Xayrulla Hamidov
| Xayrulla Hamidov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 7-dekabr 1975-yil Toshkent |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Oʻzbekiston milliy universiteti (2007) |
| Turmush oʻrtogʻi | Dilnoza Hamidova |
| Mukofotlari | |
| Vikiiqtibosda Xayrulla Hamidovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Xayrulla Ubaydullayevich Hamidov (1975-yil 7-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi, futbol sharhlovchisi, jurnalist va shoir.
Biografiyasi
| ]1975-yil 7-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Chilonzor tumanidagi 163-oʻrta maktabda oʻqigan.
1997-yilda hozirgi Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 2000-yildan Abdurasul Abdullayev tashabbusi bilan tashkil topgan „Zakovat“ intellektual oʻyinida ishtirok eta boshlagan va jamoa sardori boʻlgan.
„Sport“ telekanali, „Chempion“ gazetasida sport sharhlovchisi boʻlgan. „Futbol plyus“, „FIFA“, „Shedevr“ loyihalari muallifi.
Uning sheʼr, esse va maʼruzalari omma orasida keng tarqalgan. Diniy-maʼrifiy „Xolislik sari“ radioeshittirishlari orqali mashhur boʻlgan. U asos solgan „Odamlar orasida“ gazetasi qisqa vaqtda Oʻzbekistonda eng koʻp sotiladigan nashrga aylangan, olti oydan soʻng turli sabablar bilan yopilgan.
2010-yil 22-yanvarda hibsga olingan. Jinoyat kodeksining 244-moddasi 1-bandi (jamoat xavfsizligi va tartibiga xavf soluvchi materiallarni tayyorlash va tarqatish) bilan ayblangan. Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyoʻl tumani sudining qarori bilan, „Jihodchilar“ guruhiga aʼzolikda ayblanib 6 yilga qamalgan. Sudda oʻziga qoʻyilgan ayblarni rad etgan. Jazoni Navoiy shahridagi 47-sonli muassasada oʻtagan. Qamoqda ijod bilan shugʻullanganini, juda koʻp tadbirlarda qatnashib asosan sheʼrlar oʻqiganini aytgan. Afv etishni soʻrab 4 marotaba Oʻzbekiston prezidentiga murojaat yoʻllagan. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Xayrulla Hamidovni hibsdan ozod etish talabi bilan Oʻzbekiston hukumatiga ochiq murojaatlar qilishgan. 2015-yil fevralda amnistiya munosabati bilan ozod etilgan.
2017-yil avgustda Oʻzbekiston Prezidenti topshirigʻi bilan „qora roʻyxat“dan chiqarilgan minglab oʻzbekistonliklardan biri.
2018-yilda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining „Madaniyat va maʼrifat“ telekanalida madaniy-badiiy dasturlar muharririyati bosh muharriri etib tayinlangan. Futbol boʻyicha 2018-yilgi jahon chempionatining sharhlovchilaridan biri boʻlgan.
2019-yildan buyon Uzreport TV telekanalida faoliyat yuritmoqda. Ayni vaqtda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining „Sport“ telekanali sharhlovchisi.
Shaxsiy hayoti
| ]Otasi – Ubaydulla Hamidov, pedagog boʻlgan. Onasi – Muqaddas Hamidova.
Oʻgʻli – Muhammad Ubaydullayev, futbolchi. AGMK futbol klubi darvozaboni.
Abdulla Qodiriyning „Oʻtkan kunlar“, Gabriel García Márquezning „Yolgʻizlikning yuz yili“ romanlarini, Muhammad Yusufning „Qora quyosh“ dostonini oʻqishni tavsiya qilgan. Sheʼriyat kechalarida qatnashib keladi.
Mukofotlari
| ]2025-yilda Shuhrat medali bilan mukofotlangan.
Manbalar
| ]- „XAYRULLO HAMIDOV (1975)“.
-
Zakovat intervyu. Xayrulla Hamidov: “Shayxning shogirdi” maqomiga mos emasman YouTubeda -
Zakovat. Xayrulla Hamidov jamoasi o‘yini (to‘liq o‘yin). 2001-yil YouTubeda - „«Nimanidir qo‘lga kiritish nimanidir yo‘qotish bilan bo‘ladi». Xayrulla Hamidov «UzReport TV»ga o‘tdi“.
- Abror Imomxo'jaev. „Moziyga qaytib... Poydevor (2-qism)“. championat.asia.
- „O'zbekistonda yana bir jurnalist – Xayrulla Hamidov qamoqqa olingan“.
- „Хайрулло Ҳамидов устидан маҳкама жараёни бошланди“.
- „Xayrullo Hamidov: Ozodlikka chiqqanim tushmasmi, deb o‘zimni chimchilab qo‘yyapman“.
- „Хайрулла Ҳамидов "қора рўйхат"дан чиқарилди“.
- „Xayrulla Hamidov: "Hammasi yaxshi, faqat sizni qattiq sog‘indim..."“.
- „Xayrulla Hamidov O‘zbekiston telekanallaridan birida bosh muharrir bo‘lib ishlaydi“.
-
Одамларнинг ғамгинлигидан ҳайратлангани YouTubeda - „Nima o‘qiymiz? Jurnalist Xayrulla Hamidov tavsiya qiladi“.
-
XAYRULLA HAMIDOV IJROSIDA AJOYIB SHE'R YouTubeda - „Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
Havolalar
| ]- Xayrulla Hamidov Telegram sahifasi
- Xayrulla Hamidov Facebook sahifasi
- Xayrulla Hamidov Instagram sahifasi
- Xayrulla Hamidov Twitter sahifasi
- @HAMIDOVLIVE-jk1uk
- 7-dekabrda tugʻilganlar
- 1975-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Shuhrat medali sohiblari
- Oʻzbekistonlik futbol sharhlovchilar
- Oʻzbekistonlik sport jurnalistlar
- Oʻzbekistonlik jurnalistlar
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Xayrulla Hamidov haqida, Xayrulla Hamidov nima? Xayrulla Hamidov nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!