Xorazmshohlar davlati

Xorazmshohlar imperiyasi (خوارزمشاهیان; Xorazmshohlar Anushteginiylar davlati yoki Xorazmshohlar saltanati) qisqacha Xorazm, forsiy madaniyatga ega, sunniy musulmon imperiyasi boʻlib, uning asoschilari turkiy mamluklardan kelib chiqqan edi. Xorazmiylar 1077-yildan 1231-yilgacha hozirgi Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Eronning katta qismini boshqarganlar. Ular dastlab Saljuqiylar imperiyasi va Qoraxitoylar (Gʻarbiy Liao sulolasi) vassallari sifatida, taxminan 1172-yildan boshlab esa to 1219—1221-yillardagi moʻgʻullar istilosigacha mustaqil hukmdorlar sifatida hukmronlik qilganlar.

Xorazmshohlar davlati
خوارزمشاهیان
Khwārazmshāhiyān

Tugatilgan
image
1097 — 1231


image


image
Poytaxti Koʻhna Urganch (1097—1212)
Samarqand (1212—1220)
Yirik shaharlari Koʻhna Urganch, Marv, Samarqand, Mashhad, Hirot, Kobul, Dehiston, Xiva, Dargan, Isfahon, Balx, Nishopur, Ray, Buxoro, Jand.
Til(lar)i turkiy (xorazmcha),
forscha, arabcha
Pul birligi Dinor
Maydoni 4 200 000 km² (1218)
Aholisi 20 000 000 (Turkiy xalqlar, eroniy xalqlar)
Boshqaruv shakli Monarxiya
Sulola Anushteginiylar
Horazmshox
Meros boʻlib oʻtishi
Saljuqiylar imperiyasi
Moʻgʻullar davlati

Davlatning tashkil topgan sanasi hamon munozarali hisoblanadi. Saltanatni boshqargan sulolaga dastlab Gʻarchiston hukmdorlarining turkiy quli, keyinchalik Saljuqiylar xizmatidagi mamluk boʻlgan Anushtegin (Gʻarachoy nomi bilan ham tanilgan) asos solgan. Biroq, Xorazmning qoʻshni davlatlardan mustaqilligini taʼminlagan shaxs Anushtegnning nabirasi Alouddin Otsiz (1127—1156 yillarda hukmronlik qilgan) boʻlgan.

Xorazmshohlar imperiyasi vaqt oʻtishi bilan Fors atrofidagi hududlarda eng qudratli davlatga aylandi. U Saljuqiylar va Gʻuriylar imperiyalarini magʻlub etib, hatto Abbosiylar xalifaligiga tahdid sola boshlagan. Taxminlarga koʻra, imperiya 3,6 million kvadrat kilometrdan 4, 2 million kvadrat kilometrgacha boʻlgan maydonni egallagan. Oʻzidan oldingi Saljuqiylar imperiyasiga oʻxshash tarzda tashkil etilgan bu davlatni asosan qipchoq turklaridan iborat ulkan otliq qoʻshin himoya qilgan. Xorazmshoh El Arson davridan (1156—1172) boshlab, Anushteginiylar Movarounnahr va Xurosonning barcha hududlarida dastlab Saljuqiylar va Qoraxitoylarningvassallari sifatida, keyinchalik esa mustaqil hukmdorlar sifatida XIII asrda Chingizxonning Xorazmga moʻgʻul bosqinigacha hukmronlik qilgan.

XII asr oxiri – XIII asr boshlariga kelib, Xorazmshohlar davlati musulmon Sharqining eng yirik va qudratli davlat birlashmasiga aylandi. Bu davlat oʻz ichiga markazi va poytaxti Gurganj (Koʻhna Urganch) boʻlgan Turkmanistonning butun hududini, shuningdek, hozirgi Oʻzbekistonning barcha yerlarini, zamonaviy Qozogʻiston, Afgʻoniston, Tojikiston va Qirgʻiziston, Eron, Iroq, Ozarbayjon hamda Suriya hududlarining bir qismini (jami taxminan 4,2 million kvadrat kilometr) qamrab olgan edi.

Xorazmshohlar imperiyasi moʻgʻullarning Markaziy Osiyoga bosqinidan oldingi soʻnggi turk-fors davlati edi. 1219-yilda moʻgʻullar oʻz hukmdori Chingizxon boshchiligida Xorazmshohlar davlatiga bostirib kirib, atigi ikki yil ichida uni toʻliq zabt etishga erishdilar. Moʻgʻullar imperiyadagi mavjud zaifliklari va ichki nizolardan foydalanib, eng boy shaharlarni qamal qildilar hamda talon-taroj qildilar. Ular mamlakat aholisini insoniyat tarixidagi eng qonli urushlardan birida shafqatsizlarcha qilichdan oʻtkazdilar.

Tarix

image
Xorazmshoh Turkmanlarning davlati xaritasi, 1210-yilda Sulton Alovuddin Muhammad davrida

XI asr va XII asrning birinchi yarmida Xorazm saljuqiylar davlati (Gʻaznaviylar davlati xarobalarida XI asrda tashkil topgan) tarkibiga kirgan. Xorazmning XI asrdagi yuksalishi turkiylar sulolasiga mansub xorazmshohlar siyosati bilan uzviy bogʻliq. Mazkur sulolaga saljuq amirining tashtdori Anushtegin asos solgan. Sulton hammomchilari mahkamasining sardori boʻlgan Anushtegin Garchoi Malikshoh (1072-1092 yy.) saroyida yuksak martabaga erishgan. U rahbarlik qilgan mahkama zimmasiga Xorazmni boshqarish ham yuklangan. 1077-yilda Malikshoh Anushtegin Garchoini Xorazmga noib etib tayinlaydi va Xorazmda Anushteginlar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Anushteginlar turkiylar sulolasidan boʻlib, oʻsha paytda, Osiyoda hukmronlik qilgan uch buyuk sulola: Anushteginlar, Saljuqiylar va Gʻaznaviylar bir negizdan kelib chiqqan. 1097-yilda Anushtegin vafot etgach, Xorazm noibi etib Ekinji ibn Qorachar tayinlanadi. Biroq u oʻsha yili noiblikdan chetlatilib, uning oʻrniga Anushteginning oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (1097-1127 yy.) qoʻyiladi. Garchi, u „Xorazmshoh“ unvonini tiklab, shu nom bilan ulugʻlansa ham Saljuqiylarning sadoqatli noibi boʻlib qoldi. Qayta tiklangan xoramshoh mansabiga sazovor boʻlgan Anushtegin nabirasi Otsiz Xorazm mustaqilligi yoʻlida astoydil harakat qilgan. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) saljuq sultoni Sanjarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mugʻombir diplomat va qatʼiy sarkarda boʻlib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi, u oʻz hukmdori Sanjarning ruxsatisiz qipchoqlar va turkmanlarga qarshi urush boshlaydi. 12-asrning boshida Oʻrta Osiyoni sharq tomondan yangi istilochilar – qoraxitoylar bosib oladilar. Sulton Sanjar oʻzining yaqin qarindoshi boʻlgan samarqandlik qoraxoniylar xoni Mahmudga yordamga keladi. Qoraxitoylarga qarshi Samarqand yaqinida boʻlib oʻtgan jang Sanjarning toʻla magʻlubiyati bilan yakunlanadi. Xorazmshoh Otsiz Sanjarning magʻlubiyatidan ustalik bilan foydalanib 1141-yili Marvni ishgʻol etadi, 1142-yili esa Nishopurga yaqinlashadi. 1156-yili Otsiz vafot etadi va uning oʻgʻli Elarslon (1156-1172 yy.) xorazmiylar davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dixiston, Tus, Niso, Nishopur, Bistom, Sova, va Mashhadni sarhadlariga qoʻshib oladi 1168-yilid El Arslon qoʻshinlari Iroq Saljuqiylari Sultoni Arslonshoh qoʻshinlarini yengadi va Ray hujumdori Inonchixon Qazvin va Zanjon shaharlarini egallab Ray Qazvin va Zanjon shaharlarida Abulfath El Arslon Xorazmshoxga bogʻliqligini bildirib nomiga hutba oʻqitadi biroq 1169-yilda Inonchixon zaharlanib oʻldirilgach Sulton Arslonshoh Zanjon Qazvin va Ray shaharlarini qaytarib oladi. Elarslon oʻziga voris etib oʻgʻli Sultonshoh Mahmudni (1172-1193) tayinlaydi, biroq toʻngʻich oʻgʻli Takash ukasining hokimyatini tan olmay, unga qarshi kurash boshlaydi. Natijada toju-taxt uchun kurash boshlanadi, bu kurash 21 yil davom etib, unda Takash gʻolib keladi. Uning oʻgʻli Tekesh (1172-1200 yy.) 1187-yili Nishopurni, 1192-yili esa Marvni bosib oladi. 1194-yili gʻarbiy saljuqlar sultoni Tugʻrul III ibn Arslonshohni qaqshatqich magʻlubiyatga uchratib, Eronnni Fors Kirmonni toʻliq egallaydi va Iroqu-Ajamni yerlarini bir qismini ham egallab oladi. 1195-yili Tekesh abbosiy xalifa qoʻshinini tor-mor qilib, Iroqga bostirib kiradi. Oʻz mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat barpo etgan xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng isteʼdodli hukmdori deb eʼtirof etish mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga koʻrsatilgan homiylik boʻlgan. Qipchoqlar Tekesh rafiqasi xayriohligidan foydalanib davlat ishlariga koʻproq taʼsir koʻrsatishga intilgan. Turkiy „qoʻmondonlar“ning davlat ishlariga oʻzboshimcha aralashuvi keyinchalik Tekesh oʻgʻli Muhammad zamonida Xorazm davlatining parchalanishiga sabab boʻlgan. Alovuddin Muhammad (1200-1220) davrida mamlakat hududi yanada kengadi. 1210-yilda Movarounnahrni Qoraxitoylardan tortib oladi. Uning davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin, mamlakat ich-ichidan yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham ichki nizolar avj olib, ularning boshida Turkon Xotun va qipchoqlar turgan. Sulton saroyidagi bunday nizolardan foydalangan moʻgʻullar 1219-1221-yillarda mamlakatning asosiy qismini bosib oladilar. Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi (1220-1231 yy.) 11 yil davomida Hindiston, Eron va Ozarbayjon hududlarida moʻgʻullarga qarshi mardonavor kurash olib boradi. 1231-yil avgustda Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonda halok boʻlgach, 154-yil hukmronlik qilgan Anushteginlar sulolasining hukmronlik davri tugaydi.

Keyinchalik Xorazmshohlar davtlati Saljuqiylar va Gʻuriylar davlatlarini magʻlub etib, Fors tuproqlaridagi eng qudratli hamda ulkan sarhadlarga ega davlatga aylandi. Hattoki Abbosiylar xalifaligiga ham xavf sola boshladilar. Manbalarga koʻra, 13-asr boshlarida Xorazmshohlar davlati Islom olamidagi eng qudratli davlat hisoblangan. Hisob-kitoblarga koʻra, davlat hududi 4.2 million kvadrat kilometrdan to 4.5 million kvadrat kilometergacha choʻzilgan boʻlib, mazkur ulkan sarhad davlatning tarixdagi buyuk imperiya sifatida shakllanishiga imkon bergan. Saljuqiylardan andoza olib shakllangan bu davlat asosan Oguz va Bijanak turklaridan tarkib topgan ulkan harbiy boʻlinma tomonidan idora etilgan.

Moʻgʻul bosqinchilariga qarshi urush

image
Muhammad II ning oltin dinori

Xorazmshohlar

Xorazmshohlar
Ism Hukmronlik yillari Tituli
Ekinchi 1097 Xorazmshoh
Anushteginiylar sulolasi
Qutbiddin Muhammad I 1097—1127 Xorazmshoh
Alovuddin Otsiz 1127—1138,
1139 – 1156
Xorazmshoh mustaqillikka erishib, turkmanlarni, qipchoqlarni, Sirdaryo quyi oqimini hamda Mangʻishloqni oʻz hukmronligi ostiga oldi.
Sulaymonshoh 1138—1139 Xorazmshoh
Tojiddin Il-Elarslon 1156—1172 Xorazmshoh
Jaloliddin Sultonshoh 1172 Xorazmshoh
Alovuddin Takash 1172—1200 Xorazmshoh
Alovuddin Muhammad II 1200—1220 Xorazmshoh
Jaloliddin Manguberdi 1217—1220
1220 – 1231
Gʻazna, Bomiyon va Gʻur sultoni.
Xorazmshoh

Yana qarang

  • Eng buyuk 16 ta turkiy davlatlar
  • Xorazm
  • Sunniy sulolalar roʻyxati

Izohlar

Manbalar

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Grousset
  2. Васильева Г. П. Преобразование быта и этнические процессы в северном Туркменистане. — M.: Наука, 1969. Цитата: «…В XIII в., как писал А. Ю. Якубовский, „почти весь земледельческий Хорезм, в том числе и города, говорили по-гузски (по-туркменски)“».
  3. Ошанин Л. Антропологический состав населения Средней Азии и этногенез её народов. Часть 3. — Издательство Ереванского университета, 1959. Цитата: «В X в., к которому относятся сообщения арабских географов, тюрками, окружавшими Хивинский оазис, были туркмены…»
  4. Bobodzhan Gafurovich Gafurov. Central Asia: Pre-Historic to Pre-Modern Times. — Vol. 2. — Shipra Publications, 1989. — P. 359.
  5. Kathryn Babayan, Mystics, monarchs, and messiahs: cultural landscapes of early modern Iran, (Harvard Center for Middle Eastern Studies, 2003), 14.
  6. Халидов А. Б. аз-Замахшари // Ислам: энциклопедический словарь / Отв. ред. С. М. Прозоров. — М. : Наука, ГРВЛ, 1991. — С. 74-75. — 315 с. — 50 000 экз. — ISBN 5-02-016941-2.
  7. Rein Taagepera (September 1997). "Expansion and Contraction Patterns of Large Polities: Context for Russia". International Studies Quarterly 41 (3): 497. doi:10.1111/0020-8833.00053. http://www.escholarship.org/uc/item/3cn68807. Qaraldi: 2020-02-02. Xorazmshohlar davlati]]
  8. Andoza:Iranica
  9. "Khwarazmian". Khwarazmian. n.d.. http://www.merriam-webster.com/dictionary/khwarazmian. <!--->
  10. Зия М. Буниятов. Государство Хорезмшахов-Ануштегинидов: 1097-1231. Москва: Наука, 1986. 
  11. Станислав Николаевич Чернявский. [1]. 
  12. Bosworth, C. E.. History of Civilizations of Central Asia. UNESCO, 1998 — 164-bet. ISBN 978-92-3-103467-1. „"Mahm ̄ud and Masc ̄ud I of Ghazna had appointed Turkish slave commanders from their own army, Altuntash and his sons, as governors there with the ancient title of Khwarazm Shah." (...) "In order to secure these important regions, Malik Sh ̄ah had appointed the keeper of the royal washing bowls (tast-d ̄ar), his slave commander An ̄ush-tegin Gharcha’ ̄ı, as titular governor at least in Khwarazm. During Berkyaruk’s reign, the sultan appointed in 1097 another Turkishghul ̄am, Ekinchi b. Kochkar, with the historic title of KhwarazmShah. When, in that same year, Ekinchi was killed, Berkyaruk nominated in his stead An ̄ushtegin’s son Qutb al-D ̄ın Muhammad as governor, and Muhammad’s tenure of power there (1097–1127) inaugurates the fourth and most brilliant line of hereditary KhwarazmShahs"“ 
  13. C. E. Bosworth : Khwarazmshahs i. Descendants of the line of Anuštigin. In Encyclopaedia Iranica, online ed., 2009: "Little specific is known about the internal functioning of the Khwarazmian state, but its bureaucracy, directed as it was by Persian officials, must have followed the Saljuq model." Norman M. Naimark, Genocide: A World History (Oxford University Press, 2017), 20 "The Persian-speaking and Islamic Khwarezmian empire, which was founded in Central Asia south of the Aral Sea around its capital of Samarkand, and included such remarkable centers of trade and civilizations as Bukhara and Urgench, …"
  14. Rene Grousset, The Empire of the Steppes:A History of Central Asia, Transl. Naomi Walford, Rutgers University Press, 1991, p. 159.
  15. Biran, Michel, The Empire of the Qara Khitai in Eurasian history, (Cambridge University Press, 2005), 44.
  16. A.Yazberdiev. Gurgendj – srednevekoviy nauchniy i kulturniy sentr Vostoka – Ashxabad, Turkmenskaya gosudarstvennaya izdatelskaya slujba, 2018 g., s. 242—243
  17. Bosworth, C. E.. History of Civilizations of Central Asia. UNESCO, 1998 — 164-bet. ISBN 978-92-3-103467-1. „This dynasty eventually built up, as the Seljuq empire in the east tottered to its close, the most powerful and aggressively expansionist empire in the Persian lands, in the end defeating their rivals for control of Khurasan, the Ghurids of Afghanistan, threatening western Persia and Iraq and the Abbasid caliphate itself, and only disintegrating under the overwhelming military might of the Mongol invaders in the opening decades of the thirteenth century.“ 
  18. Turchin, Peter; Adams, Jonathan M.; Hall, Thomas D. (December 2006). "East-West Orientation of Historical Empires". Journal of World-Systems Research 12 (2): 222. ISSN 1076-156X. http://jwsr.pitt.edu/ojs/index.php/jwsr/article/view/369/381. Qaraldi: 12 September 2016. Xorazmshohlar davlati]]
  19. Taagepera, Rein (September 1997). "Expansion and Contraction Patterns of Large Polities: Context for Russia". International Studies Quarterly 41 (3): 497. doi:10.1111/0020-8833.00053. http://www.escholarship.org/uc/item/3cn68807. 
  20. Abulafia, David. The New Cambridge Medieval History: Volume 5, c. 1198–c. 1300, 2015 — 610-bet. 
  21. Rene Grousset, The Empire of the Steppes: A History of Central Asia, Transl. Naomi Walford, (Rutgers University Press, 1991), 159.
  22. Biran, Michel, The Empire of the Qara Khitai in Eurasian history, (Cambridge University Press, 2005), 44.
  23. З.Буниятов. „Государство Хорезмшахов-Ануштегинидов, 1097-1231“. Туркменистан: история Хорезма. Москва: Наука (1986). 2021-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-fevral.
  24. Rein Taagepera. Expansion and Contraction Patterns of Large Polities: Context for Russia(ingl.) // Andoza:Нп4. — 1997. — DOI:10.1111/0020-8833.00053. — JSTOR 2600793. Архивировано 19 noyabr 2018 года.
  25. Bosworth, C.E.. History of Civilizations of Central Asia (en). UNESCO, 1 January 1998 — 164-bet. ISBN 978-92-3-103467-1. „This dynasty eventually built up, as the Seljuq empire in the east tottered to its close, the most powerful and aggressively expansionist empire in the Persian lands, in the end defeating their rivals for control of Khurasan, the Ghurids of Afghanistan, threatening western Persia and Iraq and the Abbasid caliphate itself, and only disintegrating under the overwhelming military might of the Mongol invaders in the opening decades of the thirteenth century.“ 
  26. Turchin, Peter; Adams, Jonathan M.; Hall, Thomas D (December 2006). "East-West Orientation of Historical Empires". Journal of World-Systems Research 12 (2): 222. ISSN 1076-156X. http://jwsr.pitt.edu/ojs/index.php/jwsr/article/view/369/381. Qaraldi: 12 September 2016. Xorazmshohlar davlati]]
  27. Rein Taagepera (September 1997). "Expansion and Contraction Patterns of Large Polities: Context for Russia". International Studies Quarterly 41 (3): 497. doi:10.1111/0020-8833.00053. ISSN 0020-8833. http://www.escholarship.org/uc/item/3cn68807. 
  28. David Abulafia. The New Cambridge Medieval History: Volume 5, C.1198-c.1300, 2015 — 610-bet. 

