Muxtor as-Saqafiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muxtor as-Saqafiy
الْمُخْتَار ٱبْن أَبِي عُبَيْد الثَّقَفِيّ
image
Muxtorning tasvirini ifodalovchi Kirmonshohdagi koshinkorlik asari
Tavalludi
Muxtor ibn Abu Ubayd

tax. 622
Toif (Hijoz, Arabiston)
Vafoti 3-aprel 687
Turmush oʻrtogʻi
  • Amra binti Noʻmon ibn Bashir al-Ansoriy
  • Ummu Sobit binti Samura ibn Jundab
Bolalari Isʼhoq
Otasi Abu Ubayd as-Saqafiy
Onasi Davma binti Amr

Al-Muxtor ibn Abi Ubayd at-Saqafiy (arabcha: الْمُخْتَار ٱبْن أَبِي عُبَيْد الثَّقَفِيّ‎; tax. 622-yilda tugʻilgan – 687-yil 3-aprelda vafot etgan) Kufada istiqomat qilgan, Alaviylar tarafdori boʻlgan inqilobchi. 685-yilda Umaviylar xalifaligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan va Ikkinchi fitna davrida Iroqning katta qismini oʻz nazorati ostida 18 oy davomida boshqargan. Husayn ibn Alini Kufaga taklif qilgan, ammo keyinchalik Karbalo yaqinida yuz bergan fojiada unga yordam bermagan.

Muxtor as-Saqafiy milodiy 622-yilda (islom paygʻambari Muhammad Madinaga hijrat qilgan yili) Toif shahrida Banu Saqif qabilasidan boʻlgan musulmon qoʻshin qoʻmondoni Abu Ubayd as-Saqafiy va Davma binti Amr ibn Vahb ibn Muattib oilasida dunyoga kelgan. 632-yilda Muhammadning vafotidan keyin Abu Bakr (h. 632–634) xalifa boʻlgan. Abu Bakr hukmronligidan ikki yil oʻtib vafot etgan va uning oʻrniga Umar (h. 634–644) xalifa etib tayinlangan. Umar Abu Bakr boshlagan musulmonlar fathlarini kengaytirib, Muxtorning otasi Abu Ubaydni Iroq frontiga yubordi. Abu Ubayd 634-yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan Koʻprik jangida halok boʻlgan. Oʻsha vaqtda 13 yoshli Muxtor Iroq hududida qolgan va bu yer musulmonlar tomonidan zabt etilgach, amakisi Saʼd ibn Mas’ud as-Saqafiy qaramogʻida tarbiya koʻrgan. 644-yilda Umar oʻldirilgan. Soʻngra xalifalik taxtiga Usmon (h. 644–656) oʻtirgan. Usmon xalifalikni 12 yil davomida boshqargan va 656-yilda qoʻzgʻolonchilar tomonidan oʻldirilgan.

Manbalar

| ]
  1. Kennedy 2016.
  2. Madelung 1997b.
  3. Dixon 1971.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Muxtor as-Saqafiy haqida, Muxtor as-Saqafiy nima? Muxtor as-Saqafiy nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan