Vasiliy Yepishin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vasiliy Mixaylovich Yepishin
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 14-iyul 1907-yil
Tavallud joyi Sreznevo, Ryazan guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafot sanasi 31-dekabr 1981-yil(1981-12-31)
(74 yoshda)
Vafot joyi Moskva, RSFSR, SSSR
Boʻyi 172 sm
Ampluasi himoyachi
Laqabi Mixalich
Vazni 70 kg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1924−1929 Krasnoye Perovo
1930 Viborg Metalist
1931 Dinamo (Leningrad)
1932 Krasnaya Zarya
1933 ZiS Moskva
1933 Dinamo Kiyev
1934 Dinamo (Leningrad)
1934−1935 ZiS Moskva
1936−1938 Torpedo 23
1939 Burevestnik 15 (2)
Boshqargan klublari
1947
1950−1951
Torpedo (Ulyanovsk)
Burevestnik (Kishinyov)
1952 Dinamo (Smolensk)
1956−1958 Torpedo (Vladimir)
1958−1960 Spartak (Stanislav)
1960 Tekstilshchik (Smolensk)
1961 Spartak (Smolensk)
1963 Progress (Zelenodolks)
1964 Torpedo ( Lipetsk)
1965−1966 Amur ( Blagoveshchensk)
1967 Sogdiana (Samarqand)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vasiliy Mixaylovich Yepishin (1907-yil 14-iyul, Sreznevo qishlogʻi, Ryazan guberniyasi, Rossiya imperiyasi — 1981-yil 31-dekabr, Moskva, RSFSR, SSSR) — sovet futbolchisi, murabbiy. SSSR sport ustasi, himoyachi ampluasida oʻynagan.

Tarjimayi holi

| ]

Vasiliy Yepishin 1907-yil 14-iyulda Ryazan guberniyasi, Srezevo qishlogʻida tugʻilgan. Klublar oʻrtasidagi SSSR chempionatlari boshlanishidan oldin Yepishin Perovoning „Krasnoye Perovo“ (1924−1929), Leningradning „Viborg Metalist“ (1930), Leningradning „Dinamo“ (1931, 1934), „Krasnaya Zarya“ (1932), ZiS Moskva (1933, 1934−1935), Dinamo Kiyev (1933) futbol klubi jamoalarida hamda Ukraina SSR futbol terma jamoasida oʻynagan.

SSSR chempionatida 1936−1938 yillarda Moskvaning „Torpedo“ jamoasida oʻynagan, 1938-yilgi chempionatda 4 ta oʻyin oʻtkazgan, soʻnggi ikki mavsumda jamoa sardori boʻlgan. 1939-yilda chempionatning „B“ guruhida Moskvaning „Burevestnik“ klubi tarkibida 15 ta oʻyinda ikkita gol urdi, shundan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,Qizil Yulduz ordeni (1945-yil 19-may) va „Jasurlik uchun“ medali (1944-yil 15-yanvar), „Moskva mudofaasi uchun“ medali, „Stalingrad mudofaasi uchun“ medali bilan taqdirlangan. Vasiliy Yepishin 615 va 229-alohida avtotransport batalyonlarida, shuningdek, Belorussiya fronti artilleriya qoʻmondoni general-polkovnik Vasiliy Kazakovning shaxsiy haydovchisi sifatida xizmat qilgan.

Ulyanovskning „Torpedo“ (1947), Kishinyovning „Burevestnik“ (1950−1951), Smolenskning „Dinamo“ (1952), Vladimirning „Torpedo“ (1956−1958), Stanislavning „Spartak“ (1958−1960), Smolenskning „Tekstilshchik“ (1960), Smolenskning „Spartak“ (1961), Zelenodolksning „Progress“ (1963), Lipetskning „Torpedo“ (1964), Blagoveshchenskning „Amur“ (1965−1966), Samarqandning „Sogdiana“ (1967) futbol klubi jamoalarida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. Futbolchilar orasidagi laqabi Mixalich boʻlgan. 1981-yil 31-dekabrda Moskvada vafot etgan.

Manbalar

| ]
  1. „Епишин Василий“. 2023-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  2. „Vasiliy Epishin“. 2024-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  3. „Епишин Василий Михайлович“. 2021-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  4. „О тех, кому рукоплещет стадион“ (rus tilida) (2017-yil 23-yanvar). 2023-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  5. „Епишин Василий Михайлович“. 2023-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  6. „Епишин Василий Михайлович 1907г.р.“. 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Vasiliy Yepishin haqida, Vasiliy Yepishin nima? Vasiliy Yepishin nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan