Abdusamad Doʻrmonov

Abdusamat Chorshanbiyevich Doʻrmonov (1965-yil 15-noyabrda, Termiz) – sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, Fargʻonaning „Neftchi“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan.

Abdusamat Chorshanbiyevich Doʻrmonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdusomad Chorshanbiyevich Doʻrmonov
Tavallud sanasi 15-noyabr 1965-yil (1965-11-15) (59 yosh)
Tavallud joyi image Termiz Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 1.77 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982—1984 image Surxon 64 (7)
1985—1986 image Lokomotiv (Chita) 45 (3)
1987 image Surxon 22 (7)
1987—1989 image Paxtakor 64 (3)
1990—1991 image Surxon 72 (19)
1992—2002 imageNeftchi (Fargʻona) 274 (15)
Milliy terma jamoa
1992—1994 image Oʻzbekiston 7 (0)
Boshqargan klublari
2003—2014 image Neftchi (Fargʻona)
2014—2015 image Yozyovon Lochinlari
2015—2020 image Neftchi (Fargʻona)
2021 image Istiqlol Fargʻona
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

1982-yildan „Avtomobilist“ (Termiz) jamoasida oʻynay boshlagan.

1985-yilda „Surxon“ jamoasidagi sherigi Shuhrat Xoʻjaqulov bilan birga „Lokomotiv“ (Chita) klubiga oʻtgan. Yangi jamoada 2 yil davomida 45 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan.

"Paxtakor" (Toshkent) va "Neftchi" (Fargʻona) jamoalarida oʻynagan.

„Neftchi“ jamoasi tarkibida besh karra Oʻzbekiston chempioni (1992, 1993, 1994, 1995, 2001), ikki karra Oʻzbekiston kubogi sohibi (1994, 1996), shuningdek, Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori boʻlgan (1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003).

Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 7 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan 4 tasi 1994-yilgi yozgi Osiyo oʻyinlarining final turnirida boʻlgan. Finalda Xitoy termasiga qarshi kechgan oʻyinda barcha 90 daqiqani maydonda oʻtkazgan va jamoa bilan musobaqaning bosh sovrinini qoʻlga kiritgan.

2002-yilda faoliyatini yakunlagan.

2014-yil oktyabr oyida Oʻzbekiston chempionati ikkinchi devizionida oʻynagan „Yozyovon Lochinlari“ jamoasiga bosh murabbiy sifatida qabul qilingan. Unda bor-yoʻgʻi bir oy vaqt mobaynida, u jamoani birinchi ligaga bir qator „oʻq kabi“ oʻyinlari orqali olib chiqgan.

2015-yilning aprel oyi boshida Doʻrmonov boshchiligidagi jamoa mavsumni „Sharq“ hududiy zonasida birinchi ligada boshladi. Birinchi bosqich yakuniga koʻra, „Yozyovon Lochinlari“ Sharqiy zona turniri jadvalida sakkizinchi oʻrinni egalladi va shu tariqa birinchi liganing ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Biroq, bu vazifa muvaffaqiyatli hal etilganiga qaramay, 2015-yilning avgustida bosh murabbiylikdan ozod etildi.

2015-yilning dekabr oyidan ukasi Rustam Doʻrmonov bilan „Neftchi“da murabbiy sifatida ishlab kelmoqda.

Davlat mukofotlari

  • "Shuhrat" medali
  • Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi

Shaxsiy hayoti

Abdusamad Doʻrmonovning ukasi Rustam Doʻrmonov ham asosan akasi bilan bir vaqtda "Neftchi" (Fargʻona) klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan. Yana bir ukasi Ravshan asosan Termizning "Surxon" klubidagi oʻyinlari bilan tanilgan, keyinchalik u boshqargan.

Manbalar

  1. „Abdusamad Do'rmonovni tabriklaymiz!“ (15 noy 2016).
  2. „Asad Do'rmonov “Yozyovon-Lochinlari” bosh murabbiyi“ (16 okt 2014).
  3. „Abdusamad Do'rmonov istefoga chiqdi“ (06 avg 2015).
  4. „Abdusamad Do'rmonov “Neftchi”ga qaytdi“ (14 dek 2015).
  5. „Abdusamad Do'rmonov “Surxon” bosh murabbiyi“ (2018-yil 27-yanvar).
  6. „Do'rmonov endi Iftixorda“ (2018-yil 2-mart).
  7. „Abdusamad Do'rmonov yana “Neftchi”ga qaytdi“ (08 iyu 2018).
  8. „"Iftixor" bosh murabbiyi o'z lavozimini tark etdi, sababi...“ (13 iyu 2018).
  9. „Rasmiy xabar. Abdusamad Do'rmonov lavozimidan ozod etildi“ (05 dek 2020).
  10. „Farg‘onadagi turnirda futbol faxriylari maydonga chiqdi“ (26 oktabr 2022).
  11. OʻZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI PRYeZIDYeNTINING FARMONI RYeSPUBLIKANING BIR GURUH SPORTChILARINI VA SPORT USTOZLARINI MUKOFOTLASh TOʻGʻRISIDA Lex.uz 05.11.1994

Havolar

  • Asad Durmonov „Yozevon-Lochinlari“ bosh murabbiyi
  • „Oʻq“. „Yozevon-lochinlari“ bilan „Cementchi“ birinchi ligada
  • Abdusamad Doʻrmonov istefoga chiqdi
  • Abdusamad Doʻrmonov „Neftchi“ xa qaytdi

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdusamad Doʻrmonov haqida, Abdusamad Doʻrmonov nima? Abdusamad Doʻrmonov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan