Muxtor as-Saqafiy
| Muxtor as-Saqafiy الْمُخْتَار ٱبْن أَبِي عُبَيْد الثَّقَفِيّ | |
|---|---|
| Muxtorning tasvirini ifodalovchi Kirmonshohdagi koshinkorlik asari | |
| Tavalludi | Muxtor ibn Abu Ubayd tax. 622 Toif (Hijoz, Arabiston) |
| Vafoti | 3-aprel 687 |
| Turmush oʻrtogʻi |
|
| Bolalari | Isʼhoq |
| Otasi | Abu Ubayd as-Saqafiy |
| Onasi | Davma binti Amr |
Al-Muxtor ibn Abi Ubayd at-Saqafiy (arabcha: الْمُخْتَار ٱبْن أَبِي عُبَيْد الثَّقَفِيّ; tax. 622-yilda tugʻilgan – 687-yil 3-aprelda vafot etgan) Kufada istiqomat qilgan, Alaviylar tarafdori boʻlgan inqilobchi. 685-yilda Umaviylar xalifaligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan va Ikkinchi fitna davrida Iroqning katta qismini oʻz nazorati ostida 18 oy davomida boshqargan. Husayn ibn Alini Kufaga taklif qilgan, ammo keyinchalik Karbalo yaqinida yuz bergan fojiada unga yordam bermagan.
Muxtor as-Saqafiy milodiy 622-yilda (islom paygʻambari Muhammad Madinaga hijrat qilgan yili) Toif shahrida Banu Saqif qabilasidan boʻlgan musulmon qoʻshin qoʻmondoni Abu Ubayd as-Saqafiy va Davma binti Amr ibn Vahb ibn Muattib oilasida dunyoga kelgan. 632-yilda Muhammadning vafotidan keyin Abu Bakr (h. 632–634) xalifa boʻlgan. Abu Bakr hukmronligidan ikki yil oʻtib vafot etgan va uning oʻrniga Umar (h. 634–644) xalifa etib tayinlangan. Umar Abu Bakr boshlagan musulmonlar fathlarini kengaytirib, Muxtorning otasi Abu Ubaydni Iroq frontiga yubordi. Abu Ubayd 634-yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan Koʻprik jangida halok boʻlgan. Oʻsha vaqtda 13 yoshli Muxtor Iroq hududida qolgan va bu yer musulmonlar tomonidan zabt etilgach, amakisi Saʼd ibn Mas’ud as-Saqafiy qaramogʻida tarbiya koʻrgan. 644-yilda Umar oʻldirilgan. Soʻngra xalifalik taxtiga Usmon (h. 644–656) oʻtirgan. Usmon xalifalikni 12 yil davomida boshqargan va 656-yilda qoʻzgʻolonchilar tomonidan oʻldirilgan.
Manbalar
| ]- Ikkinchi fitnada ishtirok etgan kishilar
- 687-yilda vafot etganlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Muxtor as-Saqafiy haqida, Muxtor as-Saqafiy nima? Muxtor as-Saqafiy nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!