Ahmad Ubaydullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ahmad Ubaydullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ahmadjon Inoyatovich Ubaydullayev
Tavallud sanasi 18-oktyabr 1954-yil (1954-10-18) (71 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 1.87 m (6 ft 1 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1971—1976 Paxtakor 0 (0)
1976—1977 Dinamo Samarqand - (1)
1978—1979 Paxtakor 42 (0)
1981 Boʻston Jizzax 6 (0)
1981—1982 SKA-Khabarovsk 38 (2)
1983 Zvezda Jizzax 23 (0)
1987 Umid Keles 17 (-)
Boshqargan klublari
1991 Umid Toshkent (texnik direktor)
1992–1993 Paxtakor (yordamchi)
1994–1996 Dinamo Samarqand
1999 Paxtakor (yordamchi)
2007–2009 Oʻzbekiston U-20
2010 Oʻzbekiston U-23
2011 Dinamo Samarqand
2013-2016 Metallurg (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 27-mart uchun)

Ahmadjon Inoyatovich Ubaydullayev (1954-yil 18-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2009-yil Oʻzbekiston U20 terma jamoasi murabbiyi sifatida 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Ubaydullayev professional faoliyatini 1971-yil Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibida boshlagan. Patxakor klubida olti mavsum davomida oʻynagan va asosan oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 1976-yilgi mavsumning yozida Samarqandning „Dinamo“ klubi tarkibiga oʻtgan. 1978-yili Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga qaytgan va ikki mavsum davomida 42 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1981-yilda Jizzaxning „Boʻston“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 1981—1982-yillarda SKA Xabarovsk klubi safida oʻynagan. 1983-yilda Ubaydullayev Jizzax klubiga qaytgan va bu orada jamoa oʻz nomini Zvezda Jizzax deb oʻzgartirgan edi. 1984-yilgi mavsumni Kosonsoyning „Kosonsoy“ klubida boshlagan va oʻsha yerda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

| ]

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. 1991-yilda Toshkentning „Umid“ klubi texnik direktori lavozimida ishlagan. 1992-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida yordamchi murabbiy sifatida qatnashgan. 1994-yildan 1996-yil iyunigacha Toshkent MHSK jamoasini boshqargan.

1999-yil boshida „Paxtakor“ klubiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan va 1999-yilning may oyigacha boshqargan. 2007-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida taklif qilingan, 2007-yilgacha jamoani boshqargan. U boshchiligidagi jamoa 2008-yilda 19 yoshgacha boʻlgan Osiyo vitse-chempionligini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik esa Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasini boshqargan. 2011-yil 25-iyun kuni Samarqandning „Dinamo“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan.

Yutuqlar

| ]
Oʻzbekiston U-19
  • AFC U-19 Osiyo chempionati 2008: ikkinchi oʻrin

Individual

| ]
  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi: 2008

Manbalar

| ]
  1. uz-football: Statistika i novosti uzbekskogo futbola –
  2. Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu vstretitsya s komandoy Baxreyna – IA REGNUM
  3. „UzDaily.uz: Axmad Ubaydullaev vozglavil samarkandskoe „Dinamo““. 2016-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.

Havolalar

| ]
  • Ahmad Ubaydullayev[sayt ishlamaydi] Soccerway saytida
  • Ahmad Ubaydullayev Footballfactsru saytida
  • Ahmad Ubaydullayev Soccerpunter profili

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ahmad Ubaydullayev haqida, Ahmad Ubaydullayev nima? Ahmad Ubaydullayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan