Umarali Normatov
Umarali Normatov — adabiyotshunos, tanqidchi. Umarali Normatov 1931-yil 3-yanvarda Fargʻona viloyatining Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952–1957), aspiranturasida taʼlim olgan (1959–1962).
Umarali Normatov | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi | 3-yanvar 1931-yil Rapqon, Beshariq tumani, Andoza:OʻzSSR |
Vafoti | 29-yanvar 2022-yil (91 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Mukofotlari | ![]() ![]() |
1962-yildan hozirgi kungacha oʻzbek adabiyoti kafedrasida katta oʻqituvchi, dotsent, professor, mudir boʻlib ishlamoqda. Adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957-yildan boshlagan: hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola, taqrizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi oʻzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yoʻnaltirilgan.
U 1962-yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978-yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. „Nasrimiz ufqlari“ (1974), „Yetuklik“ (1982), „Qalb inqilobi“ (1986), „Qodiriy bogʻi“ (1996), „Umidbaxsh tamoyillar“ (2000) singari asarlarida yangi oʻzbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining muhim tomonlari yoritib berilgan. Umarali Normatov „Oʻzbekiston fan arbobi“ (1981), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1989).
Manbalar
- https://m.kun.uz/news/2022/01/29/adabiyotshunos-olim-umarali-normatov-vafot-etdi
- Sharafiddinov O. Goʻzallik izlab. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985, 198–208 sahifalar.
- Yoqubov O. Tanqidchining kamoli. „Sharq yulduzi“ jurnali, 1981, 1-son.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Umarali Normatov haqida, Umarali Normatov nima? Umarali Normatov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!