Dilshod Muxtorov
- Vikipediyada ismi Dilshod va familiyasi Muxtorov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Dilshod Muxtorov | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | erkak |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 1-aprel 1975-yil Toshkent, OʻzSSR |
| Mukofotlar | |
| Sport | |
| Qaysi sport | Mergan |
Dilshod Tohirovich Muxtorov (1975-yil 1-aprel, Toshkent, OʻzSSR) – mergan, xalqaro miqiyosdagi sport ustasi (1997). „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). Atlanta (AQSH)da boʻlib oʻtgan jahon kubogi musobaqasida (2001) kichik kalibrli toʻpponcha (MP)dan 50 m masofada oʻq uzishda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Muxtorov Oʻzbekiston milliy universitetining amaliy matematika fakultetini tugatgan (1997). 1997-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Kibernetika“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi institutining ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan. Muxtorov Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni (1990-1992, 1994, 1997, 1999-2002), 1995—1999-yillarda Markaziy Osiyo oʻyinlari gʻolibi, 1998-yili Bangkokda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida kumush medali sovrindori. Bundan tashqari, bir necha xalqaro turnirlarda (1991, Lvov, 1-oʻrin; 1991, Minsk, 2-oʻrin; 1999, Atlanta, 2-oʻrin), Olimpiada musobaqalarida (2000, Sidney, 5-oʻrin) muvaffaqiyatga erishgan.
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekistonlik sportchi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 1-aprelda tugʻilganlar
- 1975-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Oʻzbekistonlik sportchilar haqidagi chala maqolalar
- O‘zbekiston oʻqchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Dilshod Muxtorov haqida, Dilshod Muxtorov nima? Dilshod Muxtorov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!