Xurshid Doʻstmuhammad
Xurshid Doʻstmuhammad (1951-yil 8-yanvar, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) – yozuvchi, jurnalist, Filologiya fanlari doktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Faoliyati
| ]Ish faoliyati
| ]1976-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 1973—1978-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti hamda 1978—1984-yillarda Fan va turmush jurnalida muharrir va boʻlim muharriri, 1984—1986-yillarda „Selskaya pravda“ – „Qishloq haqiqati“ gazetasida muxbir, 1986—1995-yillarda Yosh kuch jurnalida boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir kabi lavozimlarda, 1995—1997-yillarda Oʻzbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy fondining hamraisi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi oʻrinbosari, 1997—2002-yillarda „Hurriyat“ gazetasida bosh muharrir, 2005—2007-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari – qoʻmita raisi, 2008—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari, 2010—2015-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2020-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati hisoblanadi. 2015-yildan boshlab yozuvchi nafaqaga chiqqan. Hozirda erkin ijodkor sifatida ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda.
Ijodiy faoliyati
| ]Xurshid Doʻstmuhammad zamonaviy oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri hisoblanadi. Dastlabki kitobi – 1989-yilda „Hovli etagidagi uy“ nomi bilan nashrdan chiqqan. Shundan keyin yozuvchining „Panoh“, „Oromkursi“, „Soʻroq“, „Sof oʻzbekcha qotillik“, „Mahzuna“, „Ibn Mugʻanniy“, „Yolgʻizim – Siz“, „Koʻz qorachigʻidagi uy“ kabi asarlari, ayniqsa 1997-yilda nashrdan chiqqan „Jajman“ hikoyasi, shuningdek, 2000-yilda nashr etilgan „Hijronim mingdir mening“ qissa va hikoyalar toʻplami, „Yolgʻiz“ qissa va maqolalar toʻplami, „Bozor“ romani va boshqa asarlari adabiy jamoatchilik tomonidan yaxshi qabul qilingan. Yozuvchi shuningdek, qatagʻon qurbonlaridan birining fojiali taqdiriga bagʻishlangan „Hamid Aʼlamovning aytolmagan gaplari“ xotira essesi va 2002-yilda nashr qilingan „Jurnalist boʻlmoqchimisiz?“ nomli risolasi va shu yili chop qilingan „Chayongul“ kinossenariysi muallifi. 2014-yilda yozuvchining „Qichqiriq“, 2016-yilda esa „Donishmand Sizif“ romanlari nashrdan chiqdi.
Xurshid Doʻstmuhammad yapon adibi Ryūnosuke Akutagawa, ispan adibi Ignacio Aldecoa, shuningdek, Ales Juk, Boris Sachenko, Andrius Riuk kabi yozuvchilarning asarlarini oʻzbekchaga oʻgirgan. 2000-yilda uning ssenariysi asosida „Chayongul“ badiiy filmi yaratilgan.
Mukofotlari
| ]Adibning „Bozor“ romani, „Hijronim mingdir mening“ va „Ozod iztirob quvonchlari“ kitoblari 2000-yilgi „Ofarin“ mukofotiga sazovor boʻlgan. 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan „Ehtirom“ mukofoti topshirilgan. 1997-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan boʻlsa, 2006-yilda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan. 2020-yilda yozuvchiga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni topshirilgan.
Manbalar
| ]- https://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxat
- „«Bizdagi sun'iy demokratiya shaxslarni ham, erkin fikrni ham yo‘qotdi». Xurshid Do‘stmuhammad bilan suhbat“. kun.uz. Qaraldi: 13-iyun 2024-yil.
- „XURSHID DO‘STMUHAMMAD (1951)“. ziyouz.com. Qaraldi: 13-iyun 2024-yil.
-
„Xurshid Doʻstmuhammad“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (X-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
| Yozuvchi, shoir yoki dramaturgga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 8-yanvarda tugʻilganlar
- 1951-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Shuhrat medali sohiblari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari
- Yashayotgan insonlar
- Adiblar haqidagi chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Xurshid Doʻstmuhammad haqida, Xurshid Doʻstmuhammad nima? Xurshid Doʻstmuhammad nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!