Risboy Joʻrayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Risboy Haydarovich Joʻrayev
image
Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri
Mansab davri
2000-yildan – 2004-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Joʻra Yoʻldoshev
Vorisi Turobjon Joʻrayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Sirdaryo tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Taʼlim Toshkent politexnika insituti
Ilmiy unvoni akademik
Mukofotlari image image image
image image

Risboy Joʻrayev (1946-yil 25-iyul, Sirdaryo tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi, akademik (2017), pedagogika fanlari doktori (1995), professor (1996).

Biografiyasi

| ]

Risboy Haydarovich Joʻrayev 1946-yil 25-iyulda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida tugʻilgan. 1968-yilda Toshkent politexnika insitutini muhandis-gidroenergetik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Toshkent politexnika institutida oʻqituvchi (1968—1974), partiya tashkiloti xodimi (1974—1977), Kasb-hunar va texnik taʼlimi davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, raisi (1977—1988), Oʻzbekiston SSR Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari (1988—1989), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining madaniyat, taʼlim va sogʻliqni saqlash boʻlimi boshligʻi (1989—1992), Guliston davlat universiteti rektori (1992—1998), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari (1998—2000), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri (2000—2004), Toshmuhammad Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori (2004—2009) lavozimlarida ishlagan. 2009-yildan „Uzluksiz  ta’lim“  jurnali  bosh muharriri  hamda Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti „Ta’lim  menejmenti“ bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy faoliyati

| ]

Olim 1987-yilda nomzodlik ishini himoya qilgan, 1998-yilda dotsent ilmiy unvoni olgan. 1995-yilda doktorlik ishini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan. 1996-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 1995—1997-yillari Rossiya Federatsiyasi pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, 1998-yildan pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasining aʼzosi hamda 2017-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi. Olim 600 ga ilmiy ishlar, jumladan, 20 ta monografiya, 42 ta uslubiy qoʻllanma, 58 ta darslik, 450 dan ziyod ilmiy maqolalar, 14 ta patent va „Sense-Box“ interakitv elektron interaktiv doska uchun ishlanma muallifidir.

Mukofotlari

| ]
  • „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali (1981);
  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1986);
  • Toshmuhammad Qori-Niyoziy nomidagi medal (1996);
  • Aleksandr Grigoryevich Nebolsin nomidagi kasbiy taʼlimni rivojlantirish va ragʻbatlantirish fondi mukofoti (1999);
  • „O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ esdalik nishoni (2001);
  • „Doʻstlik“ ordeni (2003);
  • „Oliy taʼlim aʼlochisi“ esdalik nishoni (2003);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016);
  • 1-darajali „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni (2021);
  • „Xalq taʼlimi fidoyisi“ koʻkrak nishoni (2021).

Manbalar

| ]
  1. „Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zolari“.
  2. „Djuraev Risbay Xaydarovich“.
  3. Дилноз Рузиева. „Аксакал педагогической науки Республики Узбекистан“. Преподавание языка и литературы (журнал), №1/2018.
  4. „Туробжон Джураев назначен министром народного образования Узбекистана“ (2004-yil 9-may).
  5. Ирина Галущенко. „Корифей педагогической науки“ (2018-yil 16-fevral). 2020-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyul.
  6. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari tasdqilash toʻgʻrisida”gi 2017-yil 29-dekabrdagi PF-5293-son Farmoni“.
  7. „Djuraev Risbay Xaydarovich“. 2023-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyul.
  8. Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet. 


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Risboy Joʻrayev haqida, Risboy Joʻrayev nima? Risboy Joʻrayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan