Rustam Xolmurodov

Rustam Ibragimovich Xolmurodov (1949-yil 16-avgust, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek olimi va davlat arbobi, professor, texnika fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining aʼzosi.

Rustam Ibragimovich Xolmurodov
image
Samarqan davlat universiteti rektori
Mansab davri
2016-yil sentyabr – hozirgi vaqtgacha
Avvalgisi Olimjon Xolmuhammedov
Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2003-yil 16-dekabr – 2004-yil 9-iyul
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Oʻtkir Sultonov
Avvalgisi Shavkat Mirziyoyev
Keyingisi Mamarizo Nurmurodov
Samarqand davlat universiteti rektori
Mansab davri
1999 – 2003
Avvalgisi Joʻraqul Sattorov
Keyingisi Temur Shirinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-avgust 1949-yil (1949-08-16) (76 yosh)
Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Taʼlim Samarqand arxitektura-qurilish instituti
Kasbi Muhandis-quruvchi
Ilmiy unvoni professor, texnika fanlari doktori
Mukofotlari image, image

Tarjimayi holi

Rustam Xolmurodov 1949-yil 16-avgust Samarqandda tavallud topgan. 1967−1972-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish institutida oʻqigan. Institutni sanoat-fuqarolik qurilishi, muhandis-quruvchi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1973−1977-yillarda Kiyev avtomobil yoʻllar instituti ilmiy izlanuvchisi, aspiranti, 1977−1978-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti temirbeton va tosh qurilmalari kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi, 1978−1986-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti metal, yogʻoch plastmassa qurilmalari kafedrasi mudiri, 1986−1988-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti qurilish fakulteti dekani, 1988−1989-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 1989−1997-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti rektori, 1997−1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, 1999−2003-yillarda Samarqand davlat universiteti rektori, 2003−2004-yillarda Samarqand viloyati hokimi, 2004-yilda Samarqand davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan. 2016-yildan Samarqand davlat universiteti rektori. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi. 1999−2004-yillarda Ishtixon tumanidan 2-chaqiriq Oliy Majlis deputati boʻlgan. 8-Turon saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi deputati (2019-yil). 2022-yilda ikki yil muddatga Rustam Xolmurodov Osiyo universitetlari assosiatsiyasi prezidenti etib saylangan.

Ilmiy faoliyati

Rustam Xolmurodov Metall qurilmalar oʻquv qoʻllanmasi (1994), ruscha: „Сейсмостойкость архитектурных памятников Средней Азии и Кавказа“ (1994), ruscha: „Совершенствование теории и методов расчета железобетонных плит с нарушениями регулярности“ (1995), ruscha: „Расчет элементов конструкций с нарушениями регулярности структуры“ (2002), „Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oʻqitish“, „Ellastiklik nazariyasi“, ruscha: „Конструкции архитектурных памятников Самарканда“ monografiyalari (2003) muallifi. 1994-yilda Moskvadagi Xalqlar doʻstligi universitetida ruscha: „Совершенствование теории и методов расчета железобетонных плит с нарушениями регулярности“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan Samarqand davlat universitetida 10 dan ortiq yangi taʼlim yoʻnalishlari ochilib, fakultetlar soni 9 tadan 15 taga yetkazilgan.

Mukofotlari

2017-yil 26-avgustda „El-yurt hurmati“ ordeni, 2022-yil 29-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Anqara shahridagi Boyazid Yildirim universiteti faxriy professori (2021-yil), Moskva davlat universitetining faxriy professori (2023-yil 25-yanvar).

Manbalar

  1. „Samarqand davlat universiteti rektori“. 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  2. „Bugun senator Rustam Xolmurodovning tugʻilgan kuni“. „Xalq soʻzi“ gazetasi sayti (2021-yil 16-avgust). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  3. „Samarqand davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi“. sputniknews.uz (2016-yil 3-oktyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  4. „Samarqand viloyatining sobiq hokimlari: ular hozir nima ish bilan band?“. kun.uz (2018-yil 8-noyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  5. „ХАЛМУРАДОВ Рустам Ибрагимович“ (rus tilida). centrasia.org. 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  6. „Новым хокимом Самаркандской области стал ректор Рустам Халмурадов“ (rus tilida). centrasia.org (2003-yil 17-dekabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  7. „SamDUda rektor almashgani maʼlum qilindi“. kun.uz (2016-yil 3-oktyabr). 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  8. „Samarqandda Senat a’zolari saylandi“. zarnews.uz (2020-yil 17-yanvar). 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  9. „Ректор Самаркандского вуза избран главой ассоциации азиатских университетов“ (rus tlida) (2022-yil 18-sentyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  10. „Ректор СамГУ стал президентом Ассоциации азиатских университетов“ (rus tilida). sputniknews.ru (2022-yil 18-sentyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  11. „Samarqand davlat universiteti rektori Osiyo universitetlari assosiatsiyasi prezidenti etib saylandi“. uzreport.news (2022-yil 17-sentyabr). 2022-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  12. „Совершенствование теории и методов расчета железобетонных плит с нарушениями регулярности“ (rus tilida). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  13. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма олти йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“. prezident.uz (2017-yil 26-avgust). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  14. „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. prezident.uz (2022-yil 29-avgust). 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  15. „Rustam Xolmurodovga Boyazid Yildirim universiteti faxriy professori unvoni berildi“. zarnews.uz (2021-yil 14-noyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  16. „Ректор Самаркандского госуниверситета – Почетный профессор Московского университета“ (rus tilida) (2023-yil 25-yanvar). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Rustam Xolmurodov haqida, Rustam Xolmurodov nima? Rustam Xolmurodov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan