqiniga uchragan. 15-asrda Qrim xonligi vujudga kelgan. Bu davrga kelib ukrain elati shakllanib boʻlgan edi. 1596-yili pravoslav cherkovi katolik cherkovi bilan birlashib, uniyachilik cherkovini tashkil qilgan.

image
Qizil armiya askarlari „Fordson Putilovets“ („Krasny Putilovets“) traktorini haydashni oʻrganmoqda. Kirov, Ukraina SSR.

16-asr oxirida ukrainlar polyak-litva shlyaxtasiga va turk agressiyasiga qarshi kurash olib borganlar. Bogdan Xmelnitskiy rahbarligida ukrain xalqining 1648–1654-yillardagi ozodlik urushi Ukrainaning Rossiyaga qayta qoʻshib olinishi bilan yakun topgan. Chap sohil Ukrainasi Rossiya tarkibida avtonomiya huquqiga ega boʻlgan. Ukrain kazak qoʻshinlari 1709-yilda Poltava jangida qatnashib, Shimoliy urushning borishini Rossiya foydasiga oʻzlashtirgan.

18-asrning 2-yarmida Janubiy Ukraina yerlari turklardan ozod etilgan. Oʻng sohil Ukrainasi 18-asrning oxirida Rossiyaga qayta qoʻshib olingan.

Ukrainada Sovet hokimiyati 1917-yil noyabri – 1918-yil yanvarda oʻrnatilgan. 1917-yil 12(25)-dekabrda Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan, sotsializm qurila boshlagan. Ukraina SSR 1922-yil 30-dekabrdan Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan. 1939-yil noyabrda hozirgi Gʻarbiy Ukrainaning yirik qismi Polshadan anneksiya qilib olingan.

1941–1945-yillarda Ukraina SSRni nemis bosqinchilari okkupatsiya qilgan. 1943-yil kuziga kelib Sovet armiyasi Chap sohil Ukrainasini, 1944-yil oktabrda respublikaning butun hududini ozod etgan. 1945-yil iyunida Zakarpatye Ukrainasi Ukraina SSRga qoʻshib olingan. 1954-yil Qrim yarimoroli Rossiya SFSRdan Ukraina SSRga berilgan. 2014-yilga kelib Rossiya Qrimni anneksiya qilib oldi.

1991-yil 24-avgust kuni Ukraina SSR Sovet Ittifoqidan mustaqilligini eʼlon qildi va respublika nomi Ukrainaga oʻzgartirildi. Ukraina mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Manbalar

  1. "Ukraina SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 312. 5-89890-018-7. 

Havolalar

  • Ukraina SSR Katta sovet ensiklopediyasida (rus.)

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi haqida, Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi nima? Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan