Valeriy Loginov
| Valeriy Aleksandrovich Loginov | |
| Tugʻilgan sanasi: | 1955-yil yoki 1942-yil 13-dekabr |
| Tugʻilgan joyi: | Syzran, Kuybishev viloyati, Rossiya SFSR, SSSR |
| Unvoni: | grossmeyster (1991) Xalqaro shaxmat ustasi (1989) SSSR sport ustasi (1978) |
| Maksimal reytingi: | 2610 (1994-yil iyul) |
| Hozirgi reytingi : | 2478 |
Valeriy Aleksandrovich Loginov (1955-yil 13-dekabr yoki 1942-yilda tugʻilgan, Syzran, Kuybishev viloyati) — rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster (1991), murabbiy.
Tarjimai holi
| ]Leningrad sellyuloza va qogʻoz sanoati texnologik institutini tamomlagan. 1978-yildan buyon SSSR sport ustasi sifatida faoliyat yuritadi.
Uch marta Oʻzbekiston SSR chempioni boʻlgan. Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan koʻplab chempionatlarda qatnashgan, uch marta (2000, 2004 va 2005-yillarda) shahar chempioni boʻlgan. 1989-yildan xalqaro shaxmat ustasi, 1991-yilda grossmeyster unvonini olgan.
Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida ikki marta Butunjahon shaxmat olimpiadasida qatnashgan, 1992-yilda kumush medal sovrindori boʻlgan. Xodjayev xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan oʻyinda 2-oʻrinni egallagan (1980, 1983). Xalqaro musobaqalarda: Berlin (1988) - 1-3-oʻrinlar; Stara-Zagora „B“ (1989) - 1-2-oʻrinlar; Budapesht (1991) - 1-oʻrin; Sankt-Peterburgning „Oq tunlar“ festivalida (1999) - 1-oʻrinni egallagan. Budapeshtdagi „First Saturday“ seriyasidagi turnirlarda bir necha bor gʻolib boʻlgan.
Sankt-Peterburgning SDYUSSHOR shaxmat maktabining katta murabbiyi lavozimida ishlaydi. Sankt-Peterburg shaxmat federatsiyasi murabbiylar kengashi raisining oʻrinbosari.
Manbalar
| ]- „OlimpBase“. 2018-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-fevral.
Adabiyotlar
| ]- Шахматы: энциклопедический словарь / гл. ред. А. Е. Карпов. — М.: Советская энциклопедия, 1990. — С. 609. — 621 с. — 100 000 экз. — ISBN 5-85270-005-3.
- Shaxmatchilar
- Oʻzbekiston shaxmatchilari
- Yashayotgan insonlar
- 1955-yilda tugʻilganlar
- 13-dekabrda tugʻilganlar
- Shaxmat grossmeysterlari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Valeriy Loginov haqida, Valeriy Loginov nima? Valeriy Loginov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!