Al-Mustansir Billoh
| Al-Mustansir billoh المستنصر بالله | |
|---|---|
![]() Al-Mustansirning oltin tangasi, 1055-yilda Misrda zarb qilingan. | |
| Fotimiylar xalifaligining 8-imom-xalifasi | |
| Saltanat | 1036-yil 13-iyun – 1094-yil 29-dekabr |
| Oʻtmishdoshi | Az-Zahir li-Iʼzaz dinillah |
| Davomchisi | Al-Mustaʼliy |
| Tugʻilishi | 1029-yil 2-iyul Qohira, Fotimiylar xalifaligi |
| Vafoti | 1094-yil 29-dekabr Fotimiylar xalifaligi |
| Farzandlari |
|
| Sulola | Fotimiylar xalifaligi |
| Otasi | Az-Zahir li-Iʼzaz dinillah |
| Onasi | Rasad |
| Dini | Islom dini shialik mazhabi |
Abu Tamim Maʼad al-Mustansir Billoh (arabcha: أبو تميم معد المستنصر بالله; 1029-yil 2-iyul – 1094-yil 29-dekabr) 1036-yildan 1094-yilgacha hukmronlik qilgan sakkizinchi Fotimiy xalifasi. Musulmon hukmdorlar orasida eng uzoq hukmronlik qilganlardan biri. Uning hukmronligi Fotimiylar xalifaligining soʻnggi davri edi. Dastlabki yillarda Anushtakin, al-Jarjaroiy va keyinchalik al-Yazuriy kabi malakali amaldorlar davlatni boshqarishda davom etdilar va al-Mustansir hukmronligining ilk yigirma yilligi taraqqiyot davri boʻldi. Ammo al-Yazuriyning oʻldirilishi ortidan saroyda turk hamda berberlar va sudanlik guruhlar oʻrtasida keskin toʻqnashuvlar boshlandi. Bu jarayon Misrdagi tabiiy ofatlar hamda Misrdan tashqaridagi Fotimiylar mulklarida markaziy hokimiyatning zaiflashgan paytga toʻgʻri keldi. Natijada, 1060-yillarda Fotimiylar davlati butunlay qulab tushish xavfiga yuz tutdi. 1073-yilda arman lashkarboshi Badr al-Jamoliy vazir etib tayinlangach, vaziyat barqarorlashdi. U xalifa al-Mustansir nomidan mamlakatni boshqara boshladi va amalda davlatning mutlaq hukmdoriga aylandi.
Xalifa al-Mustansir Billoh Ismoiliylar harakati ikkiga boʻlinib ketishidan oldingi soʻnggi imom edi. Bu boʻlinish uning katta oʻgʻli Nizor va kichik oʻgʻli al-Mustaʼliy oʻrtasidagi taxt uchun kurash oqibatida yuz berdi. Al-Mustaʼliy Badr al-Jamoliyning oʻgʻli va vorisi al-Afdal Shahanshoh tomonidan taxtga koʻtarildi. Nizorni qoʻllaganlar, asosan, Eron va Suriyada kuchli boʻlib, keyinchalik Nizoriylar yoʻnalishini tashkil qildilar. Al-Mustaʼliy tarafdorlari esa Mustaʼliylar yoʻnalishini shakllantirdi.
Hayoti
| ]Al-Mustansir hijriy 420-yilning jumodissoni oyi 2-kunida (1029-yil 2-iyul)Qohirada Ali az-Zohir va nubiyalik qora tanli qul Rasad oilasida tugʻilgan. Atigi sakkiz oyligida otasi (xalifa)ning vorisi etib eʼlon qilindi. Uning toʻliq ismi Abu Tamim Maʼad, laqabi esa al-Mustansir billoh (tarjimasi „G‘alabani Allohdan so‘rovchi“) edi. 427-hijriy yilning shaʼbon oyi 15-kunida (milodiy 1036-yil 13-iyun) yetti yoshida Fotimiylar xalifaligi taxtiga oʻtirdi. Xalifalikning dastlabki yillarida davlat ishlari, asosan, onasi tomonidan boshqarilgan. Al-Mustansir 60 yil davomida hukmronlik qildi, bu esa, nafaqat, Misrda, balki boshqa islomiy davlatlarda ham eng uzoq davom etgan hukmronlik edi. Biroq bu davrda Fotimiylarning hokimiyati faqat Misr bilan cheklanib qoldi, chunki Levantda Saljuqiylarning istilolari, Sitsiliya va Maltada normanlarning yurishlari hamda arab qabilalarining Tunis va Tarobulus al-Gʻarbbdagi tartibsizliklari Fotimiylar hukmronligini zaiflashtirdi. Al-Mustansir koʻpincha zaif hukmdor sifatida tasvirlanadi. Uning saroyida amalda qudratli lashkarboshi va onasining yaqin kishilari hukmron edi. Bu esa saroydagi ichki nizolar va guruhbozlik sababli xazinaning boʻshab qolishiga olib kelgan.
Al-Mustansir Qohiradagi Ibn Tulun masjidi ustunlaridan birida maxsus mehrob qurdirgan. Mehrobning yuqori qismida uning ismi va Fotimiylar davrida, odatda, jamoat tomonidan oʻqiladigan shahodat kalimasi bitilgan boʻlib, „Ali-un-Valiulloh“ („Ali – Allohning valiysi“) jumlasi bilan yakunlangan.
Al-Mustansirning saroyi
| ]Al-Mustansir davridagi daʼvatchi va vazirlar quyidagilar edi:
- Ali bin Ahmad Jarjaroiy, vazir (1045-yilda vafot etgan);
- Badr al-Jamoliy, vazir (1094-yilda vafot etgan);
- Al-Muʼayyad fi ad-Din ash-Sheroziy, 1059–1078-yillardagi bosh daʼvatchi.
Moulai Abadulloh va Sayid Nuruddin Misrga al-Mustansir Billohning huzuriga tashrif buyurgan ikki hind boʻlib, ular al-Muʼayyad fi ad-Din ash-Sheroziy qoʻl ostida ismoiliy eʼtiqodini qabul qilib, bu eʼtiqodni targʻib qilish uchun Hindistonga yoʻl olishgan.
Meʼmorchilik
| ]
Al-Mustansir davrida qurilgan mashhur binolar:
- Bob al-Futuh
- Bob an-Nasr
- Bob Zuveyla
- Juyushiy masjidi
Ochlik
| ]1065-yildan (457-hijriy) 1072-yilgacha (464-hijriy) boʻlgan davrda ocharchilik Misrdagi ahvolni juda yomonlashtirdi. Bu orada 1062 (hijriy 454) va 1067-yilda (hijriy 459) turk hamda sudanlik askarlar oʻrtasidagi nizolar ochiq urushga aylanib ketdi va natijada turklar gʻalaba qozondilar.
Xuddi shu davrda Quyi Misrdan kelgan koʻchmanchi berber qabilalari qishloq hududlarini talon-taroj qilib, Nil daryosining toʻgʻon va kanallarini vayron etish orqali ataylab ahvolni yanada ogʻirlashtirdilar. Maʼlumot berilishicha, al-Mustansirning otxonalarida ilgari boʻlgan oʻn minglab hayvonlardan, oxir-oqibat faqat uchta ozgʻin otgina qolgan. Yana qoʻshimcha maʼlumotlar faqat al-Mustansirning oʻzida yagona ot qolganini, saroy amaldorlari esa ulovsiz qolib, piyoda yurishga majbur boʻlishganini qayd etgan. Boshqa bir rivoyatlarda bir safar al-Mustansir koʻchaga chiqqanida uni kuzatib borayotgan soqchilar ochlikdan hushidan ketishganini aytilgan. Bunday falokatlar yuz bergan vaqtlarda mamlakatning ahvoli tobora yomonlashib bordi. Uzoq choʻzilgan ocharchilik ortidan esa muqarrar ravishda vabo boshlandi va natijada ayrim hududlar butunlay aholisiz qoldi.
Avlodlari
| ]Tarixchi Paul E. Walker Salohuddin al-Ayyubiy tomonidan keltirilgan qamoqqa olingan Fotimiylar sulolasi aʼzolarining nasl-nasabiga oid maʼlumotlardan va zamonaviy hujjatlardan foydalangan holda al-Mustansirdan kamida oʻn yetti nafar oʻgʻil dunyoga kelganini taxmin qiladi. Unga koʻra, aynan al-Mustansirning uzoq hukmronligi davomida dunyoga kelgan farzandlarining koʻpligi uning vafotidan soʻng yuzaga kelgan taxt vorisligi inqirozining bosh omili boʻlgan.
| Fotimiylar sulolasining shajarasi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
§ merosxoʻr etib tanlangan, ammo taxtga oʻtirmagan merosxoʻrlar hukmronlik qilgan Fotimiy xalifalari (hukmdorlik nomlari qalin shriftda va hukmronlik yillari bilan) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Galereya
| ]-
Ibn Tulun masjidida joylashgan al-Mustansirning mehrobi, Qohira. -
Al-Mustansir davriga oid tosh yozuvi. Al-Mustansirning mehrobi yaqinida joylashgan. -
Al-Mustansir mehrobining detallari. -
Al-Mustansirning nomi mehrobga o‘yib yozilgan.
Yana qarang
| ]- Muhammadning shajarasi
- Fotimiylar
- Ismoiliylik
- Ogʻaxon
Manbalar
| ]- „al-Mustanṣir“ Encyclopædia Britannica Retrieved 31 January 2015
- Hitti, Philip K.. A Short History of the Arabs: From the Earliest Times to the Present, Revised 10, Macmillan Education UK, 2002. ISBN 0333631420.
- „MUSTANSIR BILLAH I (427-487/1036-1095), 18TH IMAM“.
- „MUSTANSIR BILLAH I (427-487/1036-1095), 18TH IMAM“.
- Holt, P. M., and M. W. Daly.
- Hitti, Philip K.. A Short History of the Arabs: From the Earliest Times to the Present, Revised 10, Macmillan Education UK, 2002. ISBN 0333631420.
- Daftary, Farhad. The Isma'ilis: Their History and Doctrines. Cambridge University Press, 1990 — 193-194-bet. ISBN 978-0-521-37019-6.
- Klemm, Verena (2004). "MOʾAYYAD FI'L-DIN ŠIRĀZI". Encyclopaedia Iranica. http://www.iranicaonline.org/articles/moayyad-fil-din-sirazi.
- [1] 12.0 The Fatimid Daʼi Al-Mu’ayyad: His Life, by: Dr. Abbas Hamdani, University of Wisconsin, Milwaukee (U. S. A.): ..
- Walker 1995.
Adabiyotlar
| ]- Bianquis, Thierry. Damas et la Syrie sous la domination fatimide (359-468/969-1076): essai d'interprétation de chroniques arabes médiévales. Deuxième tome (French). Damascus: Institut français de Damas, 1989. ISBN 978-2-35159131-4.
- Brett, Michael. The Fatimid Empire, The Edinburgh History of the Islamic Empires. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2017. ISBN 978-0-7486-4076-8.
- Daftary, Farhad. The Ismāʿı̄lı̄s: Their History and Doctrines, Second, Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 978-0-521-61636-2.
- Walker, Paul E. (1995). "Succession to Rule in the Shiite Caliphate". Journal of the American Research Center in Egypt 32: 239–264. doi:10.2307/40000841.
- Hamdānī, Ḥusain F. al-, and Fatimid Khalifa al-Mustanṣir bi’llāh. „The Letters of Al-Mustanṣir Bi’llāh.“ Bulletin of the School of Oriental Studies, University of London 7, no. 2 (1934): 307–24. http://www.jstor.org/stable/607507.
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- 1029-yilda tugʻilganlar
- 11-asr Fotimiy xalifalari
- Misr Ismoiliylari
- Fotimiy xalifalarning oʻgʻillari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Al-Mustansir Billoh haqida, Al-Mustansir Billoh nima? Al-Mustansir Billoh nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!