Zanjilar qoʻzgʻoloni
Zanjilar qoʻzgʻoloni - Sharqiy afrikalik qullar (zanjilar)n]lnt Iroq va Xuzistondagi qoʻzgʻoloni (869— 883). Yetakchisi va nazariyotchisi — shia mazhabi targʻibotchisi Ali ibn Muhammad. Qoʻzgʻolonchi qullarga mahalliy dehqonlar va badaviylarning tamim qabilasi ham qoʻshilgan. Qoʻzgʻolonchilar tez orada Obolla, Obodon, Ahvoz, Basra sh.larini egallagan. Ular quldorlar va nazoratchilarni oʻldirib, shaharliklarning mollarini talaganlar, afrikalik qullarni ozod qilganlar. Zanjilar Jan. Iroq va Xuzistonda oʻz davlatlarini tuzib, Bagʻdodga tahdid solganlar. Ammo, ayrim qullar quldorga aylanib, tinch aholini ham talagan. Natijada dehqonlar qoʻzgʻolondan chetlashgan. Xalifalik askarlari zanjilar poytaxti Muxtarani 3 yil qamal qilib qoʻlga kiritgan. 3. q. shafqatsizlik bilan bostirilgan, zanjilar qaytadan qullikka solingan.
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Zanjilar qoʻzgʻoloni haqida, Zanjilar qoʻzgʻoloni nima? Zanjilar qoʻzgʻoloni nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!