Yelizaveta Bikova
Ushbu sahifani Elisaveta Bykova bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
| Yelizaveta Ivanovna | |
| Yelizaveta Bykova Ivanovna | |
![]() | |
| Tugʻilgan sanasi: | 4 November 1913 |
| Tugʻilgan joyi: | Bogolyubovo, Vladimir Viloyati, Rossiya Imperiyasi |
| Vafot sanasi: | 8-mart 1989-yil (75 yoshda) |
| Vafot joyi: | Moskva SSSR |

Yelizaveta Ivanovna Bikova (1913-yil 4-noyabr, Bogolyubovo qishlogʻi, hozirgi Vladimir viloyati — 1989-yil 8-mart, Moskva) shaxmat boʻyicha tarixda uchinchi jahon chempioni (1953-56, 1958-62), xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1953), xalqaro grossmeyster (1976). Iqtisodchi. Jurnalist.
Biografiyasi
| ]U katta dehqon oilasida tugʻilgan (oʻn uchta boladan, faqat uchtasi tirik qolgan).
Boshlangʻich maktabni tugatgach, u Moskvaga akasi Vasiliyning oldiga koʻchib oʻtdi. U yerda birinchi marta shaxmat bilan tanishdi va 14 yoshida u maktab musobaqalarida qatnashdi. U Sergey Belavenets va Nikolay Ryuminlar bilan mashgʻulot oʻtkazgan. 1935-yilni Yelizaveta Bikovaning shaxmat tarjimai holining boshlanishi deb hisoblash mumkin.
U Moskva chempionatida birinchi muvaffaqiyatiga 1937-yil erishgan, oʻshanda u 3-oʻrinni oʻziniki qilgan. Keyinchalik u olti karra Moskva chempioni (1938-52-yillarda) va uch karra SSSR chempioni (1947, 1948, 1950) boʻlgan.
Ulugʻ Vatan urushi yillarida u matbaa korxonalarida ishlay boshladi, Moskva kasalxonalarida shaxmat oʻyinlari boʻyicha maʼruzalar oʻqidi, uning tashabbusi bilan shaxmatchilar kasalxonaga homiylik qilishgan.
1951-1961-yillarda Yelizaveta Bikovaga Odessa murabbiyi Efim Kogan ustozlik qilgan.
1953-yilda u jahon chempionligi uchun Lyudmila Rudenkoga qarshi bahsda 8:6 hisobida zafar quchgan. 1950-yillarning oxiri — 1960-yillarning boshlarida Moskvada u jahon chempionati uchun uchta oʻyin oʻtkazgan (1958 va 1960-yillarda Olga Rubtsova va Kira Zvorykina ustidan gʻalaba qozongan). 1962-yil oktabr oyida u Moskvada shaxmat tojini Nona Gaprindashviliga boy berdi -umumiy hisob 2:9 boʻlgan.
U 1970-yillarning oxirigacha Moskva turnirlarida qatnashgan.
U Xovanskiy qabristoniga dafn qilingan.
Mukofotlari
| ]- „Shon-sharaf belgisi“ ordeni.
- Bogolyubovoning faxriy fuqarosi.
Xotirasi
| ]2012-yilda Vladimirda „Yelizaveta Bikova xotirasi“ tashabbus guruhi tashkil etilgan, uning maqsadi Bogolyubovo qishlogʻida shaxmatchining haykalini oʻrnatishdan iborat.
2013-yil FIDE tomonidan Yelizaveta Biykova yili deb eʼlon qilingan.[manba kerak]
Kitoblar
| ]- „arxiv nusxasi“. 2022-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Yelizaveta Bikova haqida, Yelizaveta Bikova nima? Yelizaveta Bikova nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!