Eʼzozxon Karimova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eʼzozxon Karimova
image
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Mansab davri
2025-yil 31-iyuldan — hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Avvalgisi Hilola Umarova
Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori
Mansab davri
2025-yil 7-may — 2025-yil 31-iyul
Avvalgisi Abdugʻaffor Qirgʻizboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1973-yil
Namangan tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Maʼlumoti Toshkent davlat universiteti

Karimova Eʼzozxon Gapirjanovna (1973-yil, Namangan tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR) – oʻzbek davlat arbobi. 2025-yil 7-may maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. 2025-yil 31-iyulda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan.

Tarjimai holi

| ]

1990-yili Hamid Olimjon nomidagi umumtaʼlim maktabini tamomlab, ToshDUning falsafa fakultetiga oʻqishga topshirgan. 1996-yil universitetni yakunlab, aspiranturada oʻqishda qoldi. 2003-yilda ijtimoiy psixologiya va sotsialogiya ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Mehnat faoliyati

| ]
  • 1990—1991-yillar – Kosonsoy tumanidagi 28-oʻrta maktabda ish yurituvchi.
  • 1991—1992-yillar – Kosonsoy tumanidagi Boborahim Mashrab nomli 30-sonli maktab tarix va jamiyatshunoslik fanlari oʻqituvchisi.
  • 1992—1994-yillar – Kosonsoy tumanidagi 35-sonli maktab tarix va jamiyatshunoslik fanlari oʻqituvchisi.
  • 1994—1995-yillar – Kosonsoy tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 29-son bolalar va oʻsmirlar sport maktabi ish yurituvchisi.
  • 1995—1996-yillar – Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti falsafa kafedrasi katta laboranti.
  • 1996—2001-yillar – Nabi Gʻaniyev nomli Toshkent kino texnikumi gumanitar fanlar oʻqituvchisi.
  • 2001—2004-yillar – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti falsafa kafedrasi assistenti.
  • 2004—2009-yillar – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maʼnaviyat va maʼrifat boshqarmasi boshligʻi, falsafa kafedrasi mudiri.
  • 2009—2010-yillar – Toshkent davlat madaniyat instituti Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti „Maʼnaviy-ahloqiy tarbiya“ boshqarmasi boshligʻi.
  • 2010—2011-yillar – Toshkent axborot texnologiyalari univeriteti Metodika markazi boshligʻi va maʼnanaviy axloqiy tarbiya ishlari boʻyicha prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
  • 2011—2021-yillar – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi.
  • 2021—2021-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Oʻquvchilarni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalash va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi.
  • 2021—2023-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Prezident taʼlim muassasalari direktorining maʼnaviy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilida ish davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi.
  • 2023—2024-yillar – „Yangi Oʻzbekiston“ universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori.
  • 2024—2024-yillar – Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktor maslahatchisi.
  • 2025-yil 7-maydan 2025-yil 31-iyulgacha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori.
  • 2025-yil 31-iyuldan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri.

Manbalar

| ]
  1. „Karimova Ezoza“. akademiklar.uz. Qaraldi: 8-may 2025-yil.
  2. „Мактабгача ва мактаб таълими вазирига янги ўринбосар тайинланди“. kun.uz. Qaraldi: 8-may 2025-yil.
  3. „Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi“. repost.uz. Qaraldi: 8-may 2025-yil.
  4. „Эъзоза Каримова сўнгги 12 йилда бешинчи халқ таълими вазири бўлди“. www.vaqt.uz. Qaraldi: 31-iyul 2025-yil.
  5. „Karimova E'zozxon Gapirjanovna“. 2025-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 31-iyul.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Eʼzozxon Karimova haqida, Eʼzozxon Karimova nima? Eʼzozxon Karimova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan