Shavkat Majitov

Shavkat Xalmetovich Majitov (01.04.1955, Olmota) — 2001—2002-yillarda Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi.

Shavkat Xalmetovich Majitov
image
 Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi
image
 
Mansab davri
2001-yildan – 2002-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Abdusalom Azizov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-aprel 1955-yil (1955-04-01) (70 yosh)
Olmaota
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi

Biografiyasi

1977-yilda Qozogʻiston kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.

1977-1981 yillarda Qozogʻiston SSR Davlat standarti boshqarmasining neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish boʻlimi muhandisi, bosh muhandisi, sektor mudiri.

1981-yilda Chimkent viloyati standartlar va oʻlchov vositalari davlat nazorati laboratoriyasi katta muhandisi.

1981—1991-yillarda „OʻrtaOsiyoGaz“ ilmiy nazorat institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim.

1992—1994-yillarda „OʻzLITIneftgaz“ gazni qayta ishlash laboratoriyasida katta ilmiy xodim, sektor mudiri.

1994—1995-yillarda „Oʻzbekneftgaz“ Milliy korporatsiyaning neftni qayta ishlash boʻlimi boshligʻi.

1995—1998 yillarda — Buxoro neftni qayta ishlash zavodining texnologik qismi qurilishini taʼminlash direksiyasi direktori lavozimida ishlagan.

1998-yilda „Oʻzneftniqaytaishlash“ uyushmasi Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimining xorijiy kompaniyalar bilan investitsiya obyektlari boʻyicha shartnomalarni bajarish boʻlimi direktori oʻrinbosari.

1998—2001-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qurilish, transport va kommunikatsiyalar majmuasining ustuvor investitsiya dasturlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish guruhi rahbari.

2001—2002-yillarda „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi.

2002—2013-yillarda boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari, bir vaqtning oʻzida prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshligʻi.

2007—2015-yillarda I. M. Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali Vasiylik kengashining raisi boʻlgan.

Manbalar

  1. arxiv nusxasi, 9-yanvar 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 24-may 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shavkat Majitov haqida, Shavkat Majitov nima? Shavkat Majitov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan