Rustam Xolmurodov
Rustam Ibragimovich Xolmurodov (1949-yil 16-avgust, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek olimi va davlat arbobi, professor, texnika fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining aʼzosi.
Rustam Ibragimovich Xolmurodov | |
---|---|
![]() | |
Samarqan davlat universiteti rektori | |
Mansab davri 2016-yil sentyabr – hozirgi vaqtgacha | |
Avvalgisi | Olimjon Xolmuhammedov |
Samarqand viloyati hokimi | |
Mansab davri 2003-yil 16-dekabr – 2004-yil 9-iyul | |
Prezident | Islom Karimov |
Bosh vazir | Oʻtkir Sultonov |
Avvalgisi | Shavkat Mirziyoyev |
Keyingisi | Mamarizo Nurmurodov |
Samarqand davlat universiteti rektori | |
Mansab davri 1999 – 2003 | |
Avvalgisi | Joʻraqul Sattorov |
Keyingisi | Temur Shirinov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 16-avgust 1949-yil Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | ![]() |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
Taʼlim | Samarqand arxitektura-qurilish instituti |
Kasbi | Muhandis-quruvchi |
Ilmiy unvoni | professor, texnika fanlari doktori |
Mukofotlari | ![]() ![]() |
Tarjimayi holi
Rustam Xolmurodov 1949-yil 16-avgust Samarqandda tavallud topgan. 1967−1972-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish institutida oʻqigan. Institutni sanoat-fuqarolik qurilishi, muhandis-quruvchi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1973−1977-yillarda Kiyev avtomobil yoʻllar instituti ilmiy izlanuvchisi, aspiranti, 1977−1978-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti temirbeton va tosh qurilmalari kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi, 1978−1986-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti metal, yogʻoch plastmassa qurilmalari kafedrasi mudiri, 1986−1988-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti qurilish fakulteti dekani, 1988−1989-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 1989−1997-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti rektori, 1997−1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, 1999−2003-yillarda Samarqand davlat universiteti rektori, 2003−2004-yillarda Samarqand viloyati hokimi, 2004-yilda Samarqand davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan. 2016-yildan Samarqand davlat universiteti rektori. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi. 1999−2004-yillarda Ishtixon tumanidan 2-chaqiriq Oliy Majlis deputati boʻlgan. 8-Turon saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi deputati (2019-yil). 2022-yilda ikki yil muddatga Rustam Xolmurodov Osiyo universitetlari assosiatsiyasi prezidenti etib saylangan.
Ilmiy faoliyati
Rustam Xolmurodov Metall qurilmalar oʻquv qoʻllanmasi (1994), ruscha: „Сейсмостойкость архитектурных памятников Средней Азии и Кавказа“ (1994), ruscha: „Совершенствование теории и методов расчета железобетонных плит с нарушениями регулярности“ (1995), ruscha: „Расчет элементов конструкций с нарушениями регулярности структуры“ (2002), „Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oʻqitish“, „Ellastiklik nazariyasi“, ruscha: „Конструкции архитектурных памятников Самарканда“ monografiyalari (2003) muallifi. 1994-yilda Moskvadagi Xalqlar doʻstligi universitetida ruscha: „Совершенствование теории и методов расчета железобетонных плит с нарушениями регулярности“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan Samarqand davlat universitetida 10 dan ortiq yangi taʼlim yoʻnalishlari ochilib, fakultetlar soni 9 tadan 15 taga yetkazilgan.
Mukofotlari
2017-yil 26-avgustda „El-yurt hurmati“ ordeni, 2022-yil 29-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Anqara shahridagi Boyazid Yildirim universiteti faxriy professori (2021-yil), Moskva davlat universitetining faxriy professori (2023-yil 25-yanvar).
Manbalar
- „Samarqand davlat universiteti rektori“. 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „Bugun senator Rustam Xolmurodovning tugʻilgan kuni“. „Xalq soʻzi“ gazetasi sayti (2021-yil 16-avgust). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „Samarqand davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi“. sputniknews.uz (2016-yil 3-oktyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „Samarqand viloyatining sobiq hokimlari: ular hozir nima ish bilan band?“. kun.uz (2018-yil 8-noyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „ХАЛМУРАДОВ Рустам Ибрагимович“ (rus tilida). centrasia.org. 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „Новым хокимом Самаркандской области стал ректор Рустам Халмурадов“ (rus tilida). centrasia.org (2003-yil 17-dekabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „SamDUda rektor almashgani maʼlum qilindi“. kun.uz (2016-yil 3-oktyabr). 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „Samarqandda Senat a’zolari saylandi“. zarnews.uz (2020-yil 17-yanvar). 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „Ректор Самаркандского вуза избран главой ассоциации азиатских университетов“ (rus tlida) (2022-yil 18-sentyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „Ректор СамГУ стал президентом Ассоциации азиатских университетов“ (rus tilida). sputniknews.ru (2022-yil 18-sentyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „Samarqand davlat universiteti rektori Osiyo universitetlari assosiatsiyasi prezidenti etib saylandi“. uzreport.news (2022-yil 17-sentyabr). 2022-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „Совершенствование теории и методов расчета железобетонных плит с нарушениями регулярности“ (rus tilida). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма олти йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“. prezident.uz (2017-yil 26-avgust). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. prezident.uz (2022-yil 29-avgust). 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „Rustam Xolmurodovga Boyazid Yildirim universiteti faxriy professori unvoni berildi“. zarnews.uz (2021-yil 14-noyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- „Ректор Самаркандского госуниверситета – Почетный профессор Московского университета“ (rus tilida) (2023-yil 25-yanvar). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Rustam Xolmurodov haqida, Rustam Xolmurodov nima? Rustam Xolmurodov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!