Abdusalom Azizov
Azizov Abdusalom Abdumavlonovich (oʻzbekcha: Азизов Абдусалом Абдумавлонович; 20.01.1960, Toshkent) — oʻzbek davlat arbobi, general-leytenant. 2019-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi.
Azizov Abdusalom Abdumavlonovich | |
---|---|
oʻzbekcha: Азизов Абдусалом Абдумавлонович | |
![]() | |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti | |
Mansab davri 2019-yil 15-iyuldan – 2025-yil 21-yanvargacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ochilboy Ramatov |
Vorisi | Bahodir Qurbonov |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi | |
Mansab davri 2019-yil 11-fevraldan – 2024-yil 23-noyabrgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ixtiyor Abdullayev |
Vorisi | Bahodir Qurbonov |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri | |
Mansab davri 2017-yil 4-sentyabrdan – 2019-yil 11-fevralgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Qobul Berdiyev |
Vorisi | Bahodir Qurbonov |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri | |
Mansab davri 2017-yil 4-yanvardan – 2017-yil 4-sentyabrgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Adham Ahmadboyev |
Vorisi | Poʻlat Bobojonov |
„Oʻzbekneftgaz“ kompaniyasi boshqaruv raisi | |
Mansab davri 2002-yil 10-yanvardan – 2006-yil 5-sentyabrgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Shavkat Majitov |
Vorisi | Nurmuhammad Ahmedov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 20-yanvar 1960-yil Toshkent |
Mukofotlari | ![]() ![]() |
Xizmat yillari | 1982-yildan |
Unvoni | General-leytenant |
2019-yil 15-iyuldan 2025-yil 21-yanvargacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi.
Biografiyasi
1981—1982 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida navbatchilik qismi xodimi.
1982—1986 — Toshkent militsiya maktabi tinglovchisi.
1986—1989 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boʻlimi tergovchisi, katta tergovchisi.
1989—1997 — Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi katta tergovchisi, uslubiy-nazariy boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, tergov boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
1997—1998 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
1998—2001 — Toshkent shahar Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2001—2002 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi.
2002—2006 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi raisi.
2006—2008 — „Oʻzneftmahsulot“ aksiyadorlik jamiyati raisi.
2008—2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi.
2008—2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.
2008—2009 — O'zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti va „Mashʼal“ futbol klubi prezidenti.
2009—2017 — Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2017—2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri. 2017-yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan.
2017—2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri. 2019-yil 14-yanvarda general-leytenant unvoni berilgan.
2019—2024 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi.
2024-yil 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga oʻtkazilgan. 4-dekabr kuni O‘zbekiston prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
2019-yil 15-iyuldan 2025-yil 21-yanvargacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi.
Manbalar
- Bahodir Qurbonov Oʻzbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi
- Abdusalom Azizov DXX raisi etib tayinlandi
- https://centrasia.org/newsA.php?st=1549953360
- „DXX raisi OʻFA prezidentligiga saylandi“. 2024-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-iyul.
- „Abdusalom Azizov: „Adolat, halollik boʻlmagan joyda rivojlanish boʻlmaydi““. 2023-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-iyul.
- „Departament tarixi“.
- Bosh boshqarma rahbarlari, 2019-04-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-04-10
- „Biografiya“.
- MVD Uzbekistana vozglavil Abdusalom Azizov / Novosti
- Abdusalom Azizov stal ministrom oboroni — Gazeta.uz
- „O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov lavozimidan bo‘shatildi“.
- „Abdusalom Azizov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga o‘tkazildi“.
- „Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi“.
Havolalar
Vikiiqtibosda Abdusalom Azizovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdusalom Azizov haqida, Abdusalom Azizov nima? Abdusalom Azizov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!