Xurshid Muxtorov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Xurshid Alijon oʻgʻli Muxtorov | ||
| Tavallud sanasi | 13-sentyabr 1994-yil | ||
| Tavallud joyi | Guliston Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.89 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2012—2013 | Guliston | ? | (?) |
| 2014 | Lokomotiv U21 | 0 | (0) |
| 2015 | Qoʻqon 1912 | 2 | (0) |
| 2015 | Soʻgʻdiyona | 9 | (0) |
| 2016 | Lokomotiv | 1 | (0) |
| 2016—2018 | OKMK | 43 | (1) |
| 2018—2019 | Nasaf | 34 | (1) |
| 2020 | Navbahor | 20 | (0) |
| 2021—2022 | Lokomotiv | 36 | (2) |
| 2023 | Turon | 21 | (4) |
| 2024 | Neftchi | 8 | (0) |
| 2025 | FC Turan Turkiston | 11 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 1-iyun uchun) | |||
Xurshid Alijon oʻgʻli Muxtorov (ruscha: Хуршидбек Алижон оглы Мухторов; 13-sentyabr 1994-yil, Guliston, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, Turkistonning „Turan“ jamoasida himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
| ]Xurshid futbolchilik faoliyatini Sirdaryo futbol maktabida boshlagan. 2012-yilgi mavsumda ilk professional faoliyatini Sirdaryoning „Guliston“ klubi tarkibida boshlagan. Xurshid oʻzining baland boʻyi va himoyada tezkor harakat qilishi sababli Vadim Abramov eʼtiboriga tushgan va 2014-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ bilan shartnoma imzolgan va mavsumni temiryoʻlchilar jamoasida boshlagan. Tarkibdagi raqobat sabali asosan yoshlar jamoasi tarkibidagi oʻyinlarida ishtiroj etgan. 2015-yilgi mavsumda „Qoʻqon 1912“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Qoʻqon jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida asosiy tarkibdan oʻrin ololmagan va mavsum ikkinchi yarmida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ tarkibida oʻtkazgan. Mavsum qolgan qismida jizzaxliklar tarkibida 9 ta oʻyinda ishtirok etgan.
2016-yilgi mavsum oldidan „Lokomotiv“ jamoasi tarkibiga qaytdi. Toshkent ikkinchi tashrifi vaqtida tarkibdagi raqobat sabab asosiy jamoa tarkibidan oʻrin olmadi va yarim mvasum davomida 1 ta oʻyinda ishtirok etgan. Mavsum ikkinchi yarmida temiryoʻlchilar bilan shartnomani bekor qilghan va Olmaliqning „OKMK“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Olmaliqlik tarkibida 2 yilga yaqin vaqt davomida oʻynadi va 50 yaqib oʻyinda 1 ta gol muallifi boʻlgan.
2018-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida „OKMK“ tarkibidan Qarshining „Nasaf“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Qarshi klubi tarkibi bir yarim mavsum davomida oʻynadi va 40 ga yaqin oʻyinda 1 ta gol muallifiga aylandi. 2020-yilgi mavsum oldidan Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yilgi mavsumda ikkinchi bor „Lokomotiv“ jamoasiga qaytdi va ikki mavsum davomida oʻynadi. Xurshid bu safar jamoaning asosiy tarkib aʼzolaridan biriga aylandi va ikki yil davomida 40 dan oshiq oʻyin oʻtkazda, 2 ta gol muallifiga aylandi.
2023-yilgi mavsum oldidan „Lokomotiv“ jamoasini tark etdi va Yaypanning „Turon“ klubi tarkibiga oʻtdi. Yaypan jamoasi tarkibida faoliyatidagi eng sermahsul mavsumini oʻtkazdi. Himoyachi boʻlishiga qaramay mavsum davomida 25 ta oʻyinda ishtirok etdi hamda 5 ta gol va 1 ta gol hammualliflik qildi. Mavsum yakunida „Turon“ jamoasi bilan shartnomasi yakuniga yetganidan soʻng, yangi mavsum oldidan „Neftchi“ jamosi ygʻginlarida ishtirok etga. 2024-yil yanvar oyida Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
2025-yilgi mavsum oldidan „Neftchi“ jamoasini tark etgan va Qozogʻistonning „Turon Turkiston“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Yutuqlar
| ]- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2014
- Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2014
- Oʻzbekiston Superkubogi ikkinchi oʻrin: 2014
Manbalar
| ]- „"Lokomotiv" Xurshid Muxtorovni "Olmaliq"qa ijaraga berdi“ (2016-yil 12-iyul).
- „"Насаф"ни яна бир футболчи тарк этди“ (2020-yil 6-yanvar).
- „Rasman: "Nasaf" himoyachisi "Navbahor"ga o'tdi“ (2020-yil 6-yanvar).
- „Хуршид Мухторов “Навбаҳор”ни тарк этди“ (2021-yil 13-yanvar).
- „Xurshid Muxtorov - Lokomotiv futbolchisi“ (2021-yil 12-yanvar).
- „DETAILED STATS OF KHURSHIDBEK MUKHTOROV“.
- „Muxtorov Superligada 3 yildan so'ng gol urdi. Holmuhammedov qaytdi. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan 9ta fakt“ (2022-yil 12-may).
- Muxtorov "Lokomotiv"dan ketdi „Xurshid Muxtorov "Lokomotiv"dan ketdi“ (2022-yil 7-dekabr).
- „Rasman: Xurshid Muxtorov - "Turon" futbolchisi!“ (2022-yil 22-dekabr).
- „Rasman: "Neftchi" "Nasaf" va "Navbahor" jamoalari sobiq azosi bilan shartnoma imzoladi“ (1-aprel).
- „Хуршид Мухторов «Нефтчи» билан шартнома имзолади“.
- „Хуршид Мухторов легионерга айланди“ (2025-yil 19-iyul).
Havolalar
| ]- Xurshid Muxtorov (Wayback Machine saytida 2024-01-27 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida
- Xurshid Muxtorov Transfermarkt saytida
- Xurshid Muxtorov Soccerway saytida
- 13-sentyabrda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- Gulistonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Sirdaryo viloyati kishilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Guliston klubi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Turon klubi futbolchilari
- FC Turan futbolchilari
- Persik Kediri futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Qozogʻistondagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar
- Indoneziyadagi muhojir erkak futbolchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Xurshid Muxtorov haqida, Xurshid Muxtorov nima? Xurshid Muxtorov nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!