Al-Mustansir II

Abul-Qosim Ahmad al-Mustansir (arabcha: أبو القاسم أحمد المستنصر‎; taxminan 1210–1261-yil 28-noyabr) – Qohirada hukmronlik qilgan, Mamluklar sultonligiga boʻysungan birinchi Abbosiy xalifa. 1261-yil iyun oyidan 1261-yil 28-noyabr oyiga qadar hukmronlik qilgan.

Al-Mustansir II
Qohiraning 1-xalifasi
Hukmronlik 1261-yil 13-iyun – 1261-yil 28-noyabr
Oʻtmishdoshi Al-Mustaʼsim
(Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiy xalifalar kabi)
Davomchisi Al-Hakim I
Otasi Az-Zohir
Onasi Hayot
Dini Islom, sunniylik

Hayoti

Abul-Qosim Ahmad Abbosiylar sulolasi aʼzosi boʻlib, Bagʻdodda jiyani, xalifa al-Mustaʼsim tomonidan qamoqqa tashlangan. 1258-yilda moʻgʻullar Bagʻdodni talon-taroj qilganidan soʻng u sahrodagi arab qabilalarining oldiga qochib ketgan va u yerda 1260-yilda moʻgʻullar Suriyadan quvib chiqarilgunga qadar 3 yildan koʻproq vaqt davomida yashirinib yurgan. Soʻngra Misrning Qohira shahriga yoʻl olib, 1261-yilda Mamluk sultoni Baybars I tomonidan xalifa etib tayinlangan. Oradan vaqt oʻtib, Bagʻdodni qutqarish maqsadida al-Mustansir qoʻshin bilan sharqqa yuborilgan. 1261-yilda al-Anbar (hozirgi Iroqning Falluja shahri) yaqinida moʻgʻullar tomonidan al-Mustansirning qoʻshiniga pistirma qoʻyilgan va al-Mustansir oʻldirilgan. Oradan maʼlum vaqt oʻtib, uning oʻrniga Abbosiylarning ancha uzoq qarindoshi, sobiq xalifa al-Hakim I xalifa deb eʼlon qilingan. Al-Hakim Abbosiylar sulolasidan biror kishining toʻgʻridan-toʻgʻri ajdodi boʻlmasa ham 1517-yilda Usmoniylar davlati Misrni zabt etguniga qadar Ahmad al-Mustansir asos solgan Qohira xalifalari avlodi Qohirada hukmronlik qilishda davom etgan. Biroq shunday boʻlsa-da, Qohira xalifalari Mamluklar uchun yuqori ahamiyatga ega boʻlgan shaxslar emas, balki shunchaki diniy arboblar edi, xolos.

Adabiyotlar

  • Amitai-Preisss, Reuven. Mongols and Mamluks: The Mamluk-Ilkhanid War, 1260-1281. Cambridge: Cambridge University Press, 1995. Pp. 56–60, 62.
  • Garcin, Jean-Claude (1967). "Histoire, opposition, politique et piétisme traditionaliste dans le Ḥusn al Muḥādarat de Suyûti" (French) (PDF, 14.62 MB). Annales Islamologiques (Institut Français d'Archéologie Orientale) 7: 33–90. doi:10.3406/anisl.1967.909. Archived from the original on 2011-07-24. . Qaraldi: 2010-07-22. 
  • Glubb, John Bagot. Soldiers of Fortune: The Story of the Mamlukes. New York: Dorset Press, 1988. Pp. 66, 73–75.
  • Holt, P. M. „al-Mustansir (II).“ The Encyclopaedia of Islam. 2nd ed. Vol. VII. P. 729.
  • Holt, P. M. (1984). "Some Observations on the 'Abbāsid Caliphate of Cairo". Bulletin of the School of Oriental and African Studies (University of London) 47 (3): 501–507. doi:10.1017/s0041977x00113710. 

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Al-Mustansir II haqida, Al-Mustansir II nima? Al-Mustansir II nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan