Avazjon Marahimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Avazjon Marahimov
image
Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri
Mansab davri
2010-yildan – 2011-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Gʻayrat Shoumarov
Vorisi Temur Shirinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-oktyabr 1960-yil (1960-10-09) (65 yosh)
Uchkoʻprik tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi image OʻzLiDeP
Taʼlim Toshkent politexnika instituti
Kasbi muhandis-matematik
Ilmiy unvoni professor

Avazjon Rahimovich Marahimov (1960-yil, 9-oktyabr, Uchkoʻprik tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi

| ]

Avazjon Marahimov 1960-yil 9-oktyabr Uchkoʻprik tumanida tugʻilgan. 1983-yilda Toshkent politexnika instituti amaliy matematika fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-matematik. 1984—1988-yillarda Toshkent politexnika instituti ilmiy xodimi, muhandis, katta muhandis, 1988—2001-yillarda institutning avtomatika va telemexanika kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti, 2001—2002-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti tarmoq texnologiyalari kafedrasi mudiri, 2002—2004-yillarda Informatsion texnologiyalar bo‘yicha prorektor, 2004—2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi informatsion texnologiyalar va masofaviy o‘qitishni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, 2006—2010-yillarda vazir o‘rinbosari, 2010-—2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vaziri, 2012—2016-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti Boshqarishda axborot texnologiyalari kafedrasi professori, 2016—2021-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yildan Termiz davlat universiteti rektori. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.

Oilasi

| ]

Oilali. 5 nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati

| ]

Avazjon Marahimovning ilmiy ishlari axborot texnologiyalari va boshqarishning intellektual tizimlari sohasiga oid boʻlib, 120 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 5 ta monografiya va 3 ta o‘quv qo‘llanma muallifi. Xalon texnologiya universiteti (Isroil) va Soka universiteti (Yaponiya) faxriy professori, Yevroosiyo universitetlari rektorlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.

Manbalar

| ]
  1. Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet. 
  2. „Milliy universitet rektori o‘zgardi“ (2016-yil 19-oktyabr).
  3. „МНО возглавил Авазжон Марахимов“ (2010-yil 2-mart).
  4. „O‘zbekiston Milliy universitetida keyingi 2 yil davomida uchinchi marta rektor o‘zgardi“ (2016-yil 18-oktyabr).
  5. „Назначены глава Минвуза и ректоры трех вузов“ (2021-yil 14-yanvar).
  6. „Prezident farmoni: Abduqodir Toshqulov — vazir, uchta OTMda rektor almashdi“ (2021-yil 14-yanvar).
  7. „ПРАЗДНИК УЗБЕКСКОЙ НАУКИ В ИЗРАИЛЕ“ (2019-yil 5-iyul).


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Avazjon Marahimov haqida, Avazjon Marahimov nima? Avazjon Marahimov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan