Rustam Xolmatov
Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov (1961-yilda tugʻilgan, Oqqoʻrgʻon tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik davlat arbobi, Toshkent viloyati hokimi (2019-yil 4-iyun – 2021-yil 30-yanvar).
| Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov | |
|---|---|
| Mansab davri 2019-yil 4-iyun – 2021-yil 30-yanvargacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Gʻulomjon Ibragimov |
| Vorisi | Davron Hidoyatov |
| Mansab davri 2018-yil – 2019-yilgacha | |
| Mansab davri 2017-yil – 2018-yilgacha | |
| Mansab davri 2016-yil – 2017-yilgacha | |
| Mansab davri 2003-yil – 2008-yilgacha | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1961 Oqqoʻrgʻon tumani, Toshkent viloyati, OʻzSSR |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Rustam Xolmatov 1961-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1987-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tugatgan. 1977-yilda Oqqoʻrgʻon sovxozida iqtisodchi, keyin katta iqtisodchi, soʻngra bosh iqtisodchi boʻlib ishlagan.
1995-yilda Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. 2003-yilda Chinoz va Quyi chirchiq tumani hokimi, 2008-yilda esa Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan. 2013-yilda Islom Karimovning buyrugʻi bilan lavozimidan chetlashtirildi. 2016-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi lavozimiga qaytdi. 2017-yilda Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari etib tayinlandi. 2018-yil oktyabrdan qishloq va suv xoʻjaligi, arxitektura, kapital qurilish va aloqalarni rivojlantirish boʻyicha birinchi oʻrinbosar boʻlib ishlagan.
2019-yil 4-iyunda Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi. 2021-yil 30-yanvar kuni oʻz xohishi bilan lavozimidan ozod qilindi. Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 19-mart kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Rustam Xolmatovni ishdan boʻshatish niyati boʻlmaganini lekin, uning oʻzi ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza yozganini maʼlum qilgan.
Mukofotlari
- Mehnat shuhrati ordeni (2002-yil 27 avgust)
Manbalar
- https://qalampir.uz/news/rustam-kholmatov-yana-toshkent-viloyati-%D2%B3okimi-buldi-12832
- https://www.gazeta.uz/ru/2008/12/17/hokim/
- https://www.gazeta.uz/ru/2021/01/30/toshvil/
- https://president.uz/ru/lists/view/2644
- https://news.rambler.ru/world/46038627-v-uzbekistane-smenili-glavu-tashkentskoy-oblasti/
- „Президент Тошкент вилояти собиқ ҳокими нега ишдан олинганини маълум қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 19 март.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Rustam Xolmatov haqida, Rustam Xolmatov nima? Rustam Xolmatov nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!