Vladimir Gordlevskiy

Vladimir Aleksandrovich Gordlevskiy [1876.25.9(7.10), Sveaborg — 1956.10.9, Moskva] — rus sharqshunosi, turkiyshunos; akademik (1946). Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1954), filologiya fanlari doktori (1934). Moskvadagi Lazarev nomidagi Sharq tillari instituti (1899) va Moskva universiteti (1904)ni tugatgan. Sharq tillari instituti (keyinchalik Moskva Sharqshunoslik instituti)da oʻqituvchi, professor (1907— 48), sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida boʻlim boshligʻi (1948—56). Asosiy ilmiy ishlari turk tili, adabiyoti, ogʻzaki ijodi, Turkiya tarixi, etnografiyasi va b. ga bagʻishlangan. G. "Turk tili grammatikasi" (1928) qoʻllanmasi muallifi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- 1876-yilda tugʻilganlar
- 1956-yilda vafot etganlar
- Rossiyalik sharqshunoslar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Vladimir Gordlevskiy haqida, Vladimir Gordlevskiy nima? Vladimir Gordlevskiy nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!