Adabiyotlar

  • Babayan, K.. Mystics, monarchs, and messiahs: cultural landscapes of early modern Iran. Harvard Center for Middle Eastern Studies, 2003. 
  • Bosworth, Clifford Edmund (1978). "K̲h̲wārazm-S̲h̲āhs". in van Donzel, E.. Encyclopaedia of Islam. Volume IV: Iran–Kha (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. OCLC 758278456. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/khwarazm-shahs-SIM_4206. 
  • Bosworth, Clifford Edmund (1984). "Āl-e Maʾmūn". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 7. 762–764 b. https://www.iranicaonline.org/articles/al-e-mamun. 
  • Katouzian, Homa. Iranian History and Politics: The Dialectic of State and Society. Routledge, 2007. ISBN 978-0415297547. 
  • Kuznetsov, Andrew; Fedorov, Michael (2013). "Late Drachms of the Khwārazmshāh Azkājvār and Imitations of such Drachms". Iran: Journal of the British Institute of Persian Studies (Taylor & Francis) 51 (1): 145–149. 
  • Ziyo Bunyodov. Xorazmshohlar-Anushteginiylar davlati. 1097—1231.. М.: Fan, Sharq adabiyoti bosh muharriri, 1986. 
  • Bosworth, Clifford Edmund (1986). "Anuštigin Ĝarčāī". Encyclopaedia Iranica, Vol. II, Fasc. 2. p. 140. http://www.iranicaonline.org/articles/anustigin-garcai-slave-commander. 
  • Bosworth, Clifford Edmund (2008). "Khwarazmshahs i. Descendants of the line of Anuštigin". in Yarshater, Ehsan. Encyclopædia Iranica, Volume XIV: Isfahan IX–Jobbāʾi. London and New York: Routledge & Kegan Paul. ISBN 978-1-934283-08-0. https://www.iranicaonline.org/articles/khwarazmshahs-i. 
  • Almaz Yazberdiev: Gurganj – Sharqning oʻrta asrlardagi ilmiy va madaniy markazi – Ashxobod shahri, Turkmaniston davlat nashriyot xizmati, 2018-yil.
  • J. Allayorova. Xorazmshohlar-Anushteginiylar turkman davlatining siyosiy va iqtisodiy tarixi. – Ashxobod shahri, Turkmaniston davlat nashriyot xizmati, 2024-yil.

Havolalar

  • image Vikiomborda Khwarazmian Empire mavzusiga oid fayllar bor
  • Turkmaniston: Xorazm tarixi (Wayback Machine saytida 2023-12-05 sanasida arxivlangan)
  • Xorazmshohlar davlati islamansiklopedisi saytida




Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "note", but no corresponding <references group="note"/> tag was found

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Xorazmshohlar davlati haqida, Xorazmshohlar davlati nima? Xorazmshohlar davlati nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan