Vyacheslav Molotov

MOLOTOV (Skryabin) Vyacheslav Mixaylovich (1890, Kirov viloyati Nomensk shahri — 1986, Moskva) — SSSR siyosiy arbobi, Oktabr inqilobini amalga oshirishda faollik qilgan. 1918-yildan partiya va sovet idoralarida masʼul lavozimlarda ishladi: 1921-1957 yillarda partiya MK aʼzosi; Ukraina KP(b) MK kotibi (1920-21), VKP(b) MK kotibi (1921-30). 1930-41 yillarda SSSR XKS raisi, 1941-57 yillarda SSSR XKS (MS) raisining 1-oʻrinbosari, ayni vaqtda 1941—45 yillarda Davlat mudofaa komiteti raisi oʻrinbosari. 1939—49 va 1953—56 yillarda SSSR tashqi ishlar xalq komissari, tashqi ishlar vaziri. 1957-yildan Mongoliyada elchi. Iosif Stalinning yaqin safdoshlaridan biri. M. XX asrning 30—50-yillarining boshidagi ommaviy qatagʻonlarning faol tashkilotchilaridan hisoblanadi. 50-yillar oʻrtalarida Stalin shaxsiga sigʻinishning tanqidiga qarshi chiqdi. 1962-yildan keyin siyosiy faoliyatini toʻxtatgan.
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Diplomatlar
- Tojikiston SSR Oliy Sovetining 1-chaqiriq deputatlari
- Rossiya tashqi ishlar vazirlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Vyacheslav Molotov haqida, Vyacheslav Molotov nima? Vyacheslav Molotov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